Yomontov
Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Qozoktov togʻining jan.ida joylashgan
Yomontov — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Qozoktov togʻining jan.ida joylashgan. Eng baland joyi 340 m. Shimoli-gʻarbdan jang. sharqqa yoʻnalgan. Uz. 8– 10 km. Janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari qiyaroq, zinapoyasimon pasayib prolyuvial shleyfga tutashgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlari tikroq va quruq soylar bilan oʻyilgan. Yo.t. kristalli paleozoy, boʻr va paleogen davrlarining choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlari ayrim joylarda eol qumlari bilan band. Boʻzqoʻngʻir tuproklarda biyurgʻun, keyreuk, shuvoq boyalich usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |