Ziraat Bank – 1863-yilda tashkil etilgan Turkiyaning davlat banki. Kompaniyalar va savdogarlarga tijorat kreditlarini, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun isteʼmol kreditlari, avtokreditlar va ipoteka kreditlarini taklif qiladi[2].

T.C. Ziraat Bankası A.Ş.
Turi Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Tarmogʻi Moliya va sugʻurta
Egasi Türkiye Wealth Fund
Qachon asos solingan 1863 (Memleket Sandıkları nomi bilan)
Hududiy xizmati Butun dunyo boʻylab
Rahbariyat
  • Burhaneddin Tanyeri (Kuzatuv kengashi raisi)
  • Alpaslan Çakar (Boshqaruv raisi)
Mahsulot(lar)i Moliyaviy xizmatlar, kredit kartalar, chakana bank xizmatlari, korporativ banking, investitsiya banking, ipoteka kreditlari
Aylanma daromadi 24,554 milliard lira (2018)
Operatsion foydasi 10,034 milliard lira (2018)
Boyligi 537,156 milliard lira (2018)
Ishchilar soni 24 647 (2018)
Shoʻba korxonalari
Vebsayti www.ziraatbank.com.tr

Tarixi

tahrir
 
Mehmet Sabit Sağıroğlu, Turkiya Respublikasining dastlabki kunlarida Ziraat Banki bosh direktori. (Surat 1920-yillarda olingan.)

19-asrning birinchi yarmida savdo va moliyaning gʻarb namunasidagi modellari oʻzlashtirilishi bilan Usmonli imperiyasida xorijiy banklar oʻz faoliyatini boshladi. Oʻsha davrda milliy bank tizimini barpo etish uchun kapital yetarli emas edi va hech kim kapital manbai sifatida milliy banklar mavjudligini haqida ogʻiz ochmasdi. Ushbu holat dehqonlar uchun koʻproq zarar keltirar edi, chunki ular aholining katta qismini tashkil qilar va ularni qoʻllab-quvvatalovchi hech qanday institutsional moliyaviy tuzilma mavjud boʻlmagani uchun ular sudxoʻrlardan yuqori foiz stavkalari bilan qarz olishga majbur boʻlar edi. Bunday sharoitda Usmonlilar imperiyasining Nish viloyati voliysi Midxat Posho (1822-1884) 1863-yilda bu qiyinchiliklarni bartaraf uchun birinchi qadamlarni tashlaydi va "Memleket Sandığı" (Mamlakat jamgʻarmalari) ni qayta tashkil etishga erishdi. Ushbu oʻzgarishlar 1867-yildagi Mamlakat jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi Nizom bilan legitimlashtirildi [3]. Mamlakat jamgʻarmalari davlat tomonidan tashkil etilgan va davlat kafolati bilan faoliyat yuritgan birinchi qishloq xoʻjaligi sohasidagi moliya instituti edi[3].

1888-yilda Mamlakat jamgʻarmalari Ziraat Bankasi (oʻzbekcha: Ziroat banki) deb oʻzgartirildi va Ziraat Bankning Istanbuldagi bosh ofisi faoliyat koʻrsata boshladi[3]. 1919—1922-yillardagi Grek-turk urushi bank siyosatiga taʼsir koʻrsatdi. Yunoniston ozodlik kuchlari Izmirda Ziraat Bank Boshqaruv markazini ochdi va ishgʻol qilingan filiallar hamda mablagʻlar yangi Markaz boshqaruviga oʻtkazildi. Boshqa tomondan, Turkiya buyuk millat majlisi Ziraat Bankning Anqara boʻlimiga filial va fondlarni boshqarish vazifasini yukladi. 1922-yil 9-sentyabrda turk kuchlari tomonidan Izmirning ozod qilinishi bilan Izmir tashkiloti Anqara boʻlimi bilan qayta birlashtirildi; 23-oktyabrda esa Istanbul tashkiloti ham Anqara boʻlimi bilan qayta birlashtirildi. 1923-yil oxirida Turkiyaning mustaqillik urushi tugaganidan soʻng, Ziraat Bank yana birlashgan tashkilotga aylandi. 1930-yillardan boshlab Ziraat Turkiyada qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni moliyalashda muhim rol oʻynadi, urushdan keyingi davrda esa Turkiya AQSh Marshall rejasining koʻmagidan foydalandi[4].

Xalqaro faoliyati

tahrir

1993-yilda Ziraat Bank Moskva, Qozogʻiston Ziraat Xalqaro Banki (KZI Bank), Turkman-Turk Tijorat Banki (TTC Bank) va Oʻzbekiston-Turk Banki (UT Bank) (2017-yil 30-noyabrdan Ziraat Bank Uzbekistan nomi bilan faoliyat olib bormoqda)[5] va 2008-yilda Ziraat Bank Gretsiya tashkil etilgan va faoliyat boshlagan[3].

1997-yil 19-martida Bosniya va Gersegovinada tashkil etilgan Turkish Ziraat Bank Bosnia dd shoʻba banki mamlakatdagi ilk xorijiy bank filiali va hozirga qadar faoliyat yuritayotgan yagona turk banki hisoblanadi. Ustav kapitali taxminan 26 million yevro boʻlgan ushbu bankning 68 foiz aksiyasi Ziraat Bankka, qolgan 32 foizi esa Ziraat Bankning Germaniyadagi shoʻbasi boʻlgan Ziraat Bank International A. G.ga tegishli. 2004-yilgacha Sarayevodagi yagona filial bilan ishlayotgan shoʻba bank Zenitsa, Tuzla, Ilitsa, Mostar, Bixach filiallarini ishga tushirib, mamlakatdagi jami filiallari sonini oltitaga yetkazdi. Filiallardan tashqari 2 ta mini-bank va 6 ta ofis bilan faoliyat koʻrsatayotgan jami boʻlinmalari sonini 14 taga yetkazgan.

2001-yilda Emlak Banki toʻliq Ziraat Bankka birlashtirildi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „ANNUAL REPORT 2011“. Türkiye Cumhuriyeti Ziraat Bankası. Qaraldi: 2012-yil 17-iyun.[sayt ishlamaydi]
  2. Gazete, Banka. „Şubeye gitmeden kredi: 36 ay vadeli Ziraat Bankası dijital ihtiyaç kredisi fırsatı başladı!“. Gazetebanka.com (2021-yil 21-noyabr), s. https://gazetebanka.com/.+2021-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Emlakbank artık Ziraat Bankası“. Hurriyet.com.tr. Hürriyet (2011-yil 9-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  4. Marois, Thomas; Güngen, Ali Rıza (2 August 2016). "Credibility and class in the evolution of public banks: the case of Turkey". The Journal of Peasant Studies 43 (6): 1285–1309. doi:10.1080/03066150.2016.1176023. https://eprints.soas.ac.uk/22002/1/Evolution%20of%20Turkey%E2%80%99s%20Public%20Banks_SOAS%20e-print.pdf. 
  5. „Bankimiz tarixi“. ziraatbank.uz. Ziraat Bank Uzbekistan. Qaraldi: 2-may 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Ziraat Bank Annual Report 2018 (PDF), Ziraat Bank, 2018, 2020-04-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi

Havolalar

tahrir