Yesen Duysenov
Yesen Duysenovich Duysenov (qozoqcha: Есен Дүйсенұлы Дүйсенов; 1911-yil – 1983-yil) – temir yoʻl transporti sohasidagi qozoq va sovet davlat arbobi, Olmaota shahar kengashi raisi (1960—1975).
Yesen Duysenovich Duysenov | |
---|---|
Tavalludi |
1911-yil Jenis qishlogʻi (hozirgi Turketon viloyati, Suzoq tumani) |
Vafoti |
1983-yil Olmaota, Qozog'iston SSR, SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirYesen Duysenov 1911-yilda Turkiston viloyati, Suzoq tumani, Jenis qishlog‘ida tugʻilgan. Besh yoshida yetim qolib, amakisining qoʻlida katta boʻlgan. 1924—1928-yillarda Turkiston shahridagi bolalar uyida yashagan. U 1928–1937-yillarda Toshkentda yashagan. 1928-yildan Toshkentdagi oʻrmon xoʻjaligi texnikumida, soʻngra suv xoʻjaligi tayyorlov boʻlimida oʻqigan. 1932–1937-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining ekspluatatsiya boʻlimida tahsil olgan[1].
Yesen Duysenov institutni tugatgach, Jambul yoʻl boshqarmasi texnik boʻlimi boshligʻi, yoʻl boshqarmasida yoʻl harakati xizmati katta muhandisi, stansiya muhandisi boʻlib ishlagan. 1940-yilda Turksib uchun anchagina katta boʻlgan Chu uchastkasi stansiyasining boshligʻi qilib tayinlangan va uch yildan soʻng Olmaota transport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan[1].
1946-yil sentyabr oyida SSSR Vazirlar Kengashining „Yoʻl boʻlimlarini temir yoʻl transportining mustaqil tuzilmalari sifatida toʻliq iqtisodiy asosda tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan. Unga koʻra yoʻl boʻlimlari yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan. Shu bilan birga, Yesen Duysenov harakatning Olmaota boʻlimi rahbari lavozimiga tayinlangan. U yangi boʻlim tuzilmasini tuzgan va transport vazifalarini qatʼiy bajargan. 1948-yilda Qaragʻanda temir yoʻli boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Yesen Duysenov istiqbolli rahbar sifatida 1951-yilda Mudofaa vazirligining temir yoʻl transporti akademiyasiga yuborilgan. Biroq, lavozimda koʻtarilish oʻrniga Turkiston-Sibir yoʻlining Matay boʻlimi boshligʻi etib tayinlangan va 1955-yilda Olmaota yoʻli boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtkazilgan. Yesen Duysenov Temir yoʻllar vazirligi va Sanoat kasaba uyushmasi Markaziy qoʻmitasining maxsus nishoni bilan taqdirlangan.
Ushbu muvaffaqiyatlardan soʻng Yesen Duysenov Qozogʻiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining transport va aloqa boʻlimi mudiri etib tayinlangan. Bu lavozimda u Qozogʻiston SSR rahbariyatiga Olmaotada boshqaruv markazi bilan yagona Qozogʻiston temir yoʻlini yaratishni taklif qilgan. Temir yoʻl 1958-yil 13-iyunda ishga tushgan hamda I.A.Zadorojniy uning boshligʻi, Yesen Duysenov esa uning oʻrinbosari etib tayinlangan[1].
Yesen Duysenov 1983-yilda Qozogʻiston SSRning Olmaota shahrida vafot etgan.
Mukofotlari
tahrir- Ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1959; 1971)[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Известные железнодорожники Казахстана. Сборник. Выпуск I, 1250 экз, Алматы, 2004 — 71-80-bet. ISBN 9965-9464-1-1.
- ↑ ГАРФ Р7523 105 151 « Указ Президиума Верховного Совета СССР, принятый 25 августа 1971 года, и материалы к нему /к протоколу № 14/ № 2074-VIII. Том 6»