Zikrillo Neʼmatov (1961-yil, 13-dekabr, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani) – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Doʻstlik ordeni sohibi.

Ne’matov Zikrillo Xayriyevich
Tavalludi 13-dekabr 1961-yil (1961-12-13) (62 yosh)
Taxallusi Zikrillo Neʼmat
Kasbi Shoir, yozuvchi
Ijod qilgan tillari oʻzbekcha
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Neʼmatov Zikrillo Xayriyevich 1961-yil 13-dekabrda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida ishchi-xizmatchilar oilasida tugʻilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2001-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

1985—1990-yillarda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boʻlimi militsioneri, 1990—2001-yillarda viloyat Ichki ishlar boʻlimi siyosiy boʻlim inspektori, shtab inspeksiyasi inspektori, Tshkiliy inspektorlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2001—2007-yillarda Ichki ishlar boʻlimi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi ilmiy tadqiqot va tahrir-nashriyot boʻlimi bosh muharriri, 2007—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar boʻlimi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi shtabi boshligʻi, 2008—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar boʻlimi Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2013—2017-yillarda Respublika Ichki Ishlar Vazirligi „Postda“, „Na postu“ va „Qalqon“, „Щit“ gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri[1], 2013—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash moshqarmasi Ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Ichki Ishlar Vazirligi Jamoatchilik kengashi aʼzosi. 2006-yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan esa Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi „Maʼrifat“ targʻibotchilar jamiyati aʼzosi. 2022-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti katta inspektori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Zikrillo Neʼmat "Ikkimizning yoniq ishqimiz" (1993), "Yurtim navosi" (1997), "Vatan va muhabbat" (1999), "Qaytar dunyo" (2000), "Ostonadan boshlanar vatan" (2003), "Muhabbatsiz yashab boʻlmas" (2004), "Spitamenning soʻnmas qoʻshigʻi" (2005), "Muhabbat mehrobi" (2005), "Sogʻinch sarchashmasi" (2007), "Ezgulik oʻlkasi" (2009), "Onam ekkan rayhonlar" (2011), "Vatan haqida qoʻshiqlar" (2012), "Muhammas gulshani" (2014), "Qalbim qalʼasi" (2015), "Qaldirgʻochlar qaytgan kun" (2017), "Mangu qoʻshigʻimsan, Vatan" (2018), "Vafo baytin bitaylik" (2019), "Bobomdan meros bogʻlar" (2021), "Buxoroni sogʻinmay boʻlmas" (2022), "Qatagʻon oʻpqoni" (2023) kabi asarlar muallifi.

Adibning bolalar adabiyoti yoʻnalishida yozgan asarlari; 2013-yilda "Besh baho olgan kunim", 2018-yil "Jirafa nechun xafa?!", 2019-yil "Mardu maydonlar yurti", 2020-yil "Ayiqning nabirasi", 2021-yil "Aʼlochilar alifbosi" kabi kitoblari nashrdan chiqqan.

Uning 200 ga yaqin sheʼrlari qoʻshiq qilib ijro etilgan. Jumladan, Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston xalq artistlari Ortiq Otajonov ("Sogʻinch", "Qaytar dunyo"), Bobomurod Hamdamov ("Yor sen uchun", "Goʻzal", "Jonim boʻling") va Ismoil Jalilov tomonidan („Oʻzbekiston“ sheʼrlari) qoʻshiq qilib kuylangan.

Mukofotlari

tahrir

Shoir 2023-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir