Joʻra Yoʻldoshev (oʻqituvchi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yoʻldoshev Joʻra Gʻaniyevich – 1941-yil 1-sentabrda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Salor qishlogʻida tugʻilgan.
Biografiyasi
tahrirJoʻra Gʻaniyevich qishlogʻidagi 25-sonli oʻrta maktabni 1958-yili tamomlagach, shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetiga oʻqishga qabul qilindi. Ushbu oliygohni 1963-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi.
Mehnat faoliyatini oʻrta maktabda gʻkimyo-biologiya oʻqituvchiligidan boshladi. Qibray tumanidagi Lomonosov nomidagi 50-oʻrta maktabda kechgan 1963–1967-yillar mobaynida u oddiy maktab hayotini oʻrganish bilan bir qatorda jamoat ishlarida ham, ilmiy doiralarda ham faol ishtirok etdi. !967-yili Ushinskiy nomidagi oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markaziy institutining kimyo oʻquv-metodik boʻlimi mudiri sifatida ishlay boshladi. 1970–1972-yillarda ushbu dargohning prorektoriga aylandi. 1972-yildan Respublika Maorif vazirligining markaziy apparatida boʻlim mudiri sifatida faoliyatini davom ettirdi va 1988-yilga qadar ushbu vazirlikning Markaziy apparatida Tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshligʻi, Maktablar boshqarmasi boshligʻi kabi bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishladi.
Bu yillarda „Maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini takomillashtirish“, „Maktab nazoratchisi ish uslubini takomillashtirish“, „Taʼlimni takomillashtirish yoʻlida“, „Darsning yuksak samaradorligi uchun“ kabi maqola va oʻquv-metodik toʻplamlari nashrdan chiqdi.
1988-yildan K.Ushinskiy nomidagi oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga rektor etib tayinlandi.
1990-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 1992-yil dotsent unvoniga sazovor boʻldi.
1991-yil 22-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Yoʻldoshev Joʻra Gʻaniyevich Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri etib tayinlandi.
1993-yili Xalqaro ilmiy-pedagogika Akademiyasining akademigi boʻlib saylandi.
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ va „Mehnat shuhrati ordeni“ sohibi Yoʻldoshev Joʻra Gʻaniyevich 2022-yil 2-aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.