„Yoshlik-1 koni“ – Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq tumani, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududida joylashgan kon[1]. Kondan asosan rangli metallar qazib olinadi. 2024-yili kon oʻz faoliyatini toʻliq boshlashi rejalashtirilgan. Konning umumiy maydoni 11 ming gektarni tashkil qiladi, umumiy zaxirasi esa yiliga 65 million tonna miqdorida ruda qazib olish quvvatiga ega[2]. Konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar zahirasi mavjudligi aniqlangan[3]. Yoshlik-1 konining qurilishi, „Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish“ investitsiya loyihasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-martda chiqarilgan qarori ijrosiga binoan qurila boshlangan[4][5]. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4.6 milliardni tashkil etadi. Loyiha doirasida kon qazish, fabrika va uning infratuzilmasini qurish rejalashtirilgan.

Yoshlik-1 koni
Kon tarixi
Ishlab chiqarish

Tarixi

tahrir

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan yetmish yillik faoliyati davomida 1,5 milliard tonna miqdorida ruda qazib olingan, hamda 6 million tonnadan ortiq mis, 3,5 ming tonna kumush va 850 tonna oltin ishlab chiqarilgan[6]. Yoshlik-1 koni qurilish loyihasi esa ushbu kombinat tarkibida 2017-yil 11-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi chogʻida, „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi“ loyihasi boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni koʻzdan kechirish davomida tuzilgan[7].

Qurilishi

tahrir

Yoshlik-1 koni qurilishi 2017-yilda boshlangan. Asosan kon qurilishi uchun togʻ-kon va transport uskunalarni yetkazib berishda umumiy 293,7 million dollar mablagʻ ajratilib, shu miqdordagi import shartnomalari asosida 550 dan ortiq uskunalar yetkazib berilgan[8]. Shuningdek, Oʻzbekistonning mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan umumiy qiymati 83,9 milliard soʻmlik shartnomalar imzolangan. Bu shartnoma asosida 112 dona transport uskunalari qurilish ishlari kechayotgan hududlarga yetkazib berilgan[9]. Konni oʻzlashtirish ishlariga 1 dona EKG-20KM ekskavatorlari, 2 dona EKG-10 ekskavatori, 6 dona EKG-20K ekskavatori, hamda 15 dona EKG-15M ekskavatoridan foydalanilgan. Bundan tashqari, 18 dona SBSh-250 burgʻulash, hamda 3 dona kompressor bilan jihozlangan SBU-100 burgʻilash uskunalari, 54 dona 130 tonna va 29 dona 220 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan BelAZ avtosamosvallari ham kon ishlarida ishlatib kelingan. Shuningdek, kon qurilishda 60 dan ortiq yoʻl qurilish texnikasi, 3 dona suv sepish mashinasi, 5 dona TEM teplovozi, 116 dona 2VS 105 t dumpkar, 96 ta 115 tonna dumpkar, 3 dona zaryadlash va aralashtirish mashinalari kuchidan foydalanilgan[10]. Hozirgi kunda konda kon-kapital qazib olish ishlari olib borilmoqda[11]. 2021-yilda reja koʻrsatkichi 40,0 million metr kub etib belgilangan edi. Amalda 40,3 million metr kub kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan, rejalashtirilgan ishlar 100.7% koʻrsatkich bilan bajarilgan[11]. 2017-yildan 2021-yilgacha 108 million metr kub reja koʻrsatkichiga nisbatan 96,3 million metr kub hajmda kon-kapital qazib olish ishlari amalga oshirilgan holda koʻrsatkich bajarilishi 112,1% ni tashkil etgan[11]. 2022-yilda esa 45 million metr kub qazib olish rejalashtirilgan. 2022-yil 14-fevral holatiga koʻra, rejadagidan 4,2 million metr kub koʻproq kon kapital qazib olish ishlari bajarilgan. Kunlik reja koʻrsatkichi esa 109,6 ming metr kub etib belgilangan. Kon qazilishida yangi transport vositalarini ishga jalb qilinishi, hamda kon ochish ishlari hajmining ortishi bilan 2021-yil 13-avgustda „Shimoliy-gʻarbiy Baliqti“ va „Barakali“ karyerlari tashkil etilgan[12]. „Shimoliy-gʻarbiy Baliqti“ karyeridan 1.6 million metr kub, „Barakali“ karyeridan esa 2.6 million metr kub qazib olish ishlari amalga oshirilgan[13]. 2024-yil 15-oktyabr holatiga koʻra, konda 200 million kub metr kon qazilib, 41 kilometr temir yoʻl yotqizilgan, 650 megavattli podstansiya qurilgan[14][15].

3-mis boyitish fabrikasi

tahrir

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida qurilayotgan Yoshlik-1 koni qurilish jarayonida 2021-yil 29-iyuldan boshlab, shu hududda 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi ishlari boshlangan[16][17][18].

Konning ishga tushirilishi

tahrir

Konning ishga tushirilishi asosan 2 bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda[19]. Jumladan:

1-bosqich:

Ushbu kon birinchi bosqichda 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega boʻlishi rejalashtirilgan. Bu orqali 917-ming tonna mis va 2.5 ming tonna molibden konsentratlari ishlab chiqarilishi, hamda 5 600 kishi ish bilan taʼminlanishi kutilmoqda[20].

2-bosqich:

Ikkinchi bosqichda esa qazib olish quvvati 160 million tonnaga yetishi rejalashtirilgan. 2028-yilga borib, kon yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush qazib olish quvvatiga ega boʻlishi loyihada belgilab qoʻyilgan[21].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Yoshlik-1 koni qurilishi“. Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.
  2. „Yoshlik 1 koning yillik qazib olish quvvati“ (15-fevral 2022-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.
  3. „Kondagi qimmatbaho metallar zahiralari“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  4. „“Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 1-martdagi qarori“ (2024-yil 29-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  5. „Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik-1» konini borib ko‘rdi“. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  6. „OKMKning 70-yillik faoliyati“. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  7. „“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi“. Qaraldi: 2024-yil 10-noyabr.
  8. „Transport uchun ajratilgan pul miqdorlari“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  9. „Mahalliy korxonalar bilan qilingan shartnomalar“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  10. „Ishlatilayotgan texnikalar“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 „2022-yil xolatiga ko'ra ish jarayoni“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  12. „2 ta karyer tashkil etilishi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  13. „Karyerlar“.
  14. „2024-yil holatiga ko'ra loyihaning amalga oshirilishi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  15. „2024-yil holatiga ko'ra loyihaning amalga oshirilishi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  16. „3-mis boyitish kombinati“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  17. „Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mis boyitish kombinatini ko'zdan kechirdi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  18. „Prezident 3-mis boyitish fabrikasini ko'zdan kechirdi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  19. „Konning ishga tushirilishi“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  20. „Kon ishga tushirilishi 1-bosqich“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.
  21. „Loyiha ishga tushirilishi 2-bosqich“. Qaraldi: 2024-yil 11-noyabr.

Havolalar

tahrir