Tangrichilik turkiy xalqlar va moʻgʻullarning qadimgi dinidir. Turkiy paganizm deb ham ataladi. Tangriga ibodat etish bilan birga bu murakkab din animizm, shomonchilik va totemizm unsurlarini ham oʻz ichiga oladi.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

ramzi

Tangrichilik — qad. turkiy va qad. oltoy xalqlari dini. Kad. Shumer davlatida (mil. av. 3ming yillik) Tangrip sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qad. Shumerdan Oltoygacha boʻlgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qad. shumerlar kad. turk tiliga yakin boʻlgan protooltoy tili laxjasida soʻzlashganlar. Shu davrda T. protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2ming yilliqsa Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hozirgi Eron, Afgʻoniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan togʻlari, hozirgi Shimoliy Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur boʻlishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, gʻolib xalqlarga muayyan darajada qoʻshilib keyin paydo boʻlgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. T. qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlgan. Qad. oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalklarida T.ning izlari hozirgacha saqlanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalkdarining turkiy xalqlar guruhi Gʻarbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, hozirgi xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan koʻp narsalarning boshlangʻich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroklari va boshqalar) mil. 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan.

Adabiyot

tahrir
  • Sulay monov O.,Azi Ya, AlmaAta, 1975; Antonov N.K., Naslediye predkov, Yakutsk, 1993; Islam, xristianstvo: vozmojnosti duxovnoy konsolidatsii narodov Kazaxstana, Al matoʻ, 2001; Karimov B. R., Millat, inson va til: Taraqqiyot muammolari, Qarshi, 2003.

Baxtiyor Karimov.

Tangrichilik islom, zardushtiylik, buddizm kabi boshqa dinlar taʼsirida ancha kuchsizlanib qolgan boʻlsa-da, hanuzgacha baʼzi mintaqalarda (masalan, Oltoy, Tuva, Surxondaryo, Qirgʻiziston ayrim yerlarida) saqlanib qolgan. Tilimizda xudo soʻzining sinonimlaridan biri — "Tangri" (eski turkiy yozuvida: "    ").

Havolalar

tahrir