Zunnun Misriy, Abulfayz Savbon binni Ibrohim (vafoti hijriy 245-yil, milodiy 859-yil) — “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Qohira yaqinidagi Ixmim shahrida tugʻilgan. Molik ibn Anasdan hadis ilmini oʻrgangan. Magʻriblik Isrofil ismli shayxning muridi. Zunnun Misriy tasavvuf va hol ilmi boʻyicha birinchilardan boʻlib, nazariy fikrlarni bayon qilgan orif sifatida tanilgan. Tasavvufdagi barcha tariqatlarning silsilasida uning nomi bor.

Imom Ahmad Hanbal, Valid bin Abdulloh, Abulhusayn Nuriy, Abu Yaʼqub Hoshimiy, Abbos bin Hamza Nisoburiy, Abu Said Xarroz, Abu Abdulloh Nabojiy, Abdulloh Hozir, Ali bin Muvaffaq, Abu Amr Dimishqiy, Ibrohim bin Dovud Qassor Raqqiy, Abu Muhriz Sheroziy, Fotima Nisoburiya, Joriyayi Savdo, Imraʼatun Majhula kabi orif zotlar bilan suhbatda boʻlgan. Sahl bin Abdulloh Tustariy, Yusuf bin Husayn Roziy, Muhammad bin Hasan Javhariy, Abu Abdulloh Jallo kabi yirik soʻfiylar Zunnun Misriyning shogirdlari sanaladi.

Zunnun Misriy 245-hijriy-qamariy, 859-milodiy yilda samoʻ majlisida vajd holida olamdan oʻtgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat. 

Havolalar

tahrir