Saxalar
Saxalar (rus manbalarida yakutlar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Saxalar etnogenezi juda murakkab. Saxalar Baykal boʻyidan Lena daryosining oʻrta oqimi boʻyiga koʻchib kelib (10—14—15-asrlarda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) bilan qoʻshilib ketishgan. Saxalar turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik bilan shugʻullansalarda, lekin oʻz qoʻshnilari — Shimolida yashovchi, ovchilik xoʻjaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bugʻuchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.[1]
Saxalar (Saxa) |
---|
Umumiy aholi soni |
520,000 |
Katta aholiga ega mintaqalar |
Rossiya |
Tillar |
Saxa, Ruscha |
Dinlar |
Nasroniy,Shomoniylik |
Qarindosh etnik guruhlar |
boshqa turkiy xalqlar |
Saxalar (oʻzlarini — uranxay saxa deb atashadi) — tukiy xalq,Saxa Respublikasining mahalliy aholisi. Saxa tili turkiy tillardan biridir.Saxa tilida juda ham koʻp moʻgʻulcha soʻzlar uchraydi, shu bilan birga paleoazit tillaridan ham soʻzlar oʻtgan, ayniqsa shimoliy saxalarda.
Tarix
tahrirKoʻpchilik olimlar takidlashlariga koʻra, saxatlar Lena, Aldan, Vilyuy dayolari boʻyiga XII asrda Baykal orolidan koʻchib kelishgan va ulardan oldin bu yerda istiqomat qilib kelgan paleoazit xalqlarini siqib chiqarishgan. Saxatlar chorvachilik, yilqichilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanishgan.Savdo-sotiq, Tangritanlik dinini va harbiy ishlarni rivojlantirishgan. Sibir va Shimoli-sharqiy Osiyoga katta tasir oʻtkazishgan.
Umumiy
tahrirSaxatlar (oʻz nomi — saxa, uraanxay Saxa), Rossiya federatsiyasidagi turkiy millat, Saxa Respublikasining tub aholisi(450 ming). Magadan, Saxalin, Amur oblastlarida ham yashaydilar. Rossiyada hammasi boʻlib 470 ming saxalar yashaydi. Saxa yoki saxa tili Oltoy tillar oilasining shimoli-sharqiy turkiy tillar guruxiga kiradi. Dini pravoslav va tangritanlik. Ota-onasidan hech boʻlmasa bittasi saxa boʻlganlar metislarni, saxalyarlar deb atashadi.
Madaniyati
tahrirAvloddan-avlodga oʻtib kelayotgan qadimiy epos olonxo (saxa.: олоҥхо), Yunesko qaramogʻi ostiga olingan.
Musiqiy asboblardan eng mashxuri — xomuSaxalar
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |