Yordam:Maqola qanday yoziladi (tahrir)

Vikipediyada yozish uchun sahifalar tepasidagi „Tahrirla“ tugmasidan foydalaning. Muhofazalangan sahifalardan tashqari barcha sahifalar tepasida tahrirla tugmasi bor. Bu tugma, nomidan maʼlum boʻlib turipti, qarayotganingiz sahifa ichidagilarni tahrirlash uchun ichida shu sahifa matni yozilgan qutisi bor boshqa sahifa ochadi. Sahifa tepasida, masalan, Tahrirlash Olma kabi ifoda koʻrinadi. Istasangiz, tahrirla tugmasi qanday ishlashini „sinov sahifasida“ qarab koʻring. Sinov sahifasida xohlagan bir-ikki satr yozuv yozib, sahifa ostidagi „Saqla“ tugmasini bosing. Umid qilamizki, yozuvingizni sinov sahifasida koʻrish sizga xush keladi. Biroq shuni yodda tutingki, yozuvingizni boshqa foydalanuvchilar ham koʻrishadi. Shuning uchun maxfiy shaxsiy maʼlumotlarni yozmang.

Bakınız: sayfa yaratmanın değişik yöntemleri

Koʻrib chiqish

Tahrirlash sahifasidagi matn qutisi ostida „Koʻrib chiqish“ tugmasi bor. U nega kerak? Izoh: „Koʻrib chiqish“ tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.

Oʻzgarganlarni koʻrsat

Koʻrib chiqish“ tugmasi yonida „Oʻzgarganlarni koʻrsat“ tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.

UNUTMANG! Oʻzgarganlarni koʻrganingizdan soʻng „Saqla“ tugmasini bosishni unutmang, aks holda oʻzgartirishlaringizni yoʻqotishingiz mumkin.


Oʻrganganlaringizni sinov sahifasida tekshirib koʻring
Keyingi mavzu: Bichim