Zumrat Gaibnazarova
Zumrat Talatovna Gaibnazarova (1981-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Zumrat Gaibnazarova | |
---|---|
Tavalludi |
1981-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat texnika universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirZumrat Gaibnazarova 1981-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Menejment yoʻnalishini (bakalavr) tugatgan[1]. 2004-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment fakultetining Innovatsion menejment yoʻnalishini (magistr) tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 2012-yilda Toshkent moliya institutida „Innovatsion investitsiyalashtirish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari“ mavzusida „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2015-yilda Muhandislik taʼlimi dasturining sifati va akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro ekspert etib tayinlangan. 2017—2021-yillarda MANEB Xalqaro akademiyasining muxbir aʼzosi. 2017-yilda „Iqtisodiyot nazariyasi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2021-yildan MANEB Xalqaro akademiyasining akademigi. Doktorlik dissertatsiyasini 2021-yilda Toshkent davlat texnika universitetida „Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda intellektual kapital nazariyasi va uslubiyatining modernizatsiyalashga taʼsiri“ mavzusida „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan. 2022-yilda „Sanoat iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi[1]. 2021-yildan hozirga kungacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir