Yusuf (Alaiye bekligi)
Yusufbek Karaman (turkcha: Yûsuf b. Karaman) – 14-asrning birinchi choragida Alaiye bekligi hukmdori boʻlgan. Ibn Battuta Yusuf bilan 1333–1334-yillarda Alanyaga borgan vaqtida uchrashgan. Yusufbek tarixchilar tomonidan Alanyabekligi asoschisi sifatida tan olingan.
Yusufbek Karaman | |
---|---|
Mansab davri 1300/1308 – 1333/1334 | |
Vorisi | Alovuddin |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Otasi | Karamanbek |
Hayoti
tahrirMuallifi nomaʼlum asar bo'lgan „Saljuqnoma“da yozilishicha, 1292–1293-yili[1][2] Karamanbekning oʻgʻli Badriddin Mahmudbek Alanyani salibchilardan qaytarib olgan[1][3]. 1308-yilda Mahmud vafotiga qadar shahar Karamanoʻgʻullarining[1][2] vassali boʻlib qolgan. Bundan tashqari, zarb qilingan tangalardan maʼlum boʻlishicha, 1292–1293-yillardan boshlab farmonlar Mamluk sultoni nomidan oʻqilgan boʻlsa-da, asr oxirida, ayniqsa, Gʻazonxon[1] davrida Alyana hududi Elxonlar hukmronligi ostida boʻlgan.
Karamanoʻgʻli Mahmudbek vafotidan soʻng chiqarilgan manbalarda Yusufbek Alanya hukmdori sifatida tilga olingan. Mahmud va Yusuf oʻrtasidagi aloqa haqida aniq maʼlumot mavjud emas, ammo ular aka-uka boʻlgan deb taxmin qilinadi. Al-Umariy venetsiyalik Doriyadan maʼlumot berishicha, Alanya Karamoniylarga tegishli boʻlib, Karamoniylar tomonidan tayinlangan Yusuf ismli bek tomonidan boshqarilishini yozgan. Al-Umar Yusufning kelib chiqishi haqida eslab oʻtilmagan, Ibn Battuta esa Yusufni „Karamanning oʻgʻli“ deb aytgan[2][4]. Manbalarda Yusufbek shaharga qachon va qanday kelgani haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Taxminlarga koʻra, Yusufbekning shaharga kelishi 1300-yilda Güneri Bey vafot etganidan soʻng, Mahmud Karamanoʻgʻullar bek boʻlganidan keyin yoki 1308-yilda Mahmudbek vafot etganidan keyin sodir boʻlgan. 1333–1334-yillarda Ibn Battuta Alanyaga tashrif buyurganida, shahar hali ham Yusuf hukmronligi ostida boʻlgan. Sayohatchi ibn Batutta Yusuf qarigan vaqtida ham shaharning mustaqil hukmdori boʻlganligini aytgan. Ibn Battuta Yusuf bilan uchrashgan, u qozi Jaloliddin bilan birga kelgan, u o'z xotiralari haqida quyidagicha yozadi:„Shanba kuni biz otlarga oʻtirdik va Alanya sultoni Karamanoʻgʻlu Yusufbek bilan uchrashishga bordik. Bek hukmdor degan maʼnoni anglatadi. Uning saroyi shahardan oʻn mil uzoqlikda edi. Men uni daryo qirgʻogʻidadagi tepalikda yolgʻiz oʻtirgan holatda uchratdim. Uning vazirlari va qoʻmondonlari pastda, askarlari esa oʻng va chap tomonda turishardi. Uning sochlari qora rangga boʻyalgan edi.“ Yusuf ibn Battuta qayerdan kelganligi bilan qiziqqan va uchrashuvdan keyin unga sovgʻalar yuborgan[1][4]. Karamanoʻgʻlu Yusufbek tarixchilar tomonidan Alanyabekligi asoschisi sifatida tan olingan[1].
1300–1334-yillar orasida Alanyani boyitgan yogʻoch, qatron, ipak va qullarning daromadli savdosi haqidagi maʼlumotlar toʻplangan. Mintaqaning gullab-yashnashi va boyligi Yusuf saltanati davri bilan bogʻliq. Ibn Battutaning fikricha, Alanya uchun savdo eng muhim faoliyat turi boʻlgan. Savdo xavfsizligini taʼminlash uchun Kipr va oʻzining turli mahsulotlarini sotgan Mamluklar bilan yaxshi munosabatda boʻlish kerak edi[1]. Mamluklar flotining zaifligi Kipr qiroli Gyugo IV ga ustunlik bergan. U janubiy Anadoludagi turkman beklaridan soliq yigʻishni boshlagan, Yusuf ham unga savdo yoʻllari xavfsizligini taʼminlash uchun soliq toʻlagan[1].
Manbalar soni kam boʻlgani uchun Yusuf saltanatining boshlanish va tugash sanalari nomaʼlum. I.Uzuncharshili Yusuf hukmronlik yillarini tilga olmaydi [3], turk tarixchisi M.Aqqush Yusuf saltanatining boshlanishini 1308-yilga, Yusufning oʻgʻli Alavuddin hukmronligining boshlanishini esa 1350-yillarga toʻgʻri kelganligini taxmin qilingan[1]. Turk tarixchisi I. Sari 1300–1337-yillarni Yusuf hukmronlik qilgan davr deb aytagan .
Eslatmalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Akkus 2018.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Merçil 1989.
- ↑ 3,0 3,1 Uzunçarşılı 1969.
- ↑ 4,0 4,1 Ibn Battuta 1929.
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Battuta. Travels in Asia and Africa: 1325-1354 / H.a.r. Gibb. – London: Broadway House, 1929.
- Akkus M. XVII. Alâiye Beyliği // Anadolu Beylikleri. – Siyer Basim Yayin Dagitim San. Ve Tic. Ltd. Sti., 2018. – Vol. 11. – (İslam Tarihi ve Medeniyeti). – ISBN 9786052375495.
- Sarı İ. Alâiye Beyliği // Türk Tarihi: Türk Milletini sevmek ve Türk Milletinin kuvvetine, büyüklüğüne inanmak demektir.. – 2018. – S. 1119—1124.