Vatan (film)
film
"Vatan"- 2006-yilda rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan ishlangan drama film. Film Ikkinchi jahon urushi yillari Oʻzbekistondan ketib qolgan oʻzbekistonliklar hayotidan hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Abdumannon Ubaydullayev, Muzaffar Saʼdullayev, Raʼno Shodiyeva, Bobur Yoʻldoshevlar ijro etishgan[1].
Vatan | |
---|---|
Fayl:Vatan 300x450.webp | |
Rejissyor(lar) | Zulfiqor Musoqov |
Ssenariynavis(lar) | Zulfiqor Musoqov |
Rollarda |
Abdumannon Ubaydullayev Muzaffar Saʻdullayev Raʼno Shodiyeva Bobur Yoʻldoshev Timur Musoqov Jumadulla Rametov |
Bastakor(lar) | Maryam Musoqova |
Kinematografiya |
Abdurahim Ismoilov Sadriddin Ziyo |
Muharrir(lar) | Oʻlmasxon Temirova |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | Toshkent, 2006-yil |
Davomiyligi | 98 daqiqa. |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Tavsifi
tahrirAQShda yashab kelayotgan Qurbon ismli qari odam Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Ona qishlogʻining sogʻinchi tinchlik bermay, bir kuni Toshkentga yetib keladi. Bu yerdan taksi orqali qishlogʻiga yoʻl oladi. Maqsad - ona Vatanining diydoriga toʻyish va mansab uchun oʻzini sotgan dushmanidan qasos olishdir.
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.m.kino-teatr.ru/kino/movie/post/82729/annot/[sayt ishlamaydi]