Zikrilla Akbarovich Umarov (1936-yil 30-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 1992-yil 28-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. eron va turkiy tilshunoslikning rivojiga munosib hissa qoʻshgan sharqshunos olim[1].

Zikrilla Umarov
Tavalludi 30-iyul 1936-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 28-iyul 1992-yil(1992-07-28)
(55 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi

tahrir

Zikrilla Umarov 1936-yil 30-iyul Toshkent shahrida tugʻilgan[2]. 1954-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Sharq fakultetining Eron boʻlimiga oʻqishga kiradi. 1960-yilda mazkur fakultetni fors tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tugatib, shu yerning oʻzida fors tili oʻqituvchisi vazifasida ishga qoldirildi. Zikrilla Umarov 1960-yildan umrining oxiriga qadar sharq fakultetining eron-afgʻon filologiyasi kafedrasida oʻqituvchi, 1967-yildan katta oʻqituvchi, 1971-yildan dotsent va 1977—1984-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan. 1961—1962-yillar va 1968—1970-yillarda Afgʻonistonda dariy tilidan tarjimon boʻlib ishlaydi. 1967-yilda Toshkent davlat universitetida „Grammatika starouzbekskogo yazika „Mabani ul-lugat“ Mirzi Mexdixana“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaudi. 1984-yilda SSSR Ichki ishlar vazirligiga qarashli Toshkent Oliy militsiya maktabining maxsus fakultetiga oʻz ixtisosligi boʻyicha ishga oʻtkaziladi va bu yerda 1988-yilga qadar dotsent va oʻquv guruhining rahbari vazifasida xizmat qiladi[2]. 1988-yilda yana oʻzi ishlagan sharq fakultetiga qaytib, eron-afgʻon boʻlimida dariy tilidan dars berib keldi. Olim 1992-yil 28-iyulda vafot etgan[2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

„Forscha-oʻzbekcha oʻquv lugʻati“ va „Dariy va oʻzbek tillarining solishtirma-qiyosiy grammatikasi“ oʻquv qoʻllanmasining mualliflaridan biri. Mirzo Mehdixonning „Maboni ul-lugʻat“ asari olim tomonidan forsiydan oʻzbek tiliga oʻgirilgan[2]. Asar eski oʻzbek tilining fonetik va grammatik xususiyatlari hamda turkiy tillar haqidagi fors grammatika fani tarixini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Manbalar

tahrir
  1. „UMAROV ZIKRILLA AKBAROVICH“. taniqliolimlar.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.