Ziraat Bank Uzbekistan

Ziraat Bank Uzbekistan — Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki

Ziraat Bank Uzbekistan – Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki[3].

Ziraat Bank ATB
Ziraat Bank Uzbekistan
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Shiori “Bir bankdan ziyodroq”[1]
Faoliyati Barcha turdagi bank xizmatlari
Asos solingan 1993-yil 25-oktabr
Avvalgi nomi Oʻzbekiston-Turkiya banki (UTBANK)
Egalari
Bosh kompaniyasi Ziraat Bankasi A.Ş. (Turkiya) Turkiya
Sayti https://www.ziraatbank.uz
Ziraat Bank Uzbekistan Vikiomborda

Tarixi

tahrir

Ziraat Bank Uzbekistan 1993-yilning 25-oktabrida Turkiyaning Ziraat bankasi A.Ş. va Oʻzbekistonning "Agrobanki" kapitali ishtirokida „Oʻzbekiston-Turkiya banki“ (UTBANK) nomi bilan tashkil etildi[4]. 2017-yil 30-noyabrda Turkiyaning Ziraat Bankasi Agrobank OAJdan UTBANKning 50 % aksiyalar paketini toʻliq sotib olishi bilan Oʻzbekiston-Turkiya bankining toʻliq egasiga aylandi[5]. Shundan soʻng, UTBANK OAJning yagona aksiyadori hisoblangan Turkiya Respublikasi Davlat Banki Ziraat Bankasi, bankning nomini Ziraat Bank Uzbekistan deb oʻzgartirdi[5]. Va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan bankning yangi nomi – Ziraat Bank Uzbekistan Aksiyadorlik Jamiyati va bank nizomi roʻyxatga olindi[6].

Reyting

tahrir

Moody’s: Kontragentning uzoq muddatli tavakkalchilik reytingi – chet el valyutasi – B2. Bankning uzoq muddatli depozitlari – chet el valyutasi – B3. ZBU biznesining Oʻzbekistondagi konsentratsiyasini hisobga olgan holda (B1 barqaror). Reyting 2020-yil 6-iyunda beriligan[7].

Ahbor-Reyting: uzA qarzni toʻlashga qodirlik, Barqaror prognozi. Reyting 2018-yil aprelda beriligan va 2018-yil noyabrda tasdiqlangan[8].

Aksiyadorlar

tahrir

Hozirgi kunda „Ziraat Bank Uzbekistan“ning 100% aksiyalari Ziraat Bankası A.Ş. kompaniyasiga tegishlidir[9]. Ziraat Bankası A.Ş.Turkiyaning bir yarim asrlik tarixga ega bankidir va u „Ziraat Bank Financial Group“ moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi[5]. Kompaniyaning Turkiyada 1728 ga yaqin bank filiali, dunyoning 114 nuqtasida shu’ba va vakolatxonalari, jumladan Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkmaniston kabi 18 ta davlatda shu’ba banklari mavjud. Ziraat Bankası A.Ş. dunyoning eng yirik banklari yuztaligiga kiradi[10].

Faktlar

tahrir

Ziraat Bank Uzbekistan – Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy kapital ishtirokidagi birinchi tijorat bankidir[11].

Rasmiy ilovasi

tahrir

Bankning rasmiy ilovasi – Ziraat Mobile Uzbekistan, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[2].

[12]Manbalar

tahrir
  1. „“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ o'zining 5-sho'basini Farg'ona shahrida ochdi“ (2021-yil 12-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Ziraat Bank O'zbekiston - Depozit.uz“ (2022-yil 28-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  3. „"Ziraat Bank Uzbekistan" aksiyadorlik jamiyati“ (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  4. „Ziraat Bank Uzbekistan - Bugungi kunda“ (2022-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 „BANKIMIZ TARIXI“ (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  6. „UTBANK переименован в Ziraat Bank Uzbekistan“ (2018-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  7. „Moody's“ (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  8. „Ahbor-Reyting“ (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  9. „"Ziraat Bank Uzbekistan" aksiyadorlik jamiyati“ (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  10. „«Ziraat Bank Uzbekistan» AJ Fargʻona shahrida oʻz ofisini ochdi“ (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  11. https://www.instagram.com/ziraatbank_uzbekistan/
  12. „Telegram kanali“.