Zell koʻli (nemischa: Zeller See ; italyancha: Lago di Zell) — Avstriya Alp togʻlari oraligʻida joylashgan kichik, chuchuk suvli koʻl. U oʻz nomini koʻlga yaqin hududdagi kichik deltada joylashgan Zell am See shahri nomidan olgan. Koʻlning uzunligi 4 kilometr (2.5 mi) ni, kengligi esa 1.5 kilometr (0.93 mi) ni tashkil etadi. Uning chuqurligi 73 m gacha boʻlib, dengiz sathidan 750 m balandlikda joylashgan.

Geografiyasi

tahrir

Koʻlga yozda koʻplab kichik togʻdagi muzlar erishidan hosil boʻlgan irmoq suvlari kelib quyiladi, ammo undan faqat bitta suv oqim Salzax daryosi oqib chiqadi. Qishda koʻl butunlay muzlaydi va qishki sport turlari uchun ham qulay boʻlib qoladi. Yozda koʻldan qayiqda sayr qilish uchun foydalaniladi (yonish dvigatellari bilan jihozlangan qayiqlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi, shuning uchun uning oʻrniga elektr quvvati bilan ishlaydigan qayiqlarni ijaraga olish mumkin; koʻl kengligini Zelldan Thumersbaxgacha kesib oʻtuvchi paromlargina bundan mustasno). Suv juda shaffof va suzish yoki shoʻngʻish uchun mos keladi, lekin uning suvi odatda juda sovuq boʻlib, yozda suvning oʻrtacha harorati 18 dan 24 darajagacha boʻladi[1]. Koʻl suvi ichishga yaroqli[2].

Koʻlning janubiy Schüttdorf yaqinidagi qismi sayozroq boʻlib, asosan suv oʻtlari bilan toʻlgan. Shu sababli, bu yerda suzish yoki qayiqda sayr qilish imkoniyati mavjud emas.

„Alp koʻli“ ni yaqin atrofdagi changʻi yoʻllaridan turib ham koʻrish mumkin[3].

Hayvonot dunyosi

tahrir

Zell koʻlida turli xil baliq turlari mavjud. Koʻlda gulmoyi, oltinrang spar, qizilkoʻz baliq (Rutilus rutilus), sudak va lavrak baligʻi singari noyob turlar uchraydi. Zell koʻlida Salzburg baliq ovlash uyushmasining qoidalari qoʻllanadi.

Galereya

tahrir
Zell koʻlining panoramik koʻrinishi, oʻng tomonda Zell Am See koʻrib turadi
Zell koʻlining panoramik koʻrinishi

Manbalar

tahrir
  1. „Hydrografie Salzburg“ (28-mart).
  2. „Avrupa'daki doğa harikası: Zell Gölü“ (Türkçe). Hürriyet (28-mart).
  3. Enright. „Stunning slopes and memorable eats: an insiders’ guide to Austria’s ski scene“ (en). the Guardian (2022-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.