1993-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali
1993-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 1993-yil 26-mayda Myunxendagi Olympiastadionda oʻtkazilgan boʻlib, Fransiyaning Marsel klubi va Italiyaning Milan klublari oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan oʻyin.
Turnir | UEFA Chempionlar Ligasi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Sana | 26-May 1993-yil | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Olympiastadion, München | ||||||
Hakam | Kurt Röthlisberger (Shveysariya) | ||||||
Tomoshabinlar soni | 64,444[1] |
UEFA Chempionlar Ligasining tarixida ikkinchi marotaba oʻtkazilgan guruh bosqichidan soʻng oʻtkazilgan finalda, Kot-dʼIvuarda tugʻilgan Basile Boli 43-daqiqada boshi bilan darvozaga yoʻllagan zarbasi golga aylanadi va oʻyinda yagonaligini saqlab qoladi. Marsel oʻz tarixida ilk bor Yevrokuboklarda gʻolib chiqadi. Fransiyaning Ligue 1 ligaisda ishtirok etuvchi jamoalardan faqatgina Marsel klubi Yevrokuboklarda gʻolib boʻlgan jamoa hisoblanadi. Fransiyaning boshqa ikki klubi, Monaco va PSG 2004 va 2020-yillarda finalgacha chiqishga erishgan. Ammo raqiblariga magʻlub boʻlishgan.
Keyinchalik Marsel va ularning klubi prezidenti Bernard Tapi 1992—1993-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlar janjaliga aloqador boʻlganligi aniqlangan (bunda Marsel Valenciennesga oʻyinda magʻlubiyatga uchragani uchun pul toʻlagan), bu esa ularni 2-divizionga tushib ketishi va chempionlikdan mahrum boʻlishiga olib kelgan. Shuningdek klub keyingi mavsumda Yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan. Klubga nisbatan choralar faqatgina Fransiya doirasida qoʻllangan. 1993-yilgi UEFA Chempionlar ligasi chempionlik unvoni oʻzida saqlab qolgan.
Ushbu final oʻyini Gollandiya futbol afsonasi Marco van Basten uchun Milan safida soʻngisi boʻldi. Oʻyinning 86-daqiqasida golland toʻpigʻidan jiddiy jarohat oladi. Keyibgi 2 yilni jarohatdan tiklanish uchun sarflaydi. Ammo barchasi samarasiz ketadi va 1995-yilda oʻz faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻladi[2].
Tarix
tahrirQuyidagi jadvalda 1992-yilgacha Yevropa kubogi finalida ishtirok etgan yillar belgilangan. 1993-yildan boshlab turnir oʻz nomini Chempionlar ligasiga oʻzgartiradi.
Jamoa | Oldingi finaldagi ishtiroklar (Qalin yozuv gʻoliblikni anglatadi) |
---|---|
Marsell | 1 (1991) |
Milan | 5 (1958, 1963, 1969, 1989, 1990) |
Finalgacha yoʻl
tahrirMarseille | Bosqich | Milan | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin | |
Glentoran | 8–0 | 5–0 (M) | 3–0 (U) | Birinchi raund | Olimpija Ljubljana | 7–0 | 4–0 (U) | 3–0 (M) |
Dinamo București | 2–0 | 0–0 (M) | 2–0 (U) | Ikkinchi raund | Slovan Bratislava | 5–0 | 1–0 (M) | 4–0 (U) |
Raqib | Natija | Guruh bosqichi | Raqib | Natija | ||||
Rangers | 2–2 (M) | 1-Tur | IFK Göteborg | 4–0 (U) | ||||
Brugge | 3–0 (U) | 2-Tur | PSV Eindhoven | 2–1 (M) | ||||
SSKA Moskva | 1–1 (M) | 3-Tur | Porto | 1–0 (M) | ||||
SSKA Moskva | 6–0 (U) | 4-Tur | Porto | 1–0 (U) | ||||
Rangers | 1–1 (U) | 5-Tur | IFK Göteborg | 1–0 (M) | ||||
Brugge | 1–0 (M) | 6-Tur | PSV Eindhoven | 2–0 (U) | ||||
"A" guruhi gʻolibi | Yakun | "B" guruhi gʻolibi |
Oʻyin
tahrir26-may 1993-yil 20:15 Mahalliy vaqt bilan |
Marseille | 1–0 | Milan | Olympiastadion, München Tomoshabinlar: 64,444[1] Hakam: Kurt Röthlisberger (Switzerland) |
---|---|---|---|---|
Boli 44' | https://www.uefa.com/uefachampionsleague/season=1992/matches/round=50/match=50054/index.html |
|
|
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „2. Finals“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2016/17. Nyon: Union of European Football Associations, 2017 — 1-bet.
- ↑ „Oggi su 7 Marco van Basten: "Ho visto la depressione. Ma adesso sono sereno"“ (2020-yil 28-fevral).