Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, Kavkazboʻyi SFSR (armancha: Անդրկովկասի Խորհրդային Սոցիալիստական Դաշնային (Ֆեդերատիվ) Հանրապետություն; ozarbayjoncha: Zaqafqaziya Sosialist Federativ Sovet Respublikası; gruzincha: ამიერკავკასიის საბჭოთა ფედერაციული სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Закавказская Социалистическая Федеративная Советская Республика) – Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1922–1936-yillarda mavjud boʻlgan. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyani oʻz ichiga olgan. Rossiyadan Kavkaz togʻlari ajratib turgani uchun bu uch davlat Zakavkazye (Kavkazorti) davlatlari deb nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan.[1]

1922–1936
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Armaniston SSR
Ozarbayjon SSR
Gruziya SSR
Armaniston SSR
Ozarbayjon SSR
Gruziya SSR
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Armaniston
 Ozarbayjon
 Gruziya
 Rossiya

Tarixi

tahrir

1922-yilning 12-martida Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududida Zakavkazye Federatsiyasi tuzilgan. Oʻsha yilning 13-dekabrida Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi (Zakavkazye SFSR) deb qayta nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan. 1936-yil 5-dekabrda Zakavkazye SFSR tugatilib, uning oʻrniga Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gruziya SSR tuzilgan.

Manbalar

tahrir
  1. "Zakavkazye Federatsiyasi" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 288. 5-89890-002-0.