Zinedine Zidane
Zidane with Real Madrid in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zinedine Yazid Zidane[1]
Tavallud sanasi 23-iyun 1972-yil (1972-06-23) (52 yosh)[2]
Tavallud joyi Marsel, Fransiya
Boʻyi 1.8 m (5 ft 11 in)[3]
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1981–1982 AS Foresta
1982–1983 US Saint-Henri
1983–1987 SO Septèmes-les-Vallons
1987–1989 Cannes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989–1992 Cannes 61 (6)
1992–1996 Bordeaux 139 (28)
1996–2001 Juventus 151 (24)
2001–2006 Real Madrid 155 (37)
Total 506 (95)
Milliy terma jamoa
1987–1988 Fransiya U16
1988–1989 Fransiya U17 4 (1)
1989–1990 Fransiya U18 6 (0)
1990–1994 Fransiya U21 20 (3)
1994–2006 Fransiya 108 (31)
Boshqargan klublari
2014–2016 Real Madrid B
2016–2018 Real Madrid
2019–2021 Real Madrid
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi

tahrir

Bolalik va oʻsmirlik davri

tahrir

Emigrantlar oilasida tugʻilgan Zidan Fransiyaning La Kostelyane nomli Marselning shimoly rayonida tugʻilib oʻsgan[4].Undan tashqari oilada yana 4 ta bola:Singlisi Lila, ukalari Jamel,Farid va Nordin boʻlgan[5].Zidan birinchi toʻp vazifasida plastik idishni ishlatgan. Zero kichik Zinedin futboldan tashqari dzyudo, velosportga qiziqqan boʻlsa ham unda qiziqish aynan futbolga boʻlgan.

Zidan 14 yosh boʻlganda, unga „Kann“ seleksioneri Jan Varo eʼtibor qaratadi. Bu voqea 1987-yilda boʻlib oʻtadi. Aynan shu vaqtda Zinedin Fransiyaning kurort shaharchasi Kannga futbol olimpi choʻqqisini zabt etishni boshlash uchun koʻchib keladi.

U Elino oilasining uyida yashaydi. Shu yerda undan tashqari yana bir „Kann“ning yosh futbolchisi-Amadeo Arno ham yashaydigan boʻladi. Elinolar uyi Kann sahxriga yaqin Pegoma qishlogʻida joylashan boʻladi. Mashqlardan qaytayotganda (odatda uni klub funksionerlari mashinada tashlab ketishardi, koʻpincha bu ish Fransiya terma jamoasining sobiq oʻyinchisiSharl lube ga yuklatilardi)Zizu,Amadey va Elinoning kichik oʻgli Loran futbol musobaqalari uyushtirishardi. Elinonig oialasi „Kann“ning juda koʻp yosh futbolchilariga panox bergan boʻlsada Zidan bu oilaning koʻnglidan abadiy joy oladi. Zizu ularning bogʻida olcha daraxtini ekkan, musobaqa uchun borgan barcha davlatlardan ularga suvenirlar olib kelardi. Elinolar uyida Zidan roppa rosa 1 yil yashaydi.

1 yil oʻtganidan song Zidan Kanning markazida joylashgan Mimon yotoqxonasidan joy egallaydi. Bu yotoqxona bilan uni juda koʻp xotiralar bogʻlaydi. Bu yerda u birinchi doʻstlar orttiradi, birinchi marotaba Spirtli ichimlik taʼtib koʻradi. Bu vaziyat yaqin oradagi barda boʻlib oʻtadi. Bu yerga uni va yana bir futbolchini yotoqxonada koʻptan beri yashaydigan sportchilar chaqiradi."Bagʻishlov" sifatida ularga „Olovli Suvdan“ taʼtib koʻrish kerak boʻladi. Bu „Bagʻishlovdan“ soʻng Zidan qiyinchilik bilan yotoqxonaga yetib oladi. Uning sherigi esa yotoqxona yopilishiga ulgurmaganligi uchun jazolanadi. Ammo bu voqea birinchi va ohirgi marotaba boʻlib oʻtadi va Zidan keyinchalik spirtli ichimlklardan voz kechadi.

Zidan doimo Fransiyaning barcha termalari:Kadetlar, oʻsmirlar, yuniorlar, yoshlar jamoasida oʻynab keladi. Uning ismi murabbiylar qatorida mashxur boʻlib,Uning eng kuchli jixatlari texnikasi va jismoniy kuchi boʻlgan. Baland boʻyli, oʻz yoshidan katta koʻrinadigan Zidan doimiy ravishda oʻz ustida ishlaydi. Kanndagi murabbiylar(2- jamoa murabbiylari)-avval Gi Lyakomb (U hozirda „PSJ“ni murabbiysi), keyinroq Jil Rampilyon uni rivojiga halaqit bermaslikka harakat qilib,Zidan bilan yakkama yakka ish olib borishardi."Zidan kam gapiradi,-deydi Lyakomb.-U tinglaydi va bajaradi".

Proffesional futbolda Zidan 1989yilning 20-mayida paydo boʻladi. U hali 17 yoshga ham toʻlmagan edi. Bu vaziyat 1988/89 yilning Fransiya chempionati ohirgi turlarida Nant jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda roʻy beradi(Bu jamoada oʻsha paytlar Desham va Desayi kabi futbolchilar oʻynar edi).Zizu maydongi oʻyin soʻngiga 15 daqiqa qolganda tushadi va toʻpga 3 marotaba tegadi, lekin u oʻzini juda baxtli his etadi. Oʻsha oʻyinda u hattoki darvoza tomon zarba berib toʻsinni poylashga ham ulguradi. Bu oʻyin uchun u katta boylikka – 6 000 frankka ega boʻladi, magʻrur va baxtli Zinedin, oilasi uchun sovgʻalar sotib oladi. Oʻzining oliy diviziondagi 1- golini 1991 – yilda Xuddi oʻsha Nantga uradi, toʻpni darvozadan uzoqlashgan darvozabon ustidan mahorat bilan oʻtqizib uradi.1992-yilda Kann jamoasi 2-divizionga tushib ketganligi sababli u klubni tark etadi.

Zidan oʻz ish faoliyatini Bordoda davom ettiradi.1992 – yilda Rolan Kurbis,Bordoning oʻsha paytdagi murabbiysi,Fransiyada mashhurlikka erishayotgan mohir yarimhimoyachini oʻz jamoasiga qoʻshish uchun juda koʻp urindi.1 – mavsumdayoq Zidan Fransiya oliy ligasida 10 ta toʻp urib, oʻsha turnirning eng yaxshi toʻp urariga aylanadi.

Yuventusga Zidan 1996 – yilgi Yevropa chempionatidan soʻng oʻtadi. Yevropa chempionatida u avvalroq olgan jaroxati tufayli yaxshi oʻyin koʻrsata olmaydi. Asta jarohatidan forigʻ boʻlgandan soʻng uning omadi keldi va Yuventus shu yili bahorda Yevropa Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi.

Manbalar

tahrir
  1. „Acta del Partido celebrado el 12 de mayo de 2019, en San Sebastián-Donostia“ [Minutes of the Match held on 12 May 2019, in San Sebastián-Donostia] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  2. „Zinedine Zidane Profile“. ESPN Soccernet. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Zinedine Zidane“. Juventus F.C.. 2000-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Fort, Patrick; Philippe, Jean. Zidane: The Biography. London: Ebury Press, 2018 — 1-bet. ISBN 978-1-78503-848-8. 
  5. „Far-right politician booted out of Zinedine Zidane's football club“. The Guardian. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.

Havolalar

tahrir