Zulfiqor Musoqov
Zulfiqor Musoqov Jalolovich (asl ismi — Jamol Musoqov; 1958-yil, 19-yanvarda Olmaliqda tavallud topgan) — oʻzbek kinorejissyori, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi bosh muharriri.
Zulfiqor Jalolovich Musoqov | |
---|---|
Tavalludi |
Jamol Musoqov 19-yanvar 1958-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | rejissor, ssenarist |
Filmlari | "Abdullajon", „Yaratganga shukr“, „Osmondagi bolalar“ … |
Faoliyat yillari | 1983 — hozirga qadar |
Yoʻnalish | drama, komediya |
Mukofotlari | |
Veb-sayt | focusgroup.uz |
Zulfiqor Musoqov taniqli kinorejissyor va ssenarist, o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989-yildan boshlagan. Zulfiqor Musoqov o‘zining „Abdullajon“, „Bomba“, „Yaratganga shukur“, „Kichkina tabib“, „Oyijon“, „Osmondagi bolalar — 1-2-3“, „Vatan“, „Qo‘rg‘oshin“, „Qovun“, „Xazonrezgi“, „Novda“, „Dadam betob“ kabi filmlari va „Ayol zoti“ teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning „Vatan“ filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda „Osiyoning eng yaxshi filmi“ nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan. 2011-yilda rejissyor suratga olgan „Qo‘rg‘oshin“ badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan „Kinoshok“ Xalqaro kinofestivalida qatnashib, „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.
Zulfiqor Musoqov 2003-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni, 2006-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi“unvoniga sazovor bo‘lgan[1].
Filmlari
tahrir- Чужое счастье (1978);
- Завтра выйдешь? (1980);
- Sud kuni (1983);
- Qaldirgʻoch (1988);
- Askarlar ertagi, Debyut (1989);
- Abdullajon (1991);
- Birinchi boʻsa (1991);
- Шаг вправо... шаг влево... (1991);
- Makler (1992);
- Bomba (film, 1995)]] (1995);
- Yaratganga shukur (film, 1997)|Yaratganga shukur (serial)(1996);
- Kichkina tabib (1997);
- Ayol zoti (serial)(1998);
- Oyijon (2000);
- Osmondagi bolalar (2002);
- Kovush (2002);
- Osmondagi bolalar-2 (2003);
- Oʻzimizning odam (serial) (2004);
- Dada (2004);
- Свой человек (2005);
- Vatan (2006);
- Osmon yaqin (2006);
- Suiqasd (2006);
- Восточный двор с кривой луной (2008);
- Qoʻrgʻoshin (film)|Qoʻrgʻoshin (2011);
- Qovun (film)|Qovun (2012);
- Bekatdagi odam (2014);
- Novda (film)|Novda (2015);
- Xazonrezgi (film)|Xazonrezgi (2016);
- Berlin - Oqqo'rg'on (film)|Berlin — Oqqoʻrgʻon (2018).
- Alvido ssenarist (2019)
- Kasallik tarixi (2021)
- Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar (2023)
Mukofotlari
tahrirZulfiqor Musoqov 2006-yil 25-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.[2]2023-yil 31-avgustda "Fidokorona xizmatlari uchun" orderi bilan taqdirlangan.
Havolalar
tahrir- ↑ Hordiq-Plus gazetasi.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Gov.uz Portali[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Hordiq-Plus gazetasidagi interv’yusi[sayt ishlamaydi]