1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (grekcha: Θερινοί Ολυμπιακοί Αγώνες 1896) – rasmiy ravishda I Olimpiada oʻyinlari (grekcha: Αγώνες της 1ης Ολυμπιάδας), shuningdek, Afina 1896 (grekcha: Αθήνα 1896) nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari. Fransuz aristokrati Pierre de Coubertin tomonidan tuzilgan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa 1896-yilning 6-aprelidan 15-apreliga qadar Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan[2].


1896-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun rasmiy hisobot muqovasi
Mezbon shahar Afina, Gretsiya
Millatlar 14[note1]
Atletlar 241 (barchasi erkaklar)[note2]
Musobaqalar 9 ta sport boʻyicha 43 ta musobaqa
Ochilish 1896-yil 6-aprel
Yopilish 1896-yil 15-aprel
Marosimini ochib beruvchi
Qirol George I[1]
Stadion Panathenaic
Parij →

Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 14 davlatdan (XOQ maʼlumotlariga koʻra, ushbu raqam turlicha talqin qilinishi mumkin) jami 241 nafar sportchi (ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida faqatgina erkak sportchilar ishtirok etishi mumkin boʻlgan; ushbu raqamlarning toʻgʻriligi borasida hanuzgacha bahs-munozaralar mavjud) ishtirok etgan[3][2]. Musobaqada ishtirok etgan sportchilarning barchasi yevropaliklar yoki Yevropada istiqomat qiluvchi boshqa qitʼa vakillari boʻlishgan (Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi bundan mustasno). Olimpiadada ishtirokchilarning 65% dan ortigʻini yunonlar tashkil etgan. Musobaqa gʻoliblari oʻyin soʻngida kumush medal bilan, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medallar bilan taqdirlanishgan. Keyinchalik, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan ushbu qoidalarga oʻzgartirish kiritilgan va birinchi oʻrin sohiblari uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush hamda uchinchi oʻrin egalari uchun bronza medallari bilan taqdirlash joriy etilgan. Musobaqaga oʻz sportchilarini yuborgan jami 14 davlatdan 10  tasi birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari safidan joy egallagan. Musobaqa soʻngida Amerika Qoʻshma Shtatlari umumiy hisobda 11 ta kumush medal bilan peshqadamlikka erishgan boʻlsa, mezbon davlat vakillari jami 47 ta medal bilan musobaqaning eng koʻp sovrinlarini qoʻlga kiritgan jamoa sifatida eʼtirof etilgan. Yunonlar uchun ilk Olimpiya oʻyinlaridagi eng asosiy yutuq – gretsiyalik Spyridon Louis tomonidan marafon yugurishi gʻolibligining qoʻlga kiritilishi boʻlgan. Shuningdek, Olimpiadaning eng muvaffaqiyatli ishtirokchisi nomiga nemis yunon-rum kurashchisi va gimnastikachisi Carl Schuhmann sazovor boʻlib, u musobaqaning jami toʻrtta yoʻnalishi boʻyicha gʻolib sportchiga aylangan[4].

1896-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish masalasi 1894-yilning 23-iyunida Coubertin tomonidan Parijda tashkil etilgan kongressda bir ovozdan tasdiqlangan, shuningdek, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi ham ilk bor mana shu kongress davomida tuzilgan, chunki Gretsiyada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqa yangi tarixdagi ilk Olimpiya oʻyinlari edi. Olimpiadaning asosiy oʻyinlar oʻtkaziladigan binosi sifatida „Panathenaic“ stadioni tanlanib, u yerda yengil atletika va yunon-rum kurashi sport turlari boʻyicha bahslar boʻlib oʻtgan. Boshqa sport turlari, jumladan, velosport uchun „Neo Phaliron Velodrome“ inshooti hamda qilichbozlik uchun Zappeion sport inshootlari tanlangan. Musobaqaning ochilish marosimi 6-aprel kuni „Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan, unda ishtirok etuvchi sportchilarning aksariyati millatlar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda maydonga tushishgan. Tashkiliy qoʻmita prezidenti – valiahd shahzoda Constantinening nutqidan soʻng, uning otasi qirol George I Olimpiada oʻyinlarini rasman ochib bergan. Shundan keyin, toʻqqizta guruhga boʻlingan jami 150 nafar xor xonandalari shoir Kostis Palamas soʻzi va Spyridon Samaras musiqasi asosida yaratilgan Olimpiada madhiyasini ijro etishgan[5].

1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari sport tarixida erishilgan eng katta muvaffaqiyatlardan biri sifatida baholanadi va unga qadar oʻtkazilgan barcha sport musobaqalari ichida eng nufuzlisi deya tan olinadi. „Panathenaic“ stadioni ushbu sport musobaqalarini tomosha qilish uchun kelgan eng koʻp tomoshabinni oʻzida jamlagan majmuaga aylandi[6]. Oʻyinlardan soʻng, Coubertin va Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga bir qancha taniqli shaxslar, jumladan, Gretsiya qiroli George I va baʼzi amerikalik sportchilar bundan keyingi barcha Olimpiada oʻyinlarining Afinada oʻtkazilishini soʻrab murojaat qilishgan. Biroq navbatdagi, yaʼni 1900-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Parijda oʻtkazilishi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan allaqachon rejalashtirilgan edi. Oradan 108 yil oʻtgach, 1906-yilgi navbatdan tashqari Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan tashqari 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari yana qayta Gretsiyada oʻtkazilgan[7].

Musobaqaga asos solinishi

tahrir

XIX asrda Yevropada kichik miqyosda oʻtkazilgan bir nechta sport festivallari ham oʻsha paytda qadimgi Olimpiya oʻyinlari nomi bilan atalgan. Jumladan, 1870-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun „Panathenaic“ stadioni qayta taʼmirlangan va musobaqa tomoshasi uchun 30 000 kishi ushbu stadionga tashrif buyurgan[8]. Keyinchalik, Pierre de Coubertin va fransiyalik pedagog, tarixchi, doktor William Penny Brookes koʻp millatli va koʻp turli sport musobaqasini tashkil etish gʻoyasini eʼlon qilgan, biroq oʻyinlarda faqat yunon millatiga mansub erkak sportchilarning ishtirok etishigagina ruxsat berilgan[9][10]. 1890-yilda Coubertinning „La Revue Athletique“ jurnalida inglizlarning Shropshire grafligida joylashgan Much Wenlock shaharchasi haqidagi maqolasi chop etilgan. Aynan shu yerda 1850-yilning oktyabr oyida mahalliy shifokor William Penny Brookes Wenlock Olimpiya oʻyinlariga asos solgan, ushbu Olimpiada sport va dam olish festivali boʻlib, musobaqa kriket, futbol va halqani nishonga otish kabi yengil atletika va jamoaviy sport turlarini oʻz ichiga olgan[11]. Coubertin, shuningdek, 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini tashkil etishda 1859, 1870 va 1875-yillarda tadbirkor va xayriya ishlarini amalga oshiruvchi Evangelis Zappas tomonidan Olimpiya oʻyinlari nomi ostida tashkil etilgan oldingi yunon oʻyinlaridan ham ilhomlangan[12]. 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlari Evangelis Zappas va uning amakivachchasi Konstantinos Zappasning[13][14][15] merosi hamda Gretsiya valiahd shahzodasi Constantinening iltimosi bilan „Panathenaic“ stadionining ikkinchi bor qayta taʼmirlanish ishlariga homiylik qilgan George Averoff[16] tomonidan moliyalashtirilgan. Gretsiya hukumati bundan qirq yil oldin taʼmirlash xarajatlari Evangelis Zappas tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan ushbu marmar stadionni qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qilgan[17].

Baron de Coubertinning iltimosiga chuqur ehtirom bildiraman va unga hamda boshqa kongress aʼzolariga Olimpiya oʻyinlarining qayta tashkillashtirilishi yoʻlida qilayotgan saʼy-harakatlari uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

— Gretsiya qiroli George (1894-yil 21-iyun)[18]

1894-yil 18-iyunda Coubertin Fransiyaning Parij universitetida 11 mamlakat sport jamiyatlari vakillariga Yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliq rejalarini taqdim etish maqsadida kongress uyushtirgan. Uning ushbu musobaqani xalqaro miqyosda oʻtkazish taklifi kongress aʼzolari tomonidan qabul qilinganidan soʻng, dastlabki zamonaviy Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilish sanasi tanlanishi kerak edi. Coubertin musobaqaning 1900-yilda Parijda tashkillashtiriladigan universal koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkazilishini taklif qilgan. Biroq olti yillik kutish davri jamoatchilikning musobaqaga boʻlgan qiziqishini susaytirishi mumkinligidan xavotirlangan kongress aʼzolari ilk Olimpiya oʻyinlarining 1896-yilda oʻtkazilishini maʼqul deb topganlar. Musobaqa oʻtkazilish sanalari kelishib olinganidan soʻng, barcha kongress aʼzolari endilikda uning qayerda oʻtkazilishi borasidagi masalaga eʼtibor qaratdilar. Biroq ushbu kongress davomida ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarining qanday qilib Afina shahrida oʻtkazilishiga kelishilganligi hanuzgacha sir boʻlib qolmoqda. Oradan bir necha yillar oʻtib, Coubertin va Demetrius Vikelas kongressning rasmiy bayonnomalariga zid keladigan tanlov jarayoni haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar. Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra, kongressning bir nechta aʼzolari Londonni ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun har taraflama munosib joy deb taklif berishadi, ammo Coubertin ushbu fikrga qarshilik bildirgan. Kongressda ishtirok etuvchi gretsiyalik vakil Vikelas bilan qisqacha suhbatdan soʻng, Coubertin Afinani musobaqa oʻtkazish uchun qulay joy deya taklif bergan. Shundan soʻng, Vikelas 23-iyun kuni musobaqa uchun koʻrsatilgan Afina shahri nomzodligini rasmiylashtirgan va Gretsiya bundan oldingi kichik festival koʻrinishidagi Olimpiya oʻyinlarining ham asl vatani boʻlgani sababli kongress tomonidan ushbu qaror bir ovozdan maʼqullangan. Yangi tashkil etilgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasining (XOQ) birinchi prezidenti etib Demetrius Vikelas saylangan[19].

Tashkiliy qoʻmita

tahrir
 
1896-yilgi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun maxsus chiqarilgan markalardan biri

Olimpiya oʻyinlarining Gretsiyada oʻtkazilishi haqidagi xabar Gretsiya jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari va qirollik oilasi tomonidan yaxshi qabul qilingan. Coubertinning soʻzlariga koʻra, valiahd shahzoda Constantine Olimpiya oʻyinlarining Afinada oʻtkazilishini katta mamnuniyat bilan qarshi olgan. Coubertin „qirol va valiahd shahzoda ushbu oʻyinlarni oʻtkazishda homiylik qilishlari“ga rozilik bildirishganini tasdiqlaydi. Keyinchalik, Constantine Yozgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilishi uchun yanada qattiqroq harakat qila boshlagan va 1896-yilgi tashkiliy qoʻmita raisligi faoliyatiga ishtiyoq bilan kirishgan[20].

Biroq mamlakat musobaqalarni oʻtkazish borasida turli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va natijada, siyosiy notinchlik yuzaga kelgan. Ushbu moliyaviy va siyosiy beqarorlik tufayli bosh vazir Charilaos Trikoupis ham, bir qator milliy olimpiadalarni oʻtkazish ishlariga boshchilik qilgan Zappas Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Stephanos Dragumis ham Gretsiya ushbu musobaqani oʻtkaza olishiga shubha bilan qaray boshlashgan[21]. 1894-yil oxirida Stephfanos Skouloudis boshchiligidagi tashkiliy qoʻmita oʻyinlar narxi Coubertin tomonidan taxmin qilinganidan uch baravar yuqori boʻlishi haqidagi hisobotni taqdim etgan. Natijada, ular Olimpiya oʻyinlarini Gretsiyada oʻtkazib boʻlmaydi, degan xulosaga kelishgan va oʻzlarining isteʼfoga chiqishlarini bildirishgan. Oʻsha paytda Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishning umumiy qiymati 3 740 000 oltin drahmani tashkil etgan[22].

 
1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining muvaffaqiyatli oʻtkazilishida Xalqaro olimpiada qoʻmitasining birinchi prezidenti Demetrius Vikelasning saʼy-harakatlari eʼtirof etiladi.

Olimpiya oʻyinlarining qayta tiklanish istiqboli katta shubha ostida qolganligi sababli, Coubertin va Vikelas Olimpiya harakatini saqlab qolish uchun yangidan kompaniya tuzgan holda harakatga kirishdilar. Ularning saʼy-harakatlari natijasida 1895-yilning 7-yanvarida Demetrius Vikelas valiahd shahzoda Constantinening Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi etib taʼyinlanganini eʼlon qildi. Tashkiliy qoʻmita raisining musobaqa oldidagi eng birinchi mas’uliyati oʻyinlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mablagʻni toʻplashdan iborat edi. Shahzoda yunon xalqining vatanparvarligiga tayangan holda ularni kerakli mablagʻni toʻplash ishlarida yordamga chaqirdi[23]. Constantinening musobaqalarni oʻtkazish ishlarida koʻrsatayotgan shijoat va gʻayrati yunon jamoatchiligini toʻlqinlantirib yubordi. Ushbu ommaviy saʼy-harakatlar natijasida 330 000 draxma mablagʻ yigʻib olingan, shuningdek, maxsus pochta markalari toʻplamining sotilishidan 400 000 draxma, chipta sotuvidan 200 000 draxma toʻplangan. Constantinening iltimosiga koʻra, tadbirkor George Averoff „Panathenaic“ stadionini qayta taʼmirlash ishlariga homiylik qilgan va ushbu loyihaga 920 000 drahma[16] xayriya qilgan[24]. Uning musobaqalarni oʻtkazishda koʻrsatgan xayriya ishlariga hurmat sifatida 1896-yilning 5-aprelida stadion tashqarisida Averoffning haykali oʻrnatilib, stadionning ochilish marosimi oʻtkazilgan. Ushbu haykal hozirgi kunga qadar stadion tashqarisida qad rostlab turibdi[25].

Oʻsha paytda Olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlgan sportchilarning bir qismi taʼtil yoki mehnat faoliyati sababli aynan Afina shahrida boʻlishgan (masalan, britaniyalik sportchilarning ayrimlari Afinadagi Britaniya elchixonasida faoliyat koʻrsatishgan). Sportchilar uchun moʻljallangan Olimpiya shaharchasi qurish anʼanasi 1932-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga qadar mavjud boʻlmaganligi sababli musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar oʻzlarini turar-joy bilan taʼminlashga majbur boʻlganlar[26].

1894-yilda yangi XOQ tomonidan ovozga qoʻyilgan birinchi reglament Olimpiya oʻyinlarida faqat havaskor sportchilarning ishtirok etishiga ruxsat berishdan iborat edi[izoh 1]. Biroq qilichbozlik oʻyinlari bundan mustasno hisoblangan, boshqa sport turlari boʻyicha musobaqalar esa havaskorlar sporti qoidalariga muvofiq oʻtkazilgan[izoh 2]. Musobaqa qonun-qoidalari barcha sport turlari uchun umumiy boʻlmaganligi sababli Tashkiliy qoʻmita turli milliy sport assotsiatsiyalari orasidan kerakli sport qoidalarni tanlab olishlari va shu boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishlari kerak edi. Hakamlar hay’ati va oʻyin direktorlari nomi antik davrdagi kabi nomlar bilan atalgan (Ephor, Helanodic va Alitarc). Shahzoda George esa oʻyinlarning yakuniy xulosa chiqaruvchi hakami sifatida faoliyat koʻrsatgan. Coubertinning soʻzlariga koʻra: „shahzodaning musobaqalardagi hakamligi eforlarning oʻyinlar davomidagi qarorlariga kuch va obroʻ bergan“[27].

Ayol sportchilar 1896-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega emas edilar, chunki de Coubertin ularning musobaqalardagi ishtirokini „amaliy boʻlmagan, qiziqarli emas, estetik zavq bagʻishlovchi emas va notoʻgʻri ish“ deb hisoblagan[28].

Sport inshootlari

tahrir
 
„Panathenaic“ stadioni panoramasi

1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jami yettita sport inshootlaridan foydalanilgan. „Panathenaic“ stadioni ular ichida asosiy maydon boʻlgan, musobaqadagi toʻqqizta sport turidan toʻrttasiga mezbonlik qilgan Marafon shahrida marafon yugurishi va velopoyganing shosse yoʻnalishi boʻyicha yakkalik bahslari oʻtkazilgan. Zea koʻrfazida suzish, Zappeionda qilichbozlik, Kallitheada oʻq otish va Afina tennis klubida tennis musobaqalari boʻlib oʻtgan. Shuni qoʻshimcha qilish joizki, tennis 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlari vaqtida yunonlar uchun notanish sport turi hisoblangan[29].

Zea koʻrfazi – Afina hududidagi dengiz porti va marina hisoblanib[30], undan musobaqa davomida suzish havzasi sifatida foydalanilgan, chunki oʻsha paytda Olimpiya oʻyinlari tashkilotchilari maxsus suzish maydoni qurilishi uchun pul sarflashmagan[31].

1896-yilgi Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan sport maydonlarining toʻrttasidan 2004-yilgi oʻyinlarda ham musobaqalarni oʻtkazish joyi sifatida qayta foydalanilgan. U paytda Velodrom sifatida foydalanilgan maydon 1964-yilda futbol stadioniga aylantirilgan[32]. 2003-yilda ushbu inshoot 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarida futbol maydoni sifatida foydalanish uchun qayta taʼmirlangan[33]. 2004-yilgi oʻyinlar davomida „Panathenaic“ stadioni kamondan otish boʻyicha musobaqalarga mezbonlik qilgan, shuningdek, ushbu inshoot yengil atletika marafonining marra chizigʻi boʻlib ham xizmat qilgan[34]. Marafon shahrining oʻzi 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari davomida ikkala marafon musobaqalarining ham boshlangʻich nuqtasi hisoblangan[35]. Zappeion 1998-yildan 1999-yilgacha 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasining (ATHOC) birinchi uyi boʻlib, ushbu oʻyinlar davomida asosiy aloqa markazi sifatida xizmat qilgan[35][36].

Bino Sport Sigʻimi Manba
Afina tennis klubi Tennis Roʻyxatga kiritilmagan [29]
Zea koʻrfazi Suzish Roʻyxatga kiritilmagan [37]
Kallithea Oʻq otish Roʻyxatga kiritilmagan [38]
Marafon (shahar) Yengil atletika (marafon), velosport (yakkalik shosse velopoygasi) Roʻyxatga kiritilmagan [39]
Neo Phaliron Velodrome Velosiped (trek) Roʻyxatga kiritilmagan [40]
„Panathenaic“ stadioni Yengil atletika, gimnastika, ogʻir atletika va kurash 80,000 [41]
Zappeion Qilichbozlik Roʻyxatga kiritilmagan [42]

Musobaqa kalendari

tahrir
 OM  Ochilish marosimi  ●  Musobaqalar  1  Final uchrashuvlari  YM  Yopilish marosimi
1896-yil aprel 6

Du
7

Se
8

Chor
9

Pa
10

Ju
11

Sha
12

Yak
13

Du
14

Se
15

Chor
Musobaqalar
‡ Musobaqalar OM YM
  Yengil atletika 2 4 1 5 12
Velosport   Shosse 1 6
  Trek 1 3 1
  Qilichbozlik 2 1 3
  Gimnastika 6 2 8
  Oʻq otish ●  1 1 2 1 5
  Suzish 4 4
  Tennis ●  ●  ●  2 2
  Ogʻir atletika 2 2
  Kurash ●  1 1
Har kunlik final uchrashuvlari 2 8 1 9 8 12 2 1 0 0 43
Jami 2 10 11 20 28 40 42 43 43 43
1896-yil aprel 6

Du
7

Se
8


Chor

9

Pay
10

Ju
11

Shan
12

Yak
13

Du

14

Se
15

Chor
Umumiy oʻyinlar soni

‡ 1912-yilgacha Olimpiya halqalarining ramzi mavjud boʻlmagan[43][44].

Eslatma: Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gʻoliblar kumush medallar bilan, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medallar bilan taqdirlangan, biroq ushbu musobaqada 3-oʻrin uchun taqdirlash tizimi mavjud boʻlmagan[45].

Ochilish marosimi

tahrir
 
„Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimi

Pasxa bayrami nishonlanadigan 6-aprel sanasi dushanba kuni (oʻsha paytda Gretsiyada ishlatilgan Yulian taqvimi boʻyicha 25-mart) birinchi Olimpiada oʻyinlarining rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[46]. „Panathenaic“ stadioni taxminan 80 000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdirdi, tashrif buyuruvchilar orasida, shuningdek, Gretsiya qiroli George I, rafiqasi Olga va oʻgʻillari ham bor edi. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning koʻpchiligi millatlar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda bir maydonda toʻplanishdi. Tashkiliy qoʻmita prezidenti – valiahd shahzoda Constantinening nutqidan soʻng, uning otasi qirol George I sport tarixidagi birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini rasman ochib berdi [47]:

„Afinada boʻlib oʻtadigan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlarini ochiq deb eʼlon qilaman. Yashasin millat. Yashasin yunon xalqi“.

Shundan soʻng, toʻqqizta guruhga boʻlingan 150 nafar xor xonandasi shoir Kostis Palamas soʻzi va Spyridon Samaras musiqasi asosida yaratilgan Olimpiya madhiyasini ijro etishgan. Keyinchalik, 1960-yilga qadar turli musiqiy kompozitsiyalar ochilish marosimlari fonida ijro etilgan boʻlsa-da, ayni shu yildan boshlab Samaras va Palamas kompozitsiyasi rasman Olimpiya madhiyasi etib belgilangan (ushbu qaror XOQ sessiyasi tomonidan 1958-yilda qabul qilingan). Hozirgi kunda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlari ochilish marosimlarining boshqa bir qancha elementlari keyinchalik joriy etilgan, jumladan, 1928-yilda birinchi bor Olimpiya olovi yoqilgan boʻlsa, sportchilarning ilk qasamyodi 1920-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida, rasmiylarning birinchi qasamyodi esa 1972-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qabul qilingan[47].

Musobaqalar

tahrir

1894-yilda Sorbonna Kongressi Afinada oʻtkaziladigan ushbu xalqaro musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlari roʻyxatini taqdim etgan. Dasturga kiritilgan sport musobaqalari toʻgʻrisidagi birinchi rasmiy eʼlonlardan futbol va kriket kabi sport turlari ham joy egallagan[48], ammo yakunda ushbu sport turlarining Olimpiya oʻyinlariga kiritilishi toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullanmagan[49]. Musobaqa jadvalidan, shuningdek, akademik eshkak eshish va yelkanli kema sporti ham oʻrin olgan edi, ammo reja boʻyicha musobaqa oʻtkazish kunlariga kelib, ushbu sport turlari Olimpiada oʻyinlaridan maʼlum sabablarga koʻra, jumladan, yelkanli kema sporti uchun maxsus kemalarning yetishmasligi hamda akademik eshkak eshish musobaqalari oʻtkaziladigan kunlarda kuzatilgan yomon ob-havo tufayli bekor qilingan[50]. Natijada, 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan jami 9 ta sport turi boʻyicha 10 ta yoʻnalish va 43 ta musobaqalar joy egallagan[51][52]. Quyidagi roʻyxatda har bir sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar soni qavs ichida qayd etilgan.

  • Yengil atletika (12)
  • Velosport
    • Shosse (1)
    • Trek (5)
  • Qilichbozlik (3)
  • Gimnastika (8)
  • Oʻq otish (5)
  • Suzish (4)
  • Tennis (2)
  • Ogʻir atletika (2)
  • Kurash (1)

Yengil atletika

tahrir
 
Marafon yugurish bahslari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yagona gretsiyalik sportchi Spyridon Louis

Yengil atletika Olimpiada oʻyinlari davomida barcha sport turlari orasida xalqaro darajada eng yuqori nufuzga ega boʻlgan sport turi hisoblangan. Olimpiadaning eng eʼtiborga sazovor jihatlaridan biri xalqaro miqyosda ilk marotaba tashkillashtirilayotgan marafon yugurish musobaqalari edi. Musobaqadan oldin ommaga umuman tanish boʻlmagan oddiy suv tashuvchi Spyridon Louis Olimpiada gʻolibligini qoʻlga kiritib, yengil atletika boʻyicha gretsiyalik yagona chempion va mamlakatning milliy qahramoniga aylangan. Shuningdek, yunon atletlari disk va yadro uloqtirish boʻyicha gʻoliblikka daʼvogar sportchilar qatorida boʻlishsa-da, musobaqada ishtirok etuvchi eng yaxshi yunon atletlari ikkala yoʻnalish boʻyicha ham amerikalik Robert Garrettdan ortda qolishgan[6].

Ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida yengil atletika boʻyicha bir nechta eng yaxshi xalqaro toifadagi sportchilar bellashgan boʻlishsa ham, oʻyin davomida hech qanday jahon rekordi oʻrnatilmagan, chunki yugurish yoʻlagining aylanma qismi juda qattiq qoplamali boʻlib, musobaqalarda yuqori vaqt koʻrsatkichini qayd etish deyarli imkonsiz edi. Shunga qaramay, amerikalik Thomas Burke 100 metrga yugurish bahslarida 12,0 soniya, 400 metrga yugurish bahslarida esa 54,2 soniya natija koʻrsatgan holda musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Burke Olimpiadaning yugurish bahslarida „pastki start“ texnikasidan (bir oyoq tizzasi koʻtarilgan, ikkinchi oyoq tizzasi yerga qoʻyiladigan holat) foydalangan yagona sportchi edi, musobaqalarda ushbu yangi texnikaning qoʻllanishi hakamlar hay’atining biroz chalkashishiga sabab boʻlgan. Biroq keyinchalik, sportchiga yugurishni ushbu „noqulay pozitsiyadan“ boshlashga ruxsat berilgan[53].

 
Fransiyalik Léon Flameng (chapda) va Paull Masson velosportning toʻrtta yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan
 
Leonidas Pyrgos qilichbozlikning rapira yoʻnalishida gʻalaba qozonib, Olimpiada oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ilk gretsiyalik qilichbozga aylanadi
 
Gimnastika sport turi boʻyicha germaniyalik chempionlar: Schuhmann, Flatow va Weingärtner

Chili 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga tashrif buyurgan sportchi Luis Subercaseaux aslida ushbu mamlakat vakili boʻlganini daʼvo qiladi. Ushbu daʼvo qondirilgan taqdirda, Chili ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan 14 davlatdan biriga aylanadi. Musobaqa davomida Subercaseaux Olimpiada medallarini qoʻlga kirita olmagan va u tomonidan qayd etilgan natijalar rasmiy hisobotlarda koʻrsatib oʻtilmagan, chunki ushbu hisobotlar, odatda, faqatgina gʻolib sportchilar tomonidan qayd etilgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan[54]. Baʼzi manbalarga koʻra, sportchi 100 m, 400 m va 800 m masofalarga yugurish boʻyicha musobaqalarda qatnashish uchun maydonga tushgan, biroq u Olimpiadaning yugurish bahslaridagi ishtirokini boshlamagan[55]. Chili sud-tibbiyot politsiyasining yuzni tanib olish boʻyicha mutaxassislari tomonidan 100 m ga yugurish musobaqalarining 2-seriyasi bahslaridan olingan mashhur fotosuratlarni baholash natijasida Subercaseaux ushbu oʻyinlarda ishtirok etgan degan xulosaga kelingan[56].

Marafon yugurish musobaqasi rasman boshlangan kunning ertasiga Stamata Revithi 40 km masofani 5 soat 30 daqiqada bosib oʻtgan va „Panathenaic“ stadioni tashqarisida joylashgan marra chizigʻiga yetib kelgan[57]. Biroq ayrim musobaqa tashkilotchilari tomonidan marafonda ishtirok etgan „Melpomene“ va Revithi ismli sportchilar aynan bir shaxs deb topilgan va uning natijasini 4+12 soat etib qayd etilgan[izoh 3].

Velosport

tahrir

Olimpiadaning velosport musobaqalarida Xalqaro velosiped assotsiatsiyasi qoidalaridan foydalanilgan[46]. Velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha poygalar „Neo Phaliron Velodrome“ inshootida boʻlib oʻtgan. Shosse poygalarida esa faqatgina bitta masofa boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, unga koʻra velosportchilar Afina—Marafon—Afina yoʻnalishida (87 km) poygalarda ishtirok etganlar[58].

Trek musobaqalarida eng yaxshi velopoygachi fransiyalik Paul Masson boʻlib, u bir davrali alohida start, sprint va 10 000 m ga oʻtkazilgan poygalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 100 km ga oʻtkazilgan bahslarda Masson poyga boshida oʻz vatandoshi Léon Flamengga rekord oʻrnatishga yordam berish uchun ishtirok etgan. Flameng poyga davomida velosipeddan yiqilishiga hamda gretsiyalik raqibi Georgios Kolettisning mexanik muammoni hal qilishini kutishiga qaramay, musobaqada gʻolib chiqqan. Avstriyalik Adolf Schmal faqatgina ikki nafar poygachi ishtirok etgan 12 soatlik trek poygalarida gʻoliblikka ega chiqqan boʻlsa, shosse poygasida Aristidis Konstantinidis musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan[59].

Qilichbozlik

tahrir

Qilichbozlik boʻyicha musobaqalar qadimgi Olimpiya oʻyinlarini qayta tiklash maqsadida Evangelis Zappas tomonidan xayriya qilingan mablagʻ evaziga qurilgan „Zappeion“ sport inshootida boʻlib oʻtgan, oʻsha vaqtga qadar ushbu inshootda hech qanday sport oʻyinlari oʻtkazilmagan edi[60]. Boshqa sport turlaridan farqli oʻlaroq, faqatgina qilichbozlik sport turi boʻyicha professional sportchilar musobaqalarda qatnashish huquqiga ega edilar (Olimpiadada faqat havaskorlar ishtirok etishi mumkin edi). Musobaqada ishtirok etuvchi ushbu professional qilichbozlik ustalari ham boshqa havaskor oʻyinchilar singari jentlmen sportchilar hisoblanishgan[27].

Qilichbozlik dasturidan jami toʻrtta musobaqa oʻrin olgan, biroq nomaʼlum sabablarga koʻra shpaga bahslari bekor qilingan. Finalda fransiyalik sportchi Eugène-Henri Gravelotte oʻz vatandoshi Henri Callotni magʻlub etgan holda musobaqa shohsupasiga koʻtarilgan[60]. Qolgan ikki yoʻnalish, sablya va rapira boʻyicha yunon qilichbozlari musoboqa gʻoliblari safidan joy egallashgan. Oxirgi yoʻnalish – rapira bahslarida Leonidas Pyrgos zamonaviy tarixda oʻtkazilgan ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozongan birinchi gretsiyalik sportchiga aylangan[61].

Gimnastika

tahrir

Gimnastika musobaqasi „Panathenaic“ stadionining ichki maydonida boʻlib oʻtgan. Germaniya terma jamoasi ushbu sport bahslariga 11 sportchidan iborat jamoa bilan tashrif buyurgan va musobaqaning 8 ta yoʻnalishidan 5 tasida, shu jumladan, ikkala jamoaviy bahslarda ham gʻalaba qozongan. Umumjamoa sifatida turnikda mashq bajarish oʻyinlarida Germaniya terma jamoasi sportchilariga munosib raqib jamoa topilmagan. 3 nafar nemis sportchisi: Hermann Weingärtner gorizontal turnikda mashq bajarish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Alfred Flatow parallel turnik yoʻnalishida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozongan, shuningdek, yunon-rum kurashi sport turi boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Carl Schuhmann gimnastikaning tayanib sakrash bahslarida ham mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shveysariyalik gimnastikachi Louis Zutter yogʻoch otda bajariladigan mashqlar boʻyicha, halqada mashq bajarish va arqonga tirmashib chiqish bahslarida esa gretsiyalik Ioannis Mitropoulos va Nikolaos Andriakopouloslar musobaqaning eng yuqori pogʻonasidan joy olishgan[62].

Yelkanli kema sporti va akademik eshkak eshish

tahrir
 
1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etayotgan germaniyalik sportchilar.

Yelkanli kema sporti poygalari 1896-yil 31-martida (Yulian taqvimi) ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan edi, biroq keyinchalik, bir qancha sabablarga koʻra ushbu sport turlari musobaqa dasturidan olib tashlangan.

Bu haqida ingliz tilidagi rasmiy hisobotda shunday deyiladi:[50]

Yelkanli kema sporti poygalari oʻtkazilmadi, chunki sportchilar ushbu musobaqalar uchun maxsus qayiqlar bilan taʼminlanmadi.

Ushbu hodisa nemislar tomonidan quyidagicha talqin qilinadi:

Yelkanli kema poygalari bekor qilindi, chunki na maxsus sport qayiqlari bilan taʼminlandi va na xorijlik sportchilar ushbu musobaqa uchun roʻyxatdan oʻtishdi.

Akademik eshkak eshish boʻyicha poygalarni oʻtkazish yelkanli kema poygalaridan keyingi kunga, yaʼni 1896-yilning 1-apreliga rejalashtirilgan edi (Yulian taqvimi), ammo noqulay ob-havo ushbu bahslarning ham bekor qilinishiga sabab boʻlgan.

Ingliz tilidagi rasmiy hisobotda aytilicha:[50]

Ob-havoning noqulay kelganligi tufayli akademik eshkak eshish poygalari tushdan keyin soat uchga qoldirildi. Biroq kunning ikkinchi yarmida ham shamol tezligi kuchayib borardi, yengilroq qayiqlarning baʼzilarini shiddatli toʻlqinlar qirgʻoqqa suzib chiqardi, ob-havoning yomonlashuvi shu qadar tezlik bilan davom etardiki, poygalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi har qanday fikrlardan voz kechishga majbur boʻlindi.

Nemis eshkakchisi Bertold Küttner keyinchalik 1896-yilgi Olimpiya oʻyinlari haqida bir nechta maqolalar yozgan, ushbu maqolalar 1936-yilda Berlindagi eshkak eshish klubi jurnalida chop etilgan, keyinchalik 2012-yilda „Journal of Olympic History“da qayta nashr etilgan. Sportchining soʻzlariga koʻra, u va sherigi Adolf Jäger ikki kishilik qayiqda poygalarda ishtirok etish uchun start chizigʻiga kelishgan. Shuningdek, Berthold Küttner oʻz maqolasida shunday yozadi: „Shamol ancha kuchayganligi sababli, ikki kishilik qayiq poygalari birinchi boʻlib boshlandi. Baliqchi qayigʻi yordamida biz oʻz qayigʻimizni start chizigʻiga olib keldik. Toʻlqinlar shiddati tufayli qayiqqa oʻtirish muammo edi. Garchi yunonlar ham, italiyaliklar ham oʻyinlarda ishtirok etish uchun ariza berishgan boʻlsa-da, raqiblarimizdan hech kim suvga tushmadi. Ularni uzoq kutishdan hech qanday maʼno yoʻqligi sababli, boshlovchi bizga raqiblarsiz suzib ketaverishimizni aytdi“[63].

Uning soʻzlariga koʻra, yakkalik hamda yelkanli kema poygalari ertasi kunga qoldirilgan, biroq keyinchalik, ob-havoning yomonlashuvi sababli ushbu bahslar bekor qilingan. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi esa ushbu maʼlumotlarning hech birini tan olmaydi[63].

Oʻq otish sporti

tahrir

„Kallithea“ poligonida oʻtkazilgan oʻq otish musobaqasida jami 5 ta: 2 ta yoʻnalishda miltiqdan va 3 ta yoʻnalishda toʻpponchadan oʻq otish bahslarida ishtirok etish mumkin edi. Birinchi musobaqa – harbiy miltiqdan oʻq otish oʻyinlarida barcha urinishlari bilan nishonni bexato ura olgan yagona sportchi Pantelis Karasevdas gʻalaba qozongan. Harbiy toʻponchadan oʻq otish boʻyicha oʻtkazilgan ikkinchi musobaqalarda amerikalik aka-uka John va Sumner Painelar ustunlikka erishishgan. Ular aynan bir musobaqada birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan birinchi aka-uka sportchilarga aylanishgan. Musobaqa mezbonlarini medalsiz noqulay ahvolda qolishlarining oldini olish maqsadida aka-ukalardan faqat bir nafari navbatdagi yoʻnalish – avtomatdan oʻq otish bahslarida qatnashishga qaror qilgan. Sumner Paine ushbu yoʻnalish boʻyicha musobaqada gʻalaba qozongan va shu tariqa ular bir sport turining ikki yoʻnalishi boʻyicha musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan ilk qarindosh sportchilarga aylanishgan[64].

Aka-uka Painelar 25 m ga toʻpponchadan oʻq otish bahslarida ishtirok etmaganlar, chunki hakamlar ularning qurollari musobaqa mezonlariga mos kleuvchi kalibrli miltiq emasligini aniqlaganlar. Shunday qilib, aka-uka Painelarsiz kechgan bahslarda Ioannis Phrangoudis musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Yakuniy musobaqa – avtomatdan oʻq otish bahslari ham xuddi shu kuni boshlangan. Biroq qorongʻilik tufayli ushbu bahslarni oʻsha kunning oʻzida nihoyasiga yetkazishning iloji boʻlmagan va oʻyinlar ertangi kunga qoldirilgan. Keyingi kun ertalab boʻlib oʻtgan bahslar esa Georgios Orphanidisning chempionlikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlangan[64].

Suzish

tahrir
 
Suzish boʻyicha Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ilk chempioni Alfréd Hajós – har ikkala, suzish va sinxron suzish bahslarida medallarni qoʻlga kiritgan dunyodagi 2 sportchidan biri

Musobaqa tashkilotchilari suzish boʻyicha maxsus sport havzasining qurilishi uchun mablagʻ ajratishdan bosh tortganligi sababli ushbu bahslar ochiq dengizda oʻtkazilgan. 20 000 ga yaqin tomoshabin oʻyinlarni kuzatib borish maqsadida Pirey sohilidagi Zea koʻrfazida saf tortgan. Koʻrfaz suvi sovuq boʻlgani sababli ishtirokchilar ancha noqulaylikka duch kelishgan. Musobaqa dasturidan uchta ochiq tadbir oʻrin olgan (erkaklar oʻrtasida 100 m, 500 m va 1200 m ga erkin usulda suzish), bundan tashqari, faqat yunon dengizchilari uchungina ochiq boʻlgan maxsus musobaqa ham dasturga kiritilgan boʻlib, ularning barchasi bir kunda (11-aprel) boʻlib oʻtgan[59].

Vengriyalik sportchi Alfréd Hajós uchun bu faqat ikkita yoʻnalish boʻyicha musobaqada ishtirok etish mumkinligini anglatardi, chunki musobaqaning har uchala yoʻnalishi boʻyicha oʻyinlarning ketma-ket oʻtkazilishi sportchiga ularning barchasida ishtirok etishiga imkon bermasdi. Shunga qaramay, sportchi suzish boʻyicha ikkita yoʻnalish bahslarida, 100 va 1200 m ga erkin usulda suzish boʻyicha barcha raqiblarini dogʻda qoldirgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Keyinchalik, Hajós 1924-yilda sinxron suzish boʻyicha ham musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritgach, Olimpiya tarixida har ikkala sport turi – suzish va sinxron suzish boʻyicha musobaqa medallarini qoʻlga kiritgan dunyodagi 2 olimpiadachidan biriga aylangan. 500 m ga erkin usulda suzish bahslarida avstriyalik suzuvchi Paul Neumann raqiblarini bir yarim daqiqadan koʻproq vaqtga ortda qoldirgan holda musobaqa shohsupasidan joy egallagan[65].

Tennis

tahrir
 
Tennis boʻyicha Olimpiadaning 2 ta oltin medali sohibi John Pius Boland

XIX asrning oxiriga kelib, tennis allaqachon jahonning eng yirik sport turlaridan biriga aylanib ulgurgan boʻlsa ham, Afinadagi Olimpiya oʻyinlariga dunyoning eng yaxshi tennischilaridan hech kim tashrif buyurmagan. Oʻyinlar Afina tennis klubi kortlarida boʻlib oʻtgan, tennis boʻyicha Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan John Pius Boland musobaqa toʻgʻrisida Oxford universitetida birga oʻqiydigan kursdoshi, gretsiyalik Konstantinos Manosdan eshitgan. Afina tennis klubi Manos va uning doʻsti Boland yordami bilan Oxforfd universiteti sportchilarini Olimpiya oʻyinlariga jalb qilishga harakat qilgan. Birinchi davrada Boland Gamburgdan kelgan tennischilardan biri Friedrich Traunni magʻlubiyatga uchratgan, Traunn 100 m ga sprint yugurish bahslaridan chetlatilgan istiqbolli tennischilardan biri edi. Shundan soʻng, Boland va Traunn birgalikda Olimpiadaning juftlik bahslarida ishtirok etishga qaror qilishgan va musobaqaning finaliga qadar yetib borishgan. Birinchi setni boy bergan ushbu juftlik yakunda yunonistonlik raqiblarini magʻlubiyatga uchratishgan va Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritishgan[66].

Ogʻir atletika

tahrir
 
Bir qoʻlda bajariladigan ogʻir atletika musobaqasi gʻolibi Launceston Elliot grek tomoshabinlari orasida eng mashhur va chiroyli sportchi deb topilgan

Ogʻir atletika 1896-yilda hali endigina rivojlanib kelayotgan sport turlaridan boʻlgani sababli oʻsha davrda ushbu sport qoidalari bugungi kunda qoʻllaniladiganlaridan farq qilgan. Musobaqalar ochiq havoda, asosiy stadionning ichki maydonida oʻtkazilgan va unda ishtirok etuvchi sportchilar uchun vazn chegarasi belgilanmagan. Musobaqaning ilk oʻyinlari hozirda siltab koʻtarish deb nomlanuvchi yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan. Oʻyinlar davomida ikki raqobatchi boshqalarga qaraganda ajralib turgan, ular shotlandiyalik Launceston Elliot va daniyalik Viggo Jensen edi. Ularning har ikkalasi ham bir xil ogʻirlikdagi toshlarni koʻtarishgan, biroq hakamlar hay’ati qoʻmita raisi shahzoda George bilan birgalikda siltab koʻtarish mashqlarida Viggo Jensen yaxshiroq natija koʻrsatdi, degan qarorga kelishgan. Biroq tay-brek qoidalaridan bexabar Britaniya delegatsiyasi ushbu holatga norozilik bildirgan. Oxir-oqibat, sportchilarga urinishlarni yana bir bor amalga oshirishga ruxsat berilgan, ammo hech bir atlet bundan oldingi natijasini yangilay olmagach, Viggo Jensen Olimpiya chempioni deya eʼlon qilingan[67].

Ikki qoʻlda tosh koʻtarish bahslaridan keyin oʻtkazilgan bir qoʻlda mashqlarni bajarish musobaqasida Elliot oʻzining raqibidan ustunligini koʻrsatish maqsadida darhol oʻyinlarni boshlab yuborgan. Jensen bundan oldingi ikki qoʻlda mashq bajarish bahslarining soʻnggi urinishida yengil jarohat olgan va shu sababli Elliotga teng kela olmagan. Gretsiyalik tomoshabinlar Olimpiada chempioni – Shotlandiya vakili Elliotni barcha sportchilar ichida eng jozibali ogʻir atletikachi deb topishgan va uning bunday kelishgan qad-qomatidan hayratda qolishgan. Shuningdek, Olimpiadaning ogʻir atletika bahslari paytida qiziq bir voqea yuz bergan: navbatdagi sportchi oʻz urinishini amalga oshirishi uchun yordamchilardan biri maʼlum ogʻirlikdagi toshni shtangadan olib tashlashi kerak boʻladi, biroq ushbu vazifa yordamchi uchun qiyinchilik tugʻdirgan. Ayni shu damda shahzoda George unga yordamga kelgan va toshni shtangadan yechgan holda uni kerakli masofaga olib borib qoʻygan, ushbu holat esa maydonda yigʻilgan tomoshabinlarning xursandchiligiga sabab boʻlgan[67].

Kurash

tahrir
 
Carl Schuhmann (chapda) va Georgios Tsitas kurash musobaqasining final uchrashuvi oldidan qoʻl siqishishmoqda

„Panathenaic“ stadionida boʻlib oʻtgan yunon-rum kurashi musobaqasi doirasida oʻtkaziladigan bahslar uchun hech qanday vazn toifalari belgilanmagan, bu esa barcha vazn toifalari boʻyicha ishtirokchilar orasida faqatgina bir nafar gʻolib kurashchi aniqlanishi mumkinligini anglatardi. Garchi ushbu sport turi boʻyicha hech qanday vaqt chegarasi belgilanmagan boʻlsa-da, amaldagi qoidalar zamonaviy yunon-rum kurashiga oʻxshash edi, biroq unga koʻra sportchilarga, hozirgi qoidalardan farqli oʻlaroq, raqib oyoqlarini ushlab turish taqiqlanmagan[68].

Ikki gretsiyalik ishtirokchidan tashqari, barcha kurashchilar bundan oldin oʻtkazilgan boshqa sport turlari boʻyicha Olimpiya bahslarida faol ishtirok etishgan edi. Ogʻir atletika chempionligini qoʻlga kiritgan Launceston Elliot gimnastika boʻyicha chempion Carl Schuhmann bilan toʻqnash kelgan. Ular oʻrtasida kechgan qizgʻin bahslarda Schuhmanning qoʻli baland kelgan va u final bahslariga yoʻl olgan. Finalda Schuhmann Stephanos Christopoulosni magʻlub etgan sportchi Georgios Tsitas bilan toʻqnash kelgan. Kech tushib qolganligi tufayli final oʻyini 40-daqiqasidan soʻng toʻxtatilgan va ertasi kuni davom ettirilgan. Oʻyin natijalariga koʻra, Olimpiada chempioni Schuhmannga final jangini tugatish uchun atigi oʻn besh daqiqa kerak boʻlgan[69].

Yopilish marosimi

tahrir
 
Har bir musobaqa gʻolibiga kumush medal topshirilgan. Hozirgi kundagidek musobaqa gʻolib va sovrindorlariga oltin, kumush va bronza medallarini topshirish qoidalari 1906-yilgi Olimpiya oʻyinlarigacha joriy etilmagan.

1896-yil 12-aprel yakshanba kuni ertalab (yoki oʻsha paytda Gretsiyada qoʻllangan Yulian taqvimiga koʻra 31-mart) qirol George amaldorlar va sportchilar uchun maxsus ziyofat uyushtirgan (hatto baʼzi musobaqalar hali oʻtkazilmagan boʻlsa ham). Qirol oʻz nutqi davomida Olimpiya oʻyinlari Afinada doimiy ravishda oʻtkazilishi kerakligini taʼkidlagan.

Seshanba kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan rasmiy yopilish marosimi yomgʻir tufayli chorshanba kuniga qoldirilgan. Qirollik oilasi yopilish marosimida ham ishtirok etgan, marosim Gretsiya milliy madhiyasi hamda britaniyalik sportchi va olim George S. Robertson tomonidan qadimgi yunon tilida bastalangan qasida bilan ochib berilgan[46]:50.

Shundan soʻng, qirol gʻoliblarga musobaqaning esdalik sovgʻalarini topshirgan. Hozirgi Olimpiada oʻyinlaridan farqli oʻlaroq, birinchi oʻrin egalari kumush medal, zaytun novdasi va diplom, ikkinchi oʻrin egalari esa mis medal, dafna novdasi hamda diplom bilan taqdirlanishgan[70][71]. Zamonaviy tarixdagi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrin egalarini taqdirlash marosimi mavjud boʻlmagan.

Musobaqada gʻolib boʻlgan baʼzi sportchilar qoʻshimcha sovrinlarga ham ega boʻlishgan, jumladan, marafon musobaqalarini oʻtkazishda faol ishtirok etgan Coubertinning doʻsti Michel Bréal Spyridon Louisga musobaqaning maxsus kubogini topshirgan. Keyin esa Louis Olimpiya madhiyasi sadolari ostida barcha medal sohiblarini stadion atrofidagi shon-sharaf yoʻlagidan olib oʻtgan. Shundan soʻng, qirol George birinchi Olimpiada oʻyinlarining rasman yakunlanganini eʼlon qilgan va stadionga yigʻilgan tomoshabinlar olqishi hamda musiqiy jamoa ijro etgan Gretsiya milliy madhiyasi sadolari ostida stadionni tark etgan[72].

 
Yopilish marosimida saf tortgan ishtirokchilar

Gretsiya qirolining fikriga qoʻshilgan holda koʻpchilik navbatdagi Olimpiya oʻyinlarining Afinada oʻtkazilish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan, shuningdek, amerikalik musobaqachilarning aksariyati valiahd shahzodaga ushbu taklifni bildirib yoʻllangan xatga imzo chekkanlar. Biroq Coubertin bu gʻoyaga keskin qarshi chiqqan, chunki u ushbu musobaqaning boshqa davlatlar bilan galma-gal oʻtkazilishini Olimpiya oʻyinlarining asosi sifatida baholagan. Uning xohishiga koʻra, keyingi Olimpiada oʻyinlari Parijda boʻlib oʻtadigan Universal koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkazilishi kerak edi (garchi sport musobaqasi koʻrgazma soyasida qolib ketish xavfi mavjud boʻlsa ham)[73].

Ishtirokchi mamlakatlar

tahrir
 
Ishtirokchi davlatlar
 
Har bir mamlakatdan kelgan sportchilar soni

Koʻplab manbalarda 1896-yilgi oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilarning millati roʻyxatga olingan va medallar soni koʻrsatilgan boʻlsa-da, oradan 10 yil oʻtib tashkillashtirilgan favqulodda Yozgi Olimpiya oʻyinlariga qadar milliy jamoalar konsepsiyasi Olimpiya harakatining asosiy qismi emas edi. Olimpiada bahslarida qaysi davlatdan sportchilar ishtirok etganligi toʻgʻrisida kuchli ziddiyatlar mavjud. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi ishtirokchi davlatlar sonini 14 ta deb koʻrsatsa ham, ushbu mamlakatlar aynan qaysilar ekanligi haqida aniq maʼlumot bermaydi[3]. Quyida koʻrsatilgan 14 ta mamlakat katta ehtimol bilan XOQ tomonidan tan olingan. Olympedia bergan ishtirok etuvchi davlatlar roʻyxatida Chilidan tashqari 13 ta[74], boshqa manbalarda Chili va Bolgariyadan tashqari 12 ta, yana boshqa manbalarda esa mamlakatlar soni Chili va Bolgariya bilan birgalikda 13 ta deb beriladi, biroq ushbu roʻyxatdan Italiya olib tashlangan. Buyuk Britaniyada uzoq yillar davomida istiqomat qilib, keyinchalik Iskandariyada yashagan grek millatiga mansub sportchi Dionysios Kasdaglisning ishtiroki tufayli ayrim manbalar keltirgan roʻyxatda Misr ham koʻrsatib oʻtiladi[75]. Dastlab ushbu mamlakatlar nomlari orasiga Belgiya va Rossiya ham oʻz sportchilari nomini kiritgan edi, biroq keyinchalik ushbu davlatlar ham zamonaviy tarixdagi ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchilar roʻyxatidan olib tashlangan.

Ishtirokchi davlatlar
  1.   Avstraliya (1) – 1901-yilgacha Avstraliya birlashgan davlat emas, balki Britaniyaning alohida boshqariladigan oltita koloniyalaridan biri edi, ammo Olimpiadada ishtirok etgan sportchi Edwin Flackning natijalari, odatda, avstraliyaliklar roʻyxatida beriladi[76][77].
  2.   Avstriya (3) Avstriya-Vengriya – Avstriya oʻsha paytda Avstriya-Vengriyaning bir qismi edi[78], biroq avstriyalik sportchilarning natijalari, odatda, Vengriyadan alohida qayd etiladi[79].
  3.   Bolgariya (1) – Bolgariya Olimpiya qoʻmitasi gimnastikachi Charles Champaudni bolgariyalik sportchi sifatida musobaqalarda qatnashganini daʼvo qilib keladi[80]. Champaud Bolgariyada istiqomat qiluvchi Shveysariya fuqarosi sanalgan. Mallon va de Wael Champaudni shveysariyalik sportchi sifatida koʻrsatsa[81], Olympedia uni shved millatiga mansub boʻlgan Bolgariya terma jamoasi aʼzosi sifatida qayd etadi[82].
  4.   Chili (1) – Chili Olimpiya qoʻmitasining taʼkidlashicha, yengil atletika dasturida 100 m, 400 m va 800 m ga yugurish bahslarida Luis Subercaseaux ismli sportchi ham ishtirok etgan[56][83][84][85][86]. Agar ushbu maʼlumot toʻgʻri boʻlsa, sportchi Olimpiya oʻyinlari vaqtida 13 yoshda boʻlgan. Ushbu voqea bayoni boʻyicha qoʻshimcha tafsilotlar berilmagan, shuningdek, de Wael bergan koʻrsatmalarda ham, rasmiy hisobotlarda ham Subercaseaux bilan bogʻliq hech qanday rasmiy maʼlumot yoʻq. XOQning taʼkidlashicha, sportchi 100 m, 400 m va 800 m masofalarga yugurish musobaqalarida qatnashish uchun maydonga kiritilgan, ammo ishtirok etmagan[55].
  5.   Daniya (3)[87]
  6.   Fransiya (12)[87]
  7.   Germaniya (19)[87]
  8.   Buyuk Britaniya (10) – Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya va Irlandiya)[87] har bir ishtirokchi davlat uchun alohida sport tashkilotlari nomi keltirilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Olimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya yagona davlat sifatida ishtirok etgan, ammo shartli ravishda ushbu davlat nomi „Birlashgan Qirollik“ emas, balki „Buyuk Britaniya“ deya keltiriladi[88].
  9.   Gretsiya (169) – Gretsiya, odatda, Kipr, Smirna va Misrdan kelgan ishtirokchilarning natijalarini oʻz ichiga oladi[89]. Garchi, koʻpchilik Kiprdan kelgan yagona grek millatiga mansub ishtirokchi Anastasios Andreuni kipr-yunon deb hisoblasa-da, baʼzi manbalar Kipr sportchilari qayd etgan natijalarni Gretsiyadan alohida keltirib oʻtadi (Kipr oʻsha paytda Birlashgan Qirollikning protektorati edi). Misrning Iskandariya shahrida istiqomat qilgan yunon sportchisi, oʻzining jamoadoshi – gretsiyalik Demetrios Petrokokkinos bilan birga tennis boʻyicha juftlik bahslarida ham, yakkalik musobaqalarida ham ishtirok etgan Kasdaglis XOQ tomonidan gretsiyaliklar roʻyxatiga kiritiladi[90].
  10.   Vengriya (7) Avstriya-Vengriya – Vengriya, odatda, garchi oʻsha paytda Avstriya-Vengriya sifatida rasman birlashgan boʻlsa ham, roʻyxatga Avstriyadan alohida kiritiladi[91].
  11.   Italiya (1) – oʻyinlarda ishtirok etgan eng koʻzga koʻringan italiyalik ishtirokchi Karlo Airoldi aslida professional sportchi deb topilgan va musobaqadan chetlashtirilgan. Biroq Italiyadan, shuningdek, oʻq otish sporti boʻyicha Juzeppe Rivabella musobaqalarda qatnashish huquqiga ega boʻlgan[92][93].
  12.   Shvetsiya (1)[94] – garchi Shvetsiya oʻsha paytda Norvegiya bilan ittifoqdosh davlat boʻlgan boʻlsa ham, Olimpiada uchun Norvegiyadan hech qanday sportchi tashrif buyurmagan.
  13.   Shveysariya (3)[87]
  14.   AQSh (14)[87]
  •   Mixed team – tennis boʻyicha juftliklar jamoalari turli mamlakatlardan kelgan oʻyinchilardan iborat boʻlishi mumkin, XOQ ushbu jamoalarni aralash jamoalar roʻyxatiga kiritadi[90].

Milliy Olimpiya qoʻmitalari tomonidan ishtirok etuvchi sportchilar soni

tahrir

Ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida Milliy Olimpiya qoʻmitalari hali mavjud emas edi. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning 65 % dan ortigʻini yunonlar tashkil etgan.

Medallar soni

tahrir

Olimpiada oʻyinlaridagi 14 ta ishtirokchi davlatdan 10 tasi musobaqa medallarini qoʻlga kiritgan, shuningdek, musobaqaning 2 ta medali aralash juftlik bahslarida ishtirok etgan jamoaga topshirilgan, ushbu jamoa aʼzolari faqatgina bir emas, ikki mamlakat sportchilari edi. Keyinchalik, XOQ hozirgi kunda amalda qoʻllaniladigan, musobaqaning har bir yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi natijani koʻrsatgan 3 nafar sportchini oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlash tizimini joriy etgan. Ilk Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Amerika Qoʻshma Shtatlari musobaqaning eng koʻp oltin medallarini (11 ta) qoʻlga kiritgan boʻlsa, mezbon davlat umumiy hisobda eng koʻp medal (47 ta), eng koʻp kumush (18 ta) va bronza (19 ta) medallarini qoʻlga kiritgan va oʻyinlarni Amerika Qoʻshma Shtatlaridan 155 nafar koʻp sportchiga ega jamoa bilan ulardan bitta kam oltin medal hisobida yakunlagan[95].

Ushbu jadvalni millatlar, jami medallar soni yoki boshqa ustunlar boʻyicha saralash uchun ustun sarlavhasi yonidagi  belgi ustiga bosing.

Kalit   Mezbon davlat (Gretsiya)

OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1  AQSh (USA)117220
2  Gretsiya (GRE)*10181947
3  Germaniya (GER)65213
4  Fransiya (FRA)54211
5  Buyuk Britaniya (GBR)2327
6  Vengriya (HUN)2136
7  Avstriya (AUT)2125
8  Avstraliya (AUS)2002
9  Daniya (DEN)1236
10  Shveysariya (SUI)1203
11  Mixed team (ZZX)1012
Jami (11 davlat)434336122

Shohsupaga koʻtarilish

tahrir
Sana Sport Musobaqa MOQ Oltin Kumush Bronza
7-aprel Yengil atletika Uzunlikka sakrash (erkaklar)   AQSh Ellery Clark Robert Garret James Conolly
9-aprel Oʻq otish 200 metrga harbiy miltiqdan oʻq otish

(erkaklar)

  Gretsiya Pantelis Karasevdas Pavlos Pavlidis Nicolaos Trikupis
10-aprel Yengil atletika Balandlikka sakrash

(erkaklar)

  AQSh Ellery Clark Robert Garrett,
James Connolly
Mukofotlanmagan
21-avgust Suzish 100 metrga erkin usulda suzish

(erkaklar)

  Gretsiya Ioannis Malokinis Spyridon Chazapis Dimitrios Drivas

Eslatmalar

tahrir
  • ^ Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni 10 tadan 15 tagacha boʻlishi mumkin. Ishtirok etuvchi davlatlar soni haqidagi aniq maʼlumotlarning yoʻqligiga bir nechta sabablar mavjud, jumladan, oʻsha paytda terma jamoalar deyarli mavjud boʻlmagan va shu sababli sportchilar musobaqalarda, asosan, oʻzlari faoliyat yurituvchi klublar nomidan ishtirok etishgan. Bundan tashqari, musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar nomlari ham oʻsha paytda bugungidek aniq koʻrsatilmagan. Ushbu maqolada keltirilgan ishtirokchi davlatlar soni koʻpgina zamonaviy manbalardan, jumladan, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi veb-sayti orqali olingan.
  • ^ Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilar soni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi maʼlumotlariga asoslangan holda keltirilgan. Shulardan 179 nafar sportchining shaxsiyati haqida aniq maʼlumotlar mavjud. Mallon va Widlund ushbu oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilar soni 245 nafar deya maʼlumot bersa, De Wael ularning soni 246 nafarni tashkil etishini aytib oʻtgan.

Izohlar

tahrir
  1. Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, Sarbonne kongressi paytida Coubertin taktik ravishda mulohaza yuritgan va oʻyinlarni havaskor sportchilar oʻrtasida oʻtkazish shunchaki Olimpiadani qayta tiklash rejasining tezroq amalga oshishi uchun vosita boʻlib xizmat qilgan (Lennartz-Wassong [2004]), 20.
  2. Professionalizm va havaskorlik XIX asrning yengil atletika bilan bogʻliq asosiy mavzularidan biri edi. Gretsiyada havaskorlar oʻrtasidagi bahslarning oʻtkazilishi oʻyinlarda quyi sinf vakillarining ishtiroki masalasini qamrab olish uchun dastlabki qadam boʻlib xizmat qilgan. 1870-yilda Zappian Olimpiya oʻyinlari davomida olim va professor Philippos Ioannou musobaqalarni tanqid ostiga oladi va oʻyinlarda havaskorlarning ishtirokini salbiy baholaydi. Ioannou bundan keyingi musobaqalarda faqatgina yuqori sinf vakillari ishtirok etishini taklif qiladi. „Professionals and Amateurs, Foundation of the Hellenic World“. www.fhw.gr. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  3. 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ayollarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli ushbu sportchiga rasmiy poygalarda qatnashish huquqi berilmagan. Rasmiy ravishda, u musobaqa oʻtkaziladigan muddatdan keyin ishtirok etganligi sababli uning natijasi rad etildi deb beriladi, ammo Olimpiada tarixchilari David Martin va Roger Gynn taʼkidlaganidek, asl muammo uning jinsi edi.
  4. Charles Champaudni Shveysariya yoki Bolgariya vakili deb hisoblash mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. International Olympic Committee (2013-yil 13-sentyabr). „Factsheet – Opening Ceremony of the Games of the Olympiad“. Press-reliz.
  2. 2,0 2,1 „First modern Olympic Games“ (en). HISTORY. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Athens 1896 Summer Olympics“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  4. „Four titles for multi-talented Schuhmann“.
  5. „The oldest of the modern Olympic emblems is an anthem!“.
  6. 6,0 6,1 Young (1996), 153
  7. „ATHENS 2004“. 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  8. The Modern Olympics, A Struggle for Revival by David C. Young, Chapter 4
  9. Bijkerk (2004), 457
  10. Toohey (2007), 20
  11. Mullins, „Pierre de Coubertin and the Wenlock Olympian Games“
  12. Matthews (2005), 66; Young (1996), 81
  13. Young (1996), p.117
  14. Memoire sure le conflit entre la Grece et la Roumanie concernant l’affaire Zappa – Athens 1893, by F. Martens
  15. L’affaire Zappa – Paris 1894, by G. Streit
  16. 16,0 16,1 Young (1996), p.128
  17. Young (1996), p.14
  18. Young (1996), 102
  19. Young (1996), 100-105
  20. Young (1996), 108
  21. Young (1996), 111-118
  22. Zarnowski (1992), 16-32
  23. Young (1996), 118.
  24. Darling (2004), 135
  25. George Averoff Dead, New York Times
  26. „Competing and being part of the Games“.
  27. 27,0 27,1 Pierre de Coubertin (1896-1897). „The Olympic Games of 1896: By their founder, Baron Pierre de Coubertin, now president of the International Committee“. The Century. № 53. 46–47-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  28. „Women at the Olympic Games“. topendsports.com. Qaraldi: 2016-yil 9-aprel.
  29. 29,0 29,1 „History of the Athens Lawn Tennis Club.“. 2010-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  30. „Zea marina“. World Port Source. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  31. Lennartz, Karl „Athens 1896“, . Encyclopedia of the Modern Olympic Movement John E. Findling, Kimberly D. Pelle: . Greenwood Publishing Group, 2004. ISBN 0-313-32278-3. OCLC 52418065. 
  32. „Velodrome & Karaiskaki Stadium (1895 - 1964 - 2003)“. stadia.gr. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  33. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org. 2008-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  34. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org 237,242,244. 2008-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  35. 35,0 35,1 „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org. 2008-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  36. „Official Report 2004“ (en). digital.la84.org 116-117. 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  37. Wallechinsky, David and Jaime Loucky (2008).
  38. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 84-84. 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  39. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 86-90,100-102. 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  40. „Official Report 1896“ (en). digital.la84.org 31-49. 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  41. „Official Report 1896 page 1“ (en). digital.la84.org. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  42. „Zappeion history.“. 2008-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  43. „The Olympic rings“.
  44. „What Do the Olympic Rings Symbolize?“.
  45. „THE 1ST MODERN OLYMPIC GAMES“.
  46. 46,0 46,1 46,2 Pierre de Coubertin. „The Olympic Games of 1896“. The Century Magazine (1896-yil noyabr).
  47. 47,0 47,1 Athens 1896 – Games of the I Olympiad, International Olympic Committee
  48. „The ignorant Olympians“.
  49. „No spot the Olympics? It's not cricket“. The Hindu (2017-yil 12-aprel).
  50. 50,0 50,1 50,2 Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897)
  51. „Athens Olympic Games 1896“.
  52. „Olympic Games 1896 Athens“.
  53. Sears (2001), 159
  54. Fernando Arrechea Rivas. „Olimpismo“. olimpismo2007.blogspot.com. Qaraldi: 2016-yil 9-aprel.
  55. 55,0 55,1 „Luis Subercaseaux“. Olympedia.org. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  56. 56,0 56,1 Cavalla, Mario. „Esta es la foto que descubrió al primer chileno olímpico“. Las Últimas Noticias (2014-yil 17-may), s. 29. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  57. Martin & Gynn, Running through the Ages, 22; Tarasouleas, Stamata Revithi, „Alias Melpomeni“, 55; Tarasouleas, The Female Spiridon Loues, 12.
  58. „Which Sports Were Played In The First Olympic Games In 1896?“.
  59. 59,0 59,1 Lennartz-Wassong (2004), 23
  60. 60,0 60,1 Young (1996), 148
  61. „Athens 1896 Fencing Foil Masters Men Results“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  62. Young (1996), 151
  63. 63,0 63,1 „Athens 1896: The First Olympic Rowing Medallists?“ (2016-yil 13-aprel).
  64. 64,0 64,1 Coubertin–Philemon–Politis–Anninos (1897), 76, 83–84
  65. „Paul Neumann“.
  66. Gillmeister (1995), 23-24
  67. 67,0 67,1 Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 70-71
  68. „Wrestling at the Olympic Games“.
  69. Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 93-94
  70. Coubertin-Philemon-Politis-Anninos (1897), 232-234
  71. IOC Olympic Museum exhibition panel, 2010
  72. „Browse Cornell University Library Making of America Collection“. collections.library.cornell.edu. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  73. Young (1996), 156
  74. „1896 Summer Olympics“. Olympedia.org. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  75. „THE 1ST MODERN OLYMPIC GAMES“.
  76. „Edwin FLACK“.
  77. „Edwin Flack“.
  78. „Austria at the 1896 Summer Olympics“.
  79. „Austria (AUT)“.
  80. „Athens 1896“. Bulgarian Olympic Committee. 2007-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyul.
  81. De Wael, KONRAD Gymnastics 1896
  82. „Charles Champaud“. Olympedia.org. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  83. Guttmann (1994), 128; „La Presencia de Chile en los Juegos Olimpicos“. 2008-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-dekabr.
  84. AboutOlympics. „1896 Athens Olympics“. — „Fourteen nations were represented – Australia, Austria-Hungary, Bulgaria, Chile, Denmark, Egypt, USA, France, Germany, Great Britain, Greece, Italy, Sweden and Switzerland“. 2012-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
  85. Mallon, Bill, and Ture Widlund. The 1896 Olympic Games. Results for All Competitors in All Events, with Commentary. Jefferson: McFarland, 1988 — 39-bet. ISBN 0-7864-0379-9. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral. „Across the field, in answer to the Herald's trumpet, come two Hungarians, a Chilian, a Frenchman, a German, an Englishman and an American, to run the 100-meters race“ 
  86. Olympic Games Museum. „Participating Countries – Olympic Games Athens 1896“. olympic-museum.de (2011). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-may.
  87. 87,0 87,1 87,2 87,3 87,4 87,5 „14 Participating Countries“.
  88. „Великобритания на Олимпийских играх - Great Britain at the Olympics“.
  89. Gillmeister (1998), 364
  90. 90,0 90,1 „Athens 1896 Tennis Doubles Men Results“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  91. „Hungarian Olympic Triumph!“.
  92. „Giuseppe Rivabella“. Sports-Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-fevral.
  93. De Wael, Shooting 1896 (Wayback Machine saytida 22 April 2021 sanasida arxivlangan)
  94. „Olympic Analytics“.
  95. „Athens 1896 Medal Table“ (en). Olympics.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
Olimpiya oʻyinlari
Oldingisi Birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Afina

1896
Keyingisi
Parij
1900