Zahiriddin Abdurahmon bin Ali bin Buzgʻush (vaf. 756 h.q./1355 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Tasavvuf sirlarini otasi Shayx Ali Buzgʻush Sheroziydan oʻrgangan. Haj safarida Muhammad alayhissalomning ruhi poklari tomonidan unga “Abunnajoshiy”, deb xitob qilingan ekan. Fiqh va hadisdan dars bergan. Shahobiddin Suhravardiyning “Avorif ul-maorif” risolasini fors tiliga tarjima qilib, unda oʻz qarashlari va holatini ham aks ettirgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.