ZohidonEronning jan.sharqidagi shahar. Seyiston va Balujiston ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi qariyb 420 ming kishi (1997). Temir yoʻl orqali Pokistonning temir yoʻl tarmoklariga tutashgan. Z.dan Mashhad va Ker-mon sh.lari orqali Tehronga va Hoʻr-muz qoʻltigʻidagi Bandar-Abbos portiga avtomobil yoʻli oʻtgan. Aeroport bor. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati kor-xonalari mavjud. Bodom va quritilgan mevalar bilan savdo qilinadi. Oʻsimlik moyi ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil