Ziyodiylar (818-1018) – Abbosiylar hukmronligini tan olgan Yamandagi sulola. Sulola asoschisi Muhammad ibn Ziyod (818-859).

Davlat tashkil topishi

tahrir

Sulola asoschisi Muhammad ibn Ziyod Yazid ibn Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya (Muoviya I ning ukasi) avlodi edi. Ziyodiylar nafaqat Tihomada, balki Xadramavtdan sharqdagi yerlarda va Yamanning togʻli mintaqalarida hukmronlik qilishgan. Ziyodiylar amirligining poytaxti Zabid shahri boʻlgan. Davlat tanazzulga uchragan paytda, Sano va Janadda Ya’furiylar davlati tashkil topdi.

Davlat tanazzuli

tahrir

Yamanning shimoliy sohilboʻyi hududlarini poytaxt Assar bilan birga ishgʻol qildi, qarmat Ali ibn Fazl 904-yili Zabid shahrini talon-toroj qiladi. 989-yil Yaʼfuriylar hujum qilib, Zabidni yoqib yubordilar. Biroq mamluk al-Husayn ibn Salama davlatni saqlab qoldi. Sulola hukmronligining soʻngida habash gʻulomlar katta taʼsirga ega boʻlgan. 1018-yili Ziyodiylar davlatining shimoliy qismini boshqarayotgan gʻulomlardan chiqqan vazirlar, jumladan, ularning rahbari Najoh oʻzini taxt daʼvogari deb eʼlon qildi va Najohiylar sulolasiga asos soldi[1].

Hukmdorlar roʻyxati

tahrir
Ziyodiylar sulolasi hukmdorlari
Hukmdorlar Hukmronlik yillari
1 Muhammad ibn Ziyod 818-859
2 Ibrohim ibn Muhammad 859-896
3 Ziyod ibn Ibrohim 896-902
4 Ibn Ziyod 902-911
5 Ishoq ibn Ibrohim 911-981
6 Abdulloh (yoki Ziyod) ibn Ishoq 981-1012
7 Ibrohim (yoki Abdulloh) ibn Abdulloh 1012-1018

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari. Toshkent: Akademnashr, 2013 112-113-betlar