Yunchjou (ilgari Lingling nomi bilan tanilgan) Xitoy Xalq Respublikasi Hunan provinsiyasining janubidagi profektura darajasidagi shahar hisoblanadi. Yunchjou shahri Xiao va Xiang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Xiang daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan. Shahar janubi-sharqda Guangdong va janubi-gʻarbda Guangxi shaharlari bilan chegaradosh.2000 yillik tarixga ega boʻlgan Yunchjou Hunan provinsiyasidagi toʻrtta qadimiy okrugdan biri hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 22,255.31 square kilometre (8,592.82 kv mi)ni tashkil qiladi. 2020-yilgi Xitoyda aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichida shahrning umumiy aholisi 5,289,824 kishini tashkil etdi.

Yunchjou

(xitoycha: 永州市)
Profektura darajasidagi shahar
Skyline of Yunchjou
26°27′5″N 111°35′43″E / 26.45139°N 111.59528°E / 26.45139; 111.59528
Mamlakat Xitoy
Provinsiya Xunan
Okrug Lengshuitan
Maydon 22,255.31 km2 (8,592.82 kv mi)
Aholisi
 (2020-yil)
5,289,824
Zichligi 240 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+8
Pochta indeks(lar)i 425000
Avtomobil kodi 0746
ISO 3166 CN-HN-11
Yunchjou xaritada
Yunchjou
Yunchjou
Yunchjou xaritada
Yunchjou
Yunchjou

Tarixi

tahrir
 
Du Haldening 1735-yilgi Xitoy tavsifidan olingan " Hu-quang "dagi „Hoang-tcheou-fou“ va „Yong-tcheou-fou“ xaritalari.

Xitoyda soʻnggi imperatorlik davrida Yunchjou prefekturaning markazi hisoblangan.

Geografiya va iqlim

tahrir

Yunchjou Hunan provinsiyasining eng janubiy qismida, Xiao (Xiaoshui) va Xiang daryolarining qoʻshilish joyida joylashgan. Uning chegaralarida iqlim oʻzgarishining murakkabligini oshiradigan Nan togʻlari (Nan Ling) joylashgan. Yunchjou sharqda Chenzhou, janubda Hezhou (Guangxi), Guilin (Guangxi) va Qingyuan (Guangdong), shimolda Hengyang va Shaoyang bilan chegaradosh.

Yunchjou nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa). Yunchjouda 1981-2010-yillarda oʻrtacha yillik harorat 18.03 °C (64.5 °F)ni, shahar markazida esa 1971-2000-yillar oraligʻida 17.6 gradusdan 18.6 gradusgacha shkalani tashkil qilgan. Qish fasli qisqa vaqt davom etadi. Hududga dastlab quruq havo massalari kirib keladi vaqt oʻtishi bilan nam va yomgʻirli havo massalari kirib kela boshlaydi. Bahor fasli seryomgʻir oʻtadi. Eng koʻp yomgʻir yogʻadigan mavsum may oyiga toʻgʻri keladi. Yoz fasli issiq boʻladi, baʼzan oʻrtacha miqdordagi yomgʻir yogʻishi kuzatiladi.Eng issiq mavsum iyul va avgust oylariga toʻgʻri keladi. Kuz — eng quruq fasl. Yanvar oyidan may oyigacha deyarli har kuni yogʻingarchilik kuzatiladi. Yillik yogʻin miqdori 1,426 mm (56 in) ga yaqin . Fevral va mart oylarida 15 % dan iyulda 58 % gacha boʻlgan oylik mumkin boʻlgan quyosh nuri bilan shahar har yili 1491 soat quyosh nurini oladi.

Maʼmuriy boʻlinmalar

tahrir
  • Lengshuitan okrugi
  • Lingling okrugi
  • Qiyang shahri
  • Dongʻan okrugi
  • Dao okrugi
  • Ningyuan okrugi
  • Jiangyong okrugi
  • Lanshan okrugi
  • Xintian okrugi
  • Shuangpai okrugi
  • Jianghua Yao avtonom okrugi
Xarita

Hukumat

tahrir

Yunchjouning hozirgi KKP partiyasi kotibi Li Hui, hozirgi meri esa Zhu Hongwu hisoblanadi.

Transport

tahrir
  • Yunchjou Lingling aeroporti

Temir yoʻl

tahrir
  • Hunan-Guangsi temir yoʻli
 
Yunchjou temir yoʻl stansiyasi

Magistral yoʻl

tahrir
  • Xitoy 207 avtomagistrali

Taniqli fuqarolar

tahrir

Yunchjou supermodel Liu Wen va siyosiy dissident Tang Baiqiaolar tugʻilgan shahar hisoblanadi.

Qardosh shaharlar

tahrir
Mamlakat Shahar Shtat / mintaqa beri
 Shri-Lanka  Nuwara Eliya Markaziy viloyat 2009-yil
 Malayziya  Klang[1] Selangor

Sud binosidagi voqea

tahrir

2010-yilda Yunchjou sud binosidagi otishmada uch nafar sudya halok boʻlgan va 3 ta sud xodimi yaralangan edi[2]. Sud zaliga avtomat bilan bostirib kelgan odam Xitoy adaliya tizimining nikohni bekor qilish boʻyicha qaroridan gʻazablangan va sudyalarga qarata avtomatdan oʻq uzgan[3].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „List of Sister cities of Hunan“. Hunan Government. 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-dekabr.
  2. „Three judges shot dead at a court in Hunan, China“. BBC News (2010-yil 1-iyun).
  3. Jacobs, Andrew. „Fatal Shooting at Chinese Courthouse“. New York Times (2010-yil 1-iyun).