Zogʻora baliq
Zogʻora baliq (Cyprinus carpio) (sazan) — karpsimonlar oilasiga mansub tur. Uzunligi 50—60 sm (baʼzan 1 m gacha), vazni 1,8—4,5 kg (baʼzan 16 kg va undan ortiqroq). Ogʻzi boshining pastki tomonida. Suzgich qanotlari qizgʻish tovlanib turadi. Orka va anal suzgichlarida bittadan tishli suyak nurlari, yuqori labi va ogʻzi chetlarida bir juftdan moʻylovlari boʻladi. Oʻrta, Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Tinch okean havzalariga qarashli dare va koʻllarda, shuningdek, Sirdaryo, Amurdaryo, Zarafshon va Murgʻob daryolarida tarqalgan. Areal chegarasida Yevropa zogʻora baligʻi (Zogʻora baliq carpio), orol zogʻora baligʻi (Zogʻora baliq aralensis), amur-xitoy zogʻora baligʻi (Zogʻora baliq haematopterus) va Vyetnam zogʻora baligʻi (Zogʻora baliq viridiviolaceus) deb ataladigan 4 kenja turdan iborat. Janubiy dengizlarga quyiladigan daryolarda yarim oʻtkinchi guruhlarni hosil qiladi; dengizning daryo quyiladigan joylarida yashaydi. Tuxum qoʻyish uchun daryoga koʻtariladi. 2—5 yoshida jinsiy voyaga yetadi. 98 mingdan 1,8 mln. gacha uvildiriq tashlaydi. Aprel — iyul oylarida tuxum qoʻyadi. Yelimsimon tuxumlari oʻsimliklarga yopishib turadi. Yosh baliqchalar, zooplankton, voyaga yetgan davrida bentosdati oʻsimliklar va hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi. Goʻshti shirin va seryogʻligidan koʻplab ovlanadi, suv havzalarida boqiladi. Xonakilashtirilgan 3. b. karp deyiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |