Zarmed universiteti Buxorodda tashkil etilgan birinchi xususiy universitet bo‘lib, 2022-yilda tashkil etilgan. Universitetga tadbirkor va taʼsischi Dilshod Dalerovich Shukurlaev asos solgan. Universitetning Buxoro va Samarqandda ikkita kampusi bor.

Zarmed University
Xalqaro nomi
Zarmed University
Shiori Adolatli, Haqqoniy, Jamiyatga Foydali, Global Kadrlar Ta`lim Maskani
Turi Xususiy universitet
Asos solingan sanasi 2022
Prezidenti Dilshod Shukurlaev
Rektori Akbarxon Dalerov Dilshodovich
Fakultetlar 3 ta
Talabalari 5400
Bakalavriat 9 ta yo`nalish
Manzili
Buxoro shahri, Qayum Murtazayev ko`chasi, 13A
Kampusi 3 gektar
Veb-sayti https://zarmeduniver.com/

Universitet tarixi

tahrir

Zarmed universiteti 2022-yil avgust oyida Turon Zarmed universiteti sifatida tadbirkor Dilshod Shukurlaev tomonidan tashkil etilgan [1]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ochilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markaz "Zarmed – Pratiksha" Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Dilshod Shukurlaev 2021-yilda Samarqand shahrida "Zarmed – Pratiksha" qoʻshma korxonasi tashkil etishda katta hissa qoʻshgan [2][3] Dilshod Shukurlaev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish taklifidan soʻng Zarmed Universitetini tashkil etishga qaror qiladi.[4] Zarmed Universiti oʻzining bilim va malakasi orqali insoniyat taraqiyotiga mahalliy,milliy va global miqyosida hissa qoʻshishga intiluvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

Kampuslar

tahrir

Zarmed universiteti ikkita kampusga ega - Buxoro va Samarqandda.

Buxoro

tahrir

Zarmed Universitetining Buxoro shahridagi 3 gektar (7,4 akr) kampusi Qayum Murtazoev koʻchasida joylashgan boʻlib, 9 ta blokdan iborat.[5]

Samarqand

tahrir

Zarmed Universitetining Samarqand shahridagi 2,8 gektar (6,9 akr) kampusi Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasida joylashgan bo‘lib, 10 ta blokdan iborat.[5]

Fakultetlar

tahrir

Hozirgi kunda Zarmed universitetda bakalavriatning 17 ta yoʻnalish boʻyicha 3 fakultet mavjud. Fakultetlar va ularning tegishli taʼlim yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:[6][7]

  • Davolash ishi
  • Farmatsiya (turlari bo`yicha)
  • Stamatologiya (yo`nalish bo`yicha)
  • Pedagogika
  • Prixologiya
  • Boshlang`ich ta`lim
  • Maktabgacha ta`lim
  • Filologiya va tillarni o`qitish (rus tili)
  • Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)
  • Filologiya va tillarni o`qitish (koreys tili)
  • Filologiya va tillarni o`qitish (turk tili)
  • Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha)
  • Sport faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha)
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
  • Moliya va moliyaviy texnalogiyalar
  • Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo`yicha)
  • Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo`nalish bo`yicha)

Hamkorlik

tahrir

Zarmed Universitetida talabalar sifatli bilim olishi va malaka oshirishi uchun xalqaro universitet va muassasalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Temple universiteti (AQSh), Hana General Hospital (Koreya Respublikasi), Apollo Hospitals (Hindiston), Almazov Milliy Tibbiy Tadqiqot Markazi (Rossiya), Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti, Sharja universitet gospitali (BAA), Acibadem universiteti (Turkiya), Baskent University Healthcare Group (Turkiya) va Voronej Davlat Universiteti (Rossiya).[8][9][10][11][12]

Ma'lumotnomalar

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir
  1. „MGSU strengthens cooperation with universities of the Republic of Uzbekistan“. mgsu.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  2. „ZARMED PRATIKSHA Bog'ishamol“. zarmedpratiksha.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  3. uz. „Uzbekistan, India join hands to establish modern cancer center in Samarkand“ (en). Daryo.uz (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  4. „Shavkat Mirziyoyev's Press-service“. x.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Zarmed University“. zarmeduniver.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Campus" defined multiple times with different content
  6. „Zarmed University“. zarmeduniver.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  7. uz. „TURON ZARMED UNIVERSITETI oliy ta'lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo'ldi“ (uz). Kun.uz.
  8. „UOS SIGNS MOU WITH ZARMED UNIVERSITY TO STRENGTHEN COOPERATION IN MEDICAL SCIENCES“. sharjah.ac,ae. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  9. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“. almazovcentre.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  10. „Temple University - Kornberg School of Dentistry on LinkedIn: #templedentalglobal“ (en). www.linkedin.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  11. „VSU signed an agreement with Turon Zarmed, a university in Uzbekistan“. www.vsu.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  12. „A meeting was held at BNTU with the rectors of SamSMU, Tashkent State Historical Institute and the Chairman of the Board of Turon Zarmed University LLC“. times.bntu.by. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.