Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (italyancha: Nazionale di calcio femminile dell'Italia) 1968-yilda tashkil etilganidan beri xalqaro ayollar futbolida Italiya sharafini himoya qiladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Italiya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) tomonidan nazorat qilinadi.
1968-yilda tashkil topgan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi turli norasmiy xalqaro turnirlarda qatnashib, 1969-yilda birinchi Yevropa musobaqasi va 1970-yilda jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1993 va 1997-yillarda Yevropa chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida shunga o‘xshash muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. 2019-yilda, 20 yillik tanaffusdan so‘ng, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u o‘zining oldingi eng yaxshi ko‘rsatkichini yana takrorlab, chorak finalga chiqdi.
Tarixi
tahrir1968-1984: Ilk tarix va norasmiy turnirlar
tahrirItaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 1968-yil 23-fevralda Viarejioda Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Biroq terma jamoa hali 11-mart kuni Viarejioda tashkil etilgan Italiya ayollar futbol federatsiyasi tarkibiga kirmagan edi. Shunday boʻlishiga qaramay Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi boshidanoq Yevropa va jahondagi turli qitʼa va xalqaro turnirlarda qatnashib, yaxshi muvaffaqiyatlarga erishdilar. Biroq UEFA tomonidan tashkil etilgan ayollar futboli boʻyicha Yevropa chempionati (1984) va keyinroq FIFA tomonidan tashkil etilgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining tashkil topishi bilan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining oldingi muvaffaqiyatlarini davom ettira olmadi.
1993-1999: Ikki karra Yevropa chempionati sovrindori
tahrir1993-yilgi Yevropa chempionati Italiyada boʻlib oʻtdi[1]. Final pley-off oʻyinida Angliya terma jamoasini magʻlub etgan Italiya penaltilar seriyasidan soʻng yarim finalda Germaniya terma jamoasini magʻlub etdi. Italiyaning Chesena shahridagi Manuzzi stadionida oʻtkazilgan finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi bilan oʻynab 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[1]. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining ilk Yevropa chempionatidagi kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etdi, musobaqada qatnashgan jamoalar soni toʻrttadan sakkiztaga koʻpaydi. „B“ guruhida Italiya Norvegiya terma jamoasini magʻlub etdi va Daniya va Germaniya terma jamoalari bilan durang oʻynadi va guruhda birinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi[2]. Yarim finalda Italiya Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, finalda Germaniya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi[2]. 1998-yilda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi marta jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 1999-yilgi Jahon chempionati AQShda boʻlib oʻtdi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Germaniya va Meksika terma jamoalari bilan birga B guruhidan joy oldi. Debyut oʻyinida Germaniya terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynagan Italiya Braziliya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi va guruhni Meksika ayollar jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi va musobaqadan shu bosqichning oʻzidan chiqib ketdi[3].
2000-2011
tahrir2000-yillarning boshi bilan Italiya terma jamoasining oʻyinida pasayish boshlandi. 2001-yilgi Yevropa chempionatida Carolina Morace bosh murabbiyligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Norvegiya terma jamoasi bilan solishtirganda toʻplar farqi yomonroq boʻlgani uchun guruh bosqichidan chiqib ketdi[4].
Toʻrt yil oʻtib, 2005-yilgi Yevropa chempionatida Italiya Germaniya, Norvegiya va Fransiya terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlib, oʻz darvozasidan oʻn ikkita gol oʻtkazib yuborib, nol ochko bilan oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egalladi[5]. 2009-yilgi Yevropa chempionatida Italiya Angliya va Rossiya terma jamoalarini magʻlub etib, guruhda ularni magʻlub etgan Shvetsiya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan holda pley-off bosqichiga chiqdi. Chorak finalda Italiya Germaniya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi va u yerda 2:1 hisobida magʻlub boʻldi. Germaniya oxir-oqibat yettinchi qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan edi[6].
2003 va 2007-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA va CONCACAF oʻrtasidagi qitʼalararo ikki oʻyinli pley-offga ham, 2011-yilgi Jahon chempionatiga ham chiqa olmadi[7].
2011-2017
tahrirItaliya 2013-yil Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga saralash guruhida o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida g‘alaba qozonib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turnirda Italiya terma jamoasi mezbon Shvetsiya, Daniya va Finlandiya terma jamoalari bilan „A“ guruhidan joy oldi. Bitta g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan Italiya guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi, biroq chorak finalda Germaniya ayollar terma jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[8].
Keyingi ikki yil ichida Antonio Cabrini boshchiligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok etdi: oʻnta oʻyinda sakkizta gʻalaba qozonishiga qaramay (shu jumladan Makedoniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita rekord darajadagi gʻalaba (11-0 va 15-0)[9]) Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda Ispaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Italiya Ukraina ayollar terma jamosini umumiy hisobda 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, pley-offning so‘nggi bosqichida Gollandiya terma jamoasiga umumiy hisobda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma ola olmadi.
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi Yevropa chempionatida „B“ guruhida Germaniya, Shvetsiya va Rossiya ayollar terma jamoalaridan magʻlub boʻlib so‘nggi o‘rinni egalladi[10].
2017-yildan hozirgi kungacha
tahrir2018-yil 8-iyun kuni, so‘nggi ishtirokidan yigirma yil o‘tib, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi[11]. Jahon chempionatining guruh bosqichida Italiya Avstraliya (2:1) va Yamayka (5:0) ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ikkita gʻalaba qozonib pley-off bosqichiga chiqdi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Braziliya ayollar futbol terma jamoasiga (0:1) magʻlubiyati ahamiyatsiz boʻldi. 1/8 finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionatida chorak finalga yo‘l oldi[12]. Biroq, amaldagiYevropa chempioni Niderlandiya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Jahon chempionatidagi yoʻli 2019-yil 29-iyunda oʻz nihoyasiga yetdi[13]. Keyingi yili Italiya 2020-yilgi Algarve kubogi finaliga chiqdi (oʻz tarixidagi birinchi Algarve kubogi finali), ammo Italiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli Italiya oʻyinni bekor qilishga majbur boʻldi va Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻolib deb eʼlon qilindi[14]. 2022-yilgi Algarve kubogida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana finalga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo qoʻshimcha boʻlimdan keyingi 1:1 hisobidagi durangdan keyin Shvetsiya ayollar jamoasiga penaltilar seriyasida 6:5 hisobida yutqazdi[15].
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarida Moldova va Ruminiya terma jamoslariga qarshi ikkita oʻyinda gʻalaba qozonib, 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Bosh murabbiylar tarixi
tahrirYil(lar) | Menejer |
---|---|
1969-1971 yillar | Giuseppe Cavicchi |
1972-1978 yillar | Amedeo Amadei |
1979-1981 yillar | Sergio Guenza |
1981-1982 yillar | Paolo Todeschini |
1982-1984 yillar | Enzo Benedetti |
1984-1989 yillar | Giuseppe Cavicchi |
1989-1993 yillar | Sergio Guenza |
1993-1995 yillar | Comunardo Niccolai |
1995-1997 yillar | Sergio Guenza |
1997-1998 yillar | Sergio Vatta |
1999 yil | Carlo Facchin |
1999-2000 yillar | Giuseppe Cavicchi |
2000-2005 | Carolina Morace |
2005-2012 | Pietro Ghedin |
2012-2017 | Antonio Cabrini |
2017 — hozirgi kungacha | Milena Bertolini |
Oʻyinchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrir2022-yil 6-sentabr kuni Ruminiya ayollar terma jamosiga qarshi o‘yinga quyidagi futbolchilar Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan. Oʻtkazgan oʻyinlar, gollar va oʻyinchi raqamlari 12-aprel, 2022-yil holatiga koʻra berilgan.
Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijasitahrir
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatitahrir
UEFA ayollar chempionatitahrirHamma vaqtlardagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasitahrir
Manba[16] FIFA reytingitahrirQuyida 2003-yildan hozirgi kungacha Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA reytingi jadvali keltirilgan[17]. Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatitahrir
Manba[18] Yana qarangtahrir
Manbalartahrir
Havolalartahrir
|