1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalari
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliy futbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi[1]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi[2][3].
FIFA Women's World Cup USA '99 | |
---|---|
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati logosi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | AQSh |
Sana | June 19 – July 10 |
Jamoalar | 16 |
Bellashuv joylari | 8 (8 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | AQSh (2- marta) |
2-oʻrin | Xitoy |
3-oʻrin | Braziliya |
4-oʻrin | Norvegiya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 32 |
Gollar soni | 123 (har oʻyinda oʻrtacha 3.84 ta) |
Muxlislar soni | 1 194 215 (har oʻyinda oʻrtacha 37 319 ta) |
Toʻpurar(lar) |
Braziliya Sissi Xitoy Sun Wen (har bir 7 tadan gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Xitoy Sun Wen |
← 1995 2003 → |
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani maydonga tushirdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi[4][5][6]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi[7].
Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi[8] va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi[9][10][11]. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalari
tahrir1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiida oʻn oltita jamoa qatnashdi, bu 1995-yildagi oʻn ikkita jamoadan 4 ta jamoaga koʻp edi[12]. Gana, Meksika, Shimoliy Koreya va Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoalari 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. Meksika ayollar terma jamoasi birinchi ispan tilida soʻzlashuvchi davlat sifatida, Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoasi esa birinchi slavyan davlati sifatida musobaqada qatnashdi[13]. Qolgan oʻn ikki jamoadan uchtasiga 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi Jahon chempionati boʻldi. 1991-yildan beri toʻqqizta jamoa har uchta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan[14]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi yetti nafar chorak finalchisi mezbon Avstraliya ayollar terma jamoasi bilan birga 2000-yilgi Sidney Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[15]
Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasiga mezbon sifatida 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga avtomatik yoʻllanma berildi. Qolgan ishtirokchilar 1997-yildan 1998-yilgacha jahon futbolining qitʼa konfederatsiyalari tomonidan oʻtkazilgan bir qator oltita saralash vazifasini oʻtagan turnir orqali aniqlandi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida 63 ta mamlakat terma jamoasi jami 141 ta oʻyin oʻtkazishdi[12]. FIFA 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yevropaga (UEFA) oltita yoʻllanma ajratdi; Osiyoga (AFC) uchta; Afrikaga (CAF) ikkita va Shimoliy Amerikaga (CONCACAF) (mezbonlardan tashqari), Okeaniya (OFC) va Janubiy Amerikaga (CONMEBOL) qitʼalariga bittadan yoʻllanma kvotasini berdi[16] Yana bir yoʻllanma kvotasi (Meksika qoʻlga kiritdi) Shimoliy va Janubiy Amerika saralash turnirlarida ikkinchi oʻrin egallagan jamoalar oʻrtasidagi pley-off seriyasida aniqlandi[12].
Quyida 1999-yilda AQSHda boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati turnirida qatnashgan ayollar milliy futbol terma jamoalarining toʻliq roʻyxatlari keltirilgan. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 16 ta terma jamoa kamida 2 nafar darvozabonni oʻz ichiga olgan 20 nafar futbolchidan iborat tarkibni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. Turnirda faqat ushbu tarkibdagi futbolchilar qatnashish huquqiga ega edi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalar tarkibi
tahrir1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun har bir jamoaning tarkibi 1995-yilgi turnirdagi kabi 20 nafar futbolchidan iborat edi. Oʻn oltita ishtirokchi milliy assotsiatsiyalar oʻzlarining yakuniy tarkib roʻyxatlarini 1999-yil 9-iyunidan kechiktirmay tasdiqlashlari kerak edi[17]. Belgilangan muddatdan uch kun oʻtib, toʻliq roʻyxat FIFA tomonidan oʻz veb-saytida eʼlon qilindi[18]. Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Meksika ayollar terma jamoalari oʻz roʻyxatining koʻp futbolchilari AQSh kollej jamoalaridan chaqirib olishdi[19][20][21]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng keksa oʻyinchisi Norvegiya terma jamoasi sardori Linda Medalen boʻldi, u ochilish oʻyiniga qadar 34 yoshga toʻlib boʻlgandi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng yosh futbolchisii esa nigeriyalik 16 yoshli Ifeanyi Chiejine boʻldi[22].
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi
tahrirQuyida har bir jamoaning yakuniy oʻyinchilar tarkibi va bosh murabbiyining ismi keltirilgan. Agar biron milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi boshqa davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat bayrogʻining tasviri keltirilgan.
Daniya
tahrirBosh murabbiy: Jorgen Hvidemose
NigeriyatahrirBosh murabbiy: Mabo Ismoila
|