Yodnoma

qad. turkiy xalqlar badiiy ijodining bitiktoshlar (epitafiya)

Yodnoma — qad. turkiy xalqlar badiiy ijodining bitiktoshlar (epitafiya) tarzidagi janri; turkiy run (UrxunYenisey yozuvlari) yozuvida bitilgan, mil. 68-asrlarga mansub (mas, Bilga xoqon bitiktoshi, Kultegin bitiktoshi va b.). Yo.larning nasriy va epik turlari bor. Nasriy Yo.larda misralar soʻngida qofiya va sheʼriyatning yagona belgisi boʻlgan band yoʻq ("Devonu lugʻotit turk", Alp Er Toʻnga marsiyasi). Epik Yo.lar memuar shaklida ham yozilgan (Toʻnyuquq bitiktoshi). Bu Yo.larda turk xoqonligining kelib chiqishi, rahbarlik tizimi, harbiy yurishlar, mamlakatning ahvoli aks etgan boʻlib, siyosiy ruh kuchli; ichki va tashqi kurash tasvirlangan. Xoqonlikning Xitoy hukmronligidan ozod etilishi aytilgan. Yo.larning baʼzi xususiyatlari keyinchalik ogʻzaki va yozma ijodda rivojlantirilgan (qarang Marsiya).

Adabiyot

tahrir
  • Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982; Ratsionov N., Turk xoqonligi, T., 1993.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil