Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi

Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi — Yevropa hamjamiyatini tashkil etgan mamlakatlarning koʻmir va poʻlat umumiy bozorini boshqargan birinchi rahbar organ. 1950-yilda Fransiya tashki ishlar vaziri R. Shuman taklif etgan rejaga asosan 1951-yilda koʻmir, temir rudasi qazib olish, poʻlat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastlab birlashmaga Yevropa hamjamiyatining olti mamlakati (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) kirgan, keyinchalik Yevropa Ittifoqining boshqa aʼzolari ham qoʻshildi. Gʻarbiy Yevropada qazib olinadigan deyarli barcha toshkoʻmirni, choʻyan va poʻlat eritishning 90 %ni, temir rudasi qazib olishning 90 %ni nazorat qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil