Yeti Airlines 691-reysi
Nepaldagi ATR 72-500 halokati — 2023-yil 15-yanvar kuni Nepalning Pokxara aeroportida sodir boʻlgan samolyot halokati[1][2][3]. Yeti Airlines kompaniyasining 691-reysi (YT691/NYT691) Katmandu xalqaro aeroportidan Pokxara xalqaro aeroportiga rejalashtirilgan ichki yoʻlovchi reysi boʻlgan. 2023-yil 15-yanvarda ushbu reysni amalga oshiruvchi ATR 72-500 Poxaraga qo‘nayotganda Seti daryosi qirg‘og‘iga qulab tushgan[4]. Samolyot bortida 72 kishi, 68 yo‘lovchi, shu jumladan 15 nafar chet el fuqarolari va to‘rt nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan. Baxtsiz hodisa natijasida 72 kishi halok boʻldi[5]. Bu Nepalning 2018-yil martida US-Bangla Airlines aviakompaniyasining 211-reysi halokatga uchraganidan keyingi sodir boʻlgan eng yomon aviahalokatdir.
Nepaldagi ATR 72-500 halokati | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Sana |
15-yanvar, 2023-yil 11:00 |
Joylashuv | Pokxara |
Kordinatalar | 28°11′38″N 83°58′56″E / 28.19389°N 83.98222°E |
Mamlakat | Nepal |
Linya | YT691/NYT691 |
Operator | Yeti Airlines |
Xizmat turi | yoʻlovchi tashish |
Halokat turi | qoʻnish chogʻida halokatga uchragan |
Statistika | |
Yo'lovchilar | 68 |
Vafot etganlar | 72 |
Samolyot
tahrirSamolyot Katmandudan Pokxaraga uchayotgan boʻlgan va aeroportdan mahalliy vaqt bilan soat 10:32 da havoga koʻtarilgan[6]. Samolyot Poxara xalqaro aeroporti yaqinidagi Kaski tumanidagi halokatga uchragan[7]. Halokatga uchragan samolyot „Yeti Airlines“ kompaniyasiga tegishli boʻlgan. Samolyot bortida jami 68 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan[2]. Yeti Airlines vakili boʻlmish Sudarshan Bartaula „The Post“ nashriga xabar qilishicha somolyot eski aeroport va Pokhara xalqaro aeroporti oʻrtasida qulagan va uning bortida jami 68 yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan[2]. Yo‘lovchilar orasida 3 nafar chaqaloq, 3 nafar yosh bola va 62 nafar katta yoshli yoʻlovchilar bo‘lgan.
Tribxuvan xalqaro aeroporti bosh menejeri Premnath Thakurning aytishicha, 9N-ANC belgisiga ega samolyot Katmandudan ertalab soat 10:30da havoga koʻtarilgan[2]. Aeroport fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi avariya Seti Xonch bilan aloqa qilgandan keyin bir daqiqa ichida sodir bo‘lganini aytdi. Samolyot kapitani Kamol Key Si bilan bog‘langandan so‘ng, Pokhara minorasining havo harakatini boshqarish bo‘limi xodimi unga 30-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishni so‘ragan, ammo samolyot kapitani boshqa uchish-qo‘nish yo‘lagini so‘ragan, dedi rasmiy[6].
Ikkinchi uchuvchi
tahrirReuters agentligi Yeti Airlines vakili Sudarshan Bartaulga tayanib tarqatgan xabariga koʻra, halokatga uchragan samolyot ikkinchi uchuvchisi boʻlgan Anju Xativada 16 yil avval xuddi shunday samolyot halokati sabab vafot etgan uchuvchining bevasi bo‘lgan[8].
Uning turmush o‘rtog‘i Dipak Pokhrel 2006-yilda Jumla shahrida Yeti Airlines kompaniyasining Twin Otter samolyoti halokatida halok bo‘lgan. Bartaulning qo‘shimcha qilishicha, Xativada erining o‘limidan keyin sug‘urtadan olgan pul evaziga uchishni o‘rgangan[9].
Jabrlanganlar
tahrirFuqarolik | Yoʻlovchi | Ekipaj | Jami |
---|---|---|---|
Nepal[10] | 53 | 4 | 57 |
Hindiston[11] | 5 | 0 | 5 |
Rossiya[12] | 4 | 0 | 4 |
Janubiy Koreya[13] | 2 | 0 | 2 |
Avstraliya[14] | 1 | 0 | 1 |
Argentina[15] | 1 | 0 | 1 |
Irlandiya[16] | 1 | 0 | 1 |
Fransiya[17] | 1 | 0 | 1 |
Jami[12] | 68 | 4 | 72 |
„News18“ telekanali mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib xabar qilishicha, halokatga uchragan samolyotning barcha yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari halok boʻlgan[18].
Halokatga uchragan samolyot bortida 25 ayol, 37 erkak, 3 bola va 3 go‘dak bo‘lgan. Nepal politsiyasiga ko‘ra, 68 kishining jasadi topilgan. Boshqalarning jasadlarini qidirish uchun Nepal armiyasi, Nepal politsiyasi va qurolli politsiya kuchlari guruhlari safarbar etilgan[19][20][21][6].
Nepalning „Online Khabar“ nashri tarqatgan xabarga koʻra, halok boʻlganlarning 15 nafari xorij fuqarolari boʻlgan. Shuningdek, samolyot bortida 53 nafar nepallik, 5 nafar hind, 4 nafar rossiyalik, 2 nafar koreys va bir nafardan Irlandiya, Argentina, Avstraliya va Fransiya fuqarolari boʻlgan[22].
Munosabat
tahrirBosh vazir Pushpa Kamal Dahal yakshanba kuni Pokxarada yuz bergan samolyot halokati munosabati bilan Vazirlar kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va halok boʻlganlarning yaqinlariga taziya izhor qildi[7].
Bosh vazir Ichki ishlar vazirligi, xavfsizlik xizmati xodimlari va barcha davlat organlariga zudlik bilan qutqaruv va qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriq berdi. Shundan soʻng Bosh vazir Dahal samolyot halokati tafsilotlarini o‘rganish uchun Katmandu aeroportiga bordi[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Ҳимолайда йўловчи самолёти қулади. Ўнлаб кишилар ҳалок бўлди (видео)“. kun.uz. Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Yeti Airlines aircraft crashes in Pokhara“ (en). Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ The Telegraph YouTubeda
- ↑ „Nepalda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Bortdagi 72 kishining hammasi halok bo‘ldi (video)“. Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „एटीसीले भन्यो– ३० मा ल्याण्ड गर्नू, पाइलटले मागे १२“ (nepalcha). Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „PM Dahal calls emergency Cabinet meeting following plane crash“. Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ Gopal Sharma. „A pilot couple killed in air crashes in Nepal — 16 years apart“ (en). Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ „Супруги-пилоты погибли в авиакатастрофах в Непале с разницей в 16 лет“ (ru). Qaraldi: 29-noyabr.
- ↑ „Nepal plane crash: Pilot didn’t report anything untoward, official says“. BBC News (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „No Survivors Found After Nepal Plane Crashed With 72, 5 Of Them Indians“. NDTV.com. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ 12,0 12,1 „AR 72-500 Accident“ (en). Aviation Safety Network. Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
- ↑ 김영아 기자 <다른 기사 더보기>. „네팔 여객기 추락 사망자 68명…한국인 2명 생존 확인 안 돼“ (ko). SBS 뉴스 (2023-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „Sydney teacher believed to be victim in horror Nepal plane crash“. www.9news.com.au. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ Redacción. „Era de Neuquén la argentina que murió en el accidente de avión en Nepal“ (es). Diario Río Negro | Periodismo en la Patagonia (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ David Kent. „Irish passenger onboard crashed Nepalese plane named as search resumes“ (en). Irish Examiner (2023-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ La rédaction. „Un Français parmi les victimes du crash d'un avion au Népal, au moins 67 morts“ (fr). Nice-Matin (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ ABC News YouTubeda
- ↑ South China Morning Post YouTubeda
- ↑ Guardian News YouTubeda
- ↑ RIAN(rus.) Telegram mesenjerida