Zvezda po imeni Solnse“ (ruscha: Звезда по имени Солнце, yaʼni „Quyosh nomli yulduz“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan ayni nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Zvezda po imeni Solnse“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.

„Zvezda po imeni solnse“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Zvezda po imeni Solnse“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1989
Yozib olingan 1988
Janr yangi toʻlqin
Davomiyligi 3:46
Leybl General Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Zvezda po imeni Solnse“ xronologiyasi
„Pesnya bez slov“ Zvezda po imeni Solnse „Nevesyolaya pesnya“
Klipi
„Zvezda po imeni Solnse“ YouTubeda

Qoʻshiq rejissor Rashid Nugmanov olgan „Igla“ filmida yangraydi. Soy qoʻshiqni Qozogʻistonda filmni suratga olish jarayoni davomida yozgan. Bu haqda Nugmanov shunday degan:

Qoʻshiq Olmaotadagi kvartiramda mening gitaramda yozilgan[1].

„Zvezda po imeni Solnse“ qoʻshigʻi Rossiya radiostansiyalarida deyarli har kun efirga uzatiladi. Qoʻshiqni sobiq sovet mamlakatlarida koʻp holatlarda gitara chalishga endi oʻrgana boshlaganlar oʻrganadi. 2007-yil Yandex qidiruv tizimi Soy tavvaluddining 55 yilligi munosabati bilan Sankt-Peterburg shahrida aktyorlar, musiqachilar va oʻtkinchilar ishtirokida videobagʻishlov suratga olgan[2].

Qoʻshiqni bugunga qadar koʻplab rossiyalik va xorijlik xonanda kaver qilgan. Vyacheslav Butusov 2000-yil chiqarilgan „KINOprobi“ xotira albomi uchun qoʻshiq kaverini yozgan. AQShda tuzilgan „Brazzaville“ guruhi oʻzining 2006-yilgi „East L.A. Breeze“ albomi uchun „Star Called Sun“ nomi bilan qoʻshiqning inglizcha kaverini yozgan. Qoʻshiq matnida guruh solisti David Brownning onasi oʻlimi haqida soʻz boradi, original ruscha versiyadan faqat qoʻshiq nomi olingan. „Buranovskie babushki“ folklor guruhi qoʻshiqni udmurt tilida ijro etgan. Bundan tashqari, „Zvezda po imeni Solnse“ qoʻshigʻini farer orollarilik xonanda Guðrið Hansdóttir, rus qoʻshiqchilari Mara, Natali va ST1M hamda „Gromika“ va „Xor Tureskogo“ guruhlari ham kaver qilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-avgust, 2022-yil(2022-08-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.