Zudmurod masjidi
Zudmurod masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr). Xoʻja Zudmurod qabristonida, 3 tomoni ayvonli xonaqoh va minoradan iborat. Uchala tomonning har birida 2 tadan eshik bor. Ana shu 6 eshikdan ay-vonlar orqali xonaqohga kiriladi. Xonaqoh 4 (yogʻoch) ustunli. Gʻarbiy devor oʻrtasida mexrob bor. Ayvonning sharq va jan. qismida ustunlar bir qatorli, shim. da ikki qatorli qilib joylashgan. Ularning turli davrlarda qurilganligi bezagida ham koʻzga tashlanadi. Shim. ayvonda Xushkomilboy mablagʻiga qurilgani (1896) haqida maʼlumot saqlangan. 3. m. qurilishida ustalardan: najjor (Muxtor va Abdurauf), naqqosh (Mahmud, Naim, Sharif), gilkor (Saʼdulla va Kamol) lar qatnashgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |