Sadaqa
Sadaqa (arab. – xayrehson) – miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayr-ehson. Sadaqaning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kaforat, ixtiyoriy turiga xudoyi, toʻy, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamgʻarmalarga beriladigan moddiy harajatlar kiradi. Odatda, sadaqa deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istilohda sadaqa xayr-ehsonning barcha turlari uchun qoʻllanilaveradi. Islomda sadaqa qilishga koʻp targʻibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi toʻgʻrisida Qurʼon va hadislarda taʼkidlangan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |