Łukasz Teodorczyk (talaffuzi: Lukash Teodorchik; 1991-yil 3-iyunda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Łukasz Teodorczyk
Teodorczyk Dynamo Kyivda 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Łukasz Teodorczyk[1]
Tavallud sanasi 3-iyun 1991-yil (1991-06-03) (33 yosh)[1]
Tavallud joyi Żuromin, Polsha
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2005 Agrykola Warsaw
2005—2006 Polonia Warsaw
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Polonia Warsaw 30 (10)
2013—2014 Lech Poznań 50 (24)
2014—2017 Dynamo Kyiv 24 (10)
2016—2017Anderlecht (ijara) 28 (20)
2017—2018 Anderlecht 43 (17)
2018—2021 Udinese 30 (1)
2020—2021Charleroi (ijara) 15 (0)
2022 Vicenza 14 (1)
Milliy terma jamoa
2010 Polsha U20 3 (2)
2011—2012 Polsha U21 6 (2)
2013—2018 Polsha 19 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Ilk faoliyati

tahrir

2010-yil yanvar oyida Varshavaning Polonia jamoasiga qoʻshilgan[2]. 2010-yil 29-oktyabrda Ekstraklasada debyut qildi. 2010—2011-yilgi mavsumda Poloniada oltita oʻyinda maydonga tushdi. Młoda Ekstraklasa yoshlar ligasida 21 oʻyinda ishtirok etib, 15 gol urdi.

Lech Poznań

tahrir

2014-yil avgust oyida Lech Poznańga qoʻshildi.

Dynamo Kyiv

tahrir

2014-yilning 27-avgustida Teodorczyk Ukrainaning Dynamo Kiyev klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, transfer uchun 4 million yevro to‘landi. 2014-yilning 30-avgustida FC Chornomorets Odesa jamoasiga qarshi kechgan bahsda 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyuti qildi. 2014-yilning 13-sentabrida „Dynamo“ safidagi ilk golini Zorya Lugansk ga qarshi o‘yinda (2:2) kiritdi. Ligada 13 ta oʻyinda 5 ta gol urdi. Olimpik Donetskga qarshi yarim final uchrashuvida jarohat olib, kubok finalini oʻtkazib yubordi. Jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi.

2015-yil 24-noyabr kuni Teodorczyk UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini guruh bosqichining 5-turida Portugaliyaning Porto klubiga qarshi oʻyinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qildi. 2015—2016-yilgi mavsum Ligasida 11 ta oʻyinda 5 ta gol urgan[3]

Anderlecht (ijara)

tahrir

2016-yilning 4-avgustida Teodorczyk Belgiyaning RSC Anderlecht klubiga mavsumiy ijaraga berildi[3]. 2016-yilning 7-avgustida „Anderlecht“ safida K. V. Kortrijkga qarshi o‘yinda klubdagi ilk golini urgan (5:0)[4].

Anderlecht

tahrir

2017-yilning 30-martida Teodorczyk Anderlecht bilan 2020-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. „Anderlecht“ Kiyevning „Dynamo“ klubiga 4,5 million yevro toʻlagan[5]. 22 gol bilan Belgiya birinchi divizioni A 2016—2017-yilgi mavsumining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

Udinese

tahrir

2018-yilning 17-avgustida Teodorczyk Udinese bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 29-dekabrda, 2021—2022-yilgi mavsumda umuman maydonga tushmaganidan soʻng, shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi[6].

Charleroiga ijara

tahrir

2020-yil 5-oktabrda Belgiyaning Charleroi klubiga ijara asosida o‘tdi[7].

Vicenza

tahrir

2022-yilning 4-yanvarida Italiya B seriyasining Vicenza klubi bilan 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun shartnoma imzoladi (uzaytirish imkoniyati bilan)[8]. Mavsum yakunlangach jamoani tark etdi.

Isteʼfo

tahrir

2022-yil 19-noyabr kuni Teodorczyk Instagram’da futboldan ketganini eʼlon qildi[9].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Polshaning 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasida 3 ta oʻyinda oʻynagan[10]. Polshaning U21 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatiga saralash bosqichidagi birinchi oʻyinida ikkita gol urdi. 2013-yilning 2-fevralida Ruminiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) dubl qayd etib, milliy terma jamoadagi ilk gollarini kiritdi.

2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[11].

Faoliyat statistikasi

tahrir
18-aprel, 2022-yil holatiga koʻra[12][13]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Other Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Polonia Warsaw 2010—2011 Ekstraklasa 6 0 1 1 7 1
2011—2012 Ekstraklasa 11 4 0 0 11 4
2012—2013 Ekstraklasa 13 6 1 0 14 6
Jami 30 10 2 1 32 11
Lech Poznań 2012—2013 Ekstraklasa 14 1 14 1
2013—2014 Ekstraklasa 32 20 2 1 4 3 38 24
2014—2015 Ekstraklasa 4 3 0 0 2 0 6 3
Jami 50 24 2 1 6 3 58 28
Dynamo Kyiv 2014—2015 Ukraina Premyer-ligasi 13 5 5 2 6 3 24 10
2015—2016 Ukraina Premyer-ligasi 11 5 3 1 4 0 18 6
Jami 24 10 8 3 10 3 42 16
Anderlecht 2016—2017 Belgiya birinchi divizioni A 38 22 2 1 13 7 53 30
2017—2018 Belgiya birinchi divizioni A 33 15 0 0 6 0 1 0 40 15
Jami 71 37 2 1 19 7 1 0 93 45
Udinese 2018—2019 Serie A 16 1 0 0 16 1
2019—2020 Serie A 14 0 2 0 16 0
Jami 30 1 2 0 32 1
Charleroi (ijara) 2020—2021 Belgiya birinchi divizioni A 15 0 2 1 17 1
Vicenza 2021—2022 Serie B 14 1 0 0 14 1
Jami faoliyati 234 83 18 7 35 13 1 0 288 103

Xalqaro

tahrir
28-iyun, 2018-yil holatiga koʻra[12].
Polsha
Yil Ishtirok Gollar
2013-yil 4 3
2014-yil 3 0
2016-yil 4 1
2017-yil 3 0
2018 5 0
Jami 19 4

Xalqaro Gollar

tahrir
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Lukashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2013-yil 2-fevral Estadio Ciudad, Malaga, Ispaniya   Ruminiya
2—0
4—1 Oʻrtoqlik (FIFA tomonidan tan olinmagan)
2.
3—0
3. 2013-yil 26-mart Milliy stadion, Varshava, Polsha   San Marino
4—0
5—0
JCH-2014 saralashi
4. 2016-yil 14-noyabr Stadion Miejski, Vrotslav, Polsha   Sloveniya
1—1
1—1
Doʻstona

Yutuqlari

tahrir
Lech Poznań
Dynamo Kyiv
Anderlecht
Individual
  • Belgiya birinchi divizioni eng yaxshi toʻpurar: 2016—2017[15]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of players: Polsha“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Łukasz Teodorczyk: Polonia była najkonkretniejsza“ (Polish). ksppolonia.pl (2010-yil 7-yanvar).
  3. 3,0 3,1 „Lukasz Teodorczyk moet Anderlecht-aanval versterken“ (Dutch). Sporza (2016-yil 4-avgust). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.[sayt ishlamaydi]
  4. Anderlecht vs. Kortrijk 5 - 1, qaraldi: 1 December 2016
  5. Minnebo, Olivier. „Anderlecht licht optie op Teodorczyk, die tekent tot 2020“ (Dutch). Het Laatste Nieuws (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  6. „Nota ufficiale: Teodorczyk“. Udinese (2021-yil 29-dekabr).
  7. „BIENVENUE, LUKASZ !“ (fr). Charleroi (2020-yil 5-oktyabr).
  8. „Ufficiale: Lukasz Teodorczyk in biancorosso!“ (it). Vicenza (2022-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
  9. „Łukasz Teodorczyk zakończył karierę“ (pl). Weszlo.com (2022-yil 19-noyabr).
  10. „U-20: Dwa gole Łukasza Teodorczyka“ (Polish). ksppolonia.pl (2010-yil 17-noyabr).
  11. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  12. 12,0 12,1 Andoza:90minut
  13. Łukasz Teodorczyk Soccerway saytida
  14. Casert, Raf. „Anderlecht wins record 34th Liga title“. The Tribune (2017-yil 18-may). Qaraldi: 2017-yil 18-may.[sayt ishlamaydi]
  15. „Onyekuru scored 20 Liga goals in Belgium, eye top scorer award | National Daily Newspaper“ (2017-yil 19-may).[sayt ishlamaydi]