Demetrio Albertini
Demetrio Albertini (1971-yil 23-avgustda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional yarim himoyachi, Parma klubining sport direktori hamda Italiya Futbol Federatsiyasi (IFF) vitse-prezidenti. Futbolchi 90-yillarda Milan futbol klubi afsonalaridan biri boʻlib[2], oʻsha davr Italiya terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biridir. Oʻz faoliyatining katta qismini Italiya A seriyasining Milan jamoasida oʻtkazgan va koʻplab sovrinlarni, jumladan, besh karra A seriya va ikki marta UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, oʻzining soʻnggi mavsumini Barselona klubida oʻtkazgan va oʻsha yili, faoliyati tugashidan avval, Ispaniya La ligasida jamoasi bilan gʻolib chiqqan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Demetrio Albertini[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-avgust 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Besana, Italiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Milan | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988—2002 | Milan | 293 | (21) |
1990—1991 | → Padova (ijara) | 28 | (5) |
2002—2003 | Atlético Madrid | 28 | (2) |
2003—2004 | Lazio | 23 | (2) |
2004—2005 | Atalanta | 14 | (1) |
2005 | Barcelona | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1989 | Italiya U18 | 7 | (0) |
1990—1992 | Italiya U21 | 17 | (0) |
1992 | Olimpiya terma jamoasi | 5 | (2) |
1991—2002 | Italiya | 79 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Italiya terma jamoasining muhim aʼzosi boʻlgan Albertini 1994- va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, 1996- va 2000-yilgi Yevropa chempionatlarida jamoasi bilan ishtirok etgan. 1994-yilgi jahon chempionati va 2000-yilgi Yevro chempionati finaliga qadar yetib borgan
Parma FC oʻzini bankrot deya eʼlon qilganidan soʻng, Albertini klub boshqaruviga klub maʼmurlari uchun futbol maslahatchisi etib tayinlangan[3]. Albertini Football Manager nomli harakat simulyatori oʻyin franshizasining tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi[4].
Albertini Italiya terma jamoasi tarkibida 1991—2002-yillar davomida 79 marotaba maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan. U 1991-yil 21-dekabrda Kipr futbol terma jamaosiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan. 1992-yilda Barselona shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida milliy terma jamoa harakat qilgan. Xuddi shu yili Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Futbolchi oʻz mamlakati uchun 1994- va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, Yevro 1996 va Yvro 2000 turnirlarida toʻp tepgan[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirAlbertini xristian-katolik diniga eʼtiqod qiladi[6][7][8][9][10].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlublarda
tahrirKlub | Mavsum | Ligada | Kubokda | Yevropada | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Milan | 1988-89 | Serie A | 1 | 0 | 0 | 0 | ||||||
1 | 0 | |||||||||||
1989-90 | 1 | 0 | 0 | 0 | ||||||||
1 | 0 | |||||||||||
1990-91 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||||||||
2 | 0 | |||||||||||
1991-92 | 28 | 3 | 5 | 0 | ||||||||
33 | 3 | |||||||||||
1992-93 | 29 | 2 | 6 | 0 | 7 | 1 | 1 | 0 | 43 | 3 | ||
1993-94 | 26 | 3 | 0 | 0 | 13 | 1 | 2 | 0 | 41 | 4 | ||
1994-95 | 30 | 2 | 4 | 0 | 11 | 0 | 2 | 0 | 47 | 2 | ||
1995-96 | 30 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | ||||||
38 | 0 | |||||||||||
1996-97 | 29 | 8 | 2 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 37 | 9 | ||
1997-98 | 28 | 0 | 9 | 2 | ||||||||
37 | 2 | |||||||||||
1998-99 | 29 | 2 | 3 | 0 | ||||||||
32 | 2 | |||||||||||
1999-2000 | 26 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 33 | 1 | ||
2000-01 | 12 | 0 | 2 | 0 | 11 | 2 | ||||||
25 | 2 | |||||||||||
2001-02 | 24 | 0 | 4 | 0 | 8 | 0 | ||||||
36 | 0 | |||||||||||
Jami | 293 | 21 | 41 | 2 | 65 | 5 | 7 | 0 | 406 | 28 | ||
Padova (ijarada) | 1990-91 | Serie B | 28 | 5 | ||||||||
28 | 5 | |||||||||||
Atlético Madrid | 2002-03 | La Liga | 28 | 2 | 2 | 1 | ||||||
30 | 3 | |||||||||||
Lazio | 2003-04 | Serie A | 23 | 2 | 4 | 0 | 8 | 0 | ||||
35 | 2 | |||||||||||
Atalanta | 2004-05 | Serie A | 14 | 1 | 2 | 1 | ||||||
16 | 2 | |||||||||||
Barcelona | 2004-05 | La Liga | 5 | 0 | ||||||||
1 | 0 | |||||||||||
6 | 0 | |||||||||||
Butun faoliyatida | 391 | 31 | 49 | 4 | 74 | 5 | 7 | 0 | 521 | 40 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Albertini Sig. Demetrio“ [Albertini Mr. Demetrio] (italyancha). Quirinale. Presidenza della Repubblica Italiana. Qaraldi: 11-dekabr 2020-yil.
- ↑ „AC Milan bid farewell to legend Albertini“. ESPN FC. Qaraldi: 4-avgust 2013-yil.
- ↑ „Albertini explains Parma role“. football-italia.net. Football Italia (3-aprel 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „7 things we learned from the Football Manager film“. Redbull UK (13-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Nazionale in cifre: Convocazioni e presenze in campo (Albertini, Demetrio)“ (italyancha). figc.it. FIGC. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2015-yil.
- ↑ „IL CASO. Il calcio dà alla testa: «La bestemmia è un diritto»“. Avvenire.it (24-mart 2010-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
- ↑ „Calcio e fede. In nome di Dio, fate gol“. Chiesa.espresso.repubblica.it. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
- ↑ „Albertini. La Partita Che Ricordo Con Più Affetto? Quella All'Oratorio - Crossmagazine“. 9-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2018-yil.
- ↑ „Special Pope: Lotito / Albertini, his values also valid in sport“. Adnkronos.co (11-mart 2015-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
- ↑ „Demetrio Albertini: in Dio trovo "l'ancora di sostegno"“. It.aleteia.org (1-iyul 2014-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.