Zilziladan ogohlantirish tizimi
Kirish
tahrirZilziladan ogohlantirish tizimi - seysmik to'lqinlarni aniqlash, prognoz qilish va zilzila sodir bo'lgan joyni yaqin atrofidagilarni ogohlantirish uchun mo'ljallangan texnologiya tizimidir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi odamlarga va avtomatlashtirilgan tizimlarga samarali tayyorgarlik ko'rish va javob berish uchun qisqa bo'lsa ham vaqt berishdir. Bu orqali qurbonlar soni va moddiy zararlarni kamaytiradi.
Zilziladan ogohlantirish tizimlarining komponentlari
tahrir- Seysmik datchiklar: Zilzilalar natijasida yuzaga kelgan yer harakatlarini aniqlaydigan qurilmalar. Ular seysmik xavfli hududlar bo'ylab strategik tarzda joylashtirilgan va ma'lumotlarni markaziy tizimga yetkazadi.
- Markaziy tizim: seysmik sensorlardan to'plangan ma'lumotlar ko'rib chiqadi hamda zilzila magnitudasi va joyini aniqlash uchun ma'lumotni tahlil qiladigan markaziy ishlov berish tizimi.
- Aloqa tarmoqlari: Zilzila aniqlangandan va tahlil qilingandan so'ng, ogohlantirish xabari turli aloqa kanallari, jumladan, mobil ilovalar, favqulodda eshittirish radiolari va aholiga murojaat qilish uchun ommaviy tarmoqlar orqali tarqatilinadi.
Zilziladan ogohlantirish tizimlarining ishlashi
tahrirQuidagi ro'yhat orqali zilziladan ogohlantirish tizimlarining ishlash ketma-ketligini ko'ramiz:
Aniqlash: Seysmik datchiklar yer harakatlarini doimiy ravishda kuzatib boradi va g'ayrioddiy seysmik faollik aniqlanganda, tizim bu zilzila yoki boshqa aloqador buzilish ekanligini aniqlash uchun ma'lumotlarni taqqoslaydi va qayta ishlaydi. (1- infografikada ko'rsatilgan)
Tahlil: Markaziy tizim bir nechta sensorlardan ma'lumotlarni oladi va zilzila joyi, magnitudasi va potentsial ta'sirini hisoblab chiqadi.
Tahlil qilinganidan so'ng, xabar matni tayyorlaniladi(masalan: "Ushbu hududa 'x' darajadagi zilzila bo'lishi kutilmoqda") va shu bilan birga tavsiyalar ham beriladi (masalan: "Binolarni tark eting yoki daraxt va osma simlar yo'q joyga chiqing").
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1-dekabridan mamlakatda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Mazkur tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.[1]
Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kuchli zilzila haqida ogohlantiruvchilar“ (2023-yil 18-may). Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |