2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi
2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi 2011-yili Toshkent vaqti bilan 19-iyuldan 20-iyulga oʻtar kechasi soat 00:35 da[3] Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida, Toshkentdan 235 km janubi-sharqda[4] sodir boʻlgan.[4][5] Zilzila magnitudasi 6,1 balldan oshgan, epitsentri yer sirtidan 16 km chuqurlikda boʻlgan[6]. Silkinish taxminan 40 soniya davom etgan[7]. Ushbu zilzila taʼsirida oʻn bir soatdan keyin Dushanbedan 75 km sharqda 4,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgan[8].
2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi | |
---|---|
| |
Sana va vaqti | 19-iyul, 2011-yil |
Miqdori | 6,1 Mw[1] |
Chuqurligi | 18.0 km (11.2 mi) |
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) |
Qirgʻiziston Oʻzbekiston Tojikiston Qozogʻiston |
Talofatlar | 14 kishi halok boʻlgan, 101 kishi jarohatlangan |
Iqtisodiy yoʻqotishlar | 11,58 mln. USD[2]. |
Talofatlar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida Fargʻona viloyatining Rishton, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlaridagi ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok boʻlgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan[5].
Yer qimirlashi natijasida 800 dan ortiq binoga jiddiy zarar yetgan[9], Margʻilon hududidagi eski uylarning bir qismi vayron boʻlgan[10].
Tojikistonda ham yer silkinishi qayd etilgan, Xoʻjandda bir kishi vahimadan halok boʻlgan[11].
Qirgʻiziston janubida oʻn minglab aholi xonadonlari, ayrim shifoxonalar elektr taʼminotisiz qolgan. Botken shahrini O‘sh shahri bilan bogʻlovchi avtomagistral tog‘ ko‘chkilari tufayli yopib qoʻyilgan. Qadamjoydagi transformator podstansiyasi ishlamay qolgan, natijada Qadamjoy, Toʻlgon, Qizilbulun, Xolmion, Oxna, Yorgutan, Tamas qishloqlariga elektr energiyasi taʼminoti uzilib qolgan (elektr energiyasi 17 soatdan keyin qayta tiklangan)[12]. Cho‘ng-Olay viloyatida joylashgan 125 ta uy zarar ko‘rgan. Jekendidagi 67 ta uyda yoriqlar paydo boʻlgan (ulardan 52 tasi taʼmirga muhtoj). Sivada 58 ta uy shikastlangan (ulardan 49 tasi taʼmirga muhtoj). Sulukta, Botken, Qizil-Qiya, Tulos, Zulpiyev, Intimaq va boshqa shaharlarda ham koʻplab uylar vayron boʻlgan[13].
Qurbonlar
tahrirZilzila natijasida Xo‘jandda 1 kishi halok bo‘lgan. U vahima ichida binoning ikkinchi qavatidan sakragan. Fargʻona vodiysidagi aholi punktlarida kamida 13 kishi halok boʻlgan, 86 kishi turli darajada jarohat olgan. Qirg‘izistonda 15 nafar fuqaro jabrlangan[14].
Fuqaroligi | Oʻlganlar | Yaralanganlar |
---|---|---|
Uzbekistan Oʻzbekiston | 13 | 86 |
Tajikistan Tojikiston | 1 | |
Kyrgyzstan Qirgʻiziston | 15 | |
Jami | 14 | 101 |
Rasmiylar munosabati
tahrirOʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshirig‘iga binoan, respublika hukumati tomonidan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻriladi.
Zilzila sodir boʻlgan joyda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda qutqaruv bo‘linmalari ish olib boradi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan zilziladan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ishlar olib boriladi, qurbonlarni dafn etish bo‘yicha barcha xarajatlar davlat zimmasiga olinadi.
Maxsus tuzilgan komissiya favqulodda vaziyat ko‘lamini, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi maʼlumotlarni aniqlaydi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ Magnitude 6.1 — KYRGYZSTAN.
- ↑ „Earthquake Kyrgyzstan / Uzbekistan : 30 million US$ damage and 14 people killed, 101 injured“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ Time of Earthquake in other Time Zones (Wayback Machine saytida 2011-07-24 sanasida arxivlangan), USGS
- ↑ 4,0 4,1 V Uzbekistane proizoshlo zemletryasenie (Wayback Machine saytida 2011-07-21 sanasida arxivlangan), gazeta.uz
- ↑ 5,0 5,1 Informatsion bildirish (Wayback Machine saytida 2011-07-21 sanasida arxivlangan), OʻzA
- ↑ Magnitude 6.1 — KYRGYZSTAN (Wayback Machine saytida 2011-10-06 sanasida arxivlangan), USGS
- ↑ Kyrgyzstan, Uzbekistan hit by 6.2 earthquake (Wayback Machine saytida 2011-08-12 sanasida arxivlangan), The Vancouver Sun
- ↑ „M 4.7 — TAJIKISTAN — 2011-07-19 09:22 UTC.“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Earthquake in Kyrgyzstan / Uzbekistan : 14 people killed, 86 injured and at least 800 houses damaged + video of the shaking in Tashkent“ (Wayback Machine saytida 2018-09-29 sanasida arxivlangan), Earthquake Report
- ↑ Powerful earthquake hits Central Asian valley (Wayback Machine saytida 2011-08-12 sanasida arxivlangan), Reuters Canada
- ↑ V rezultate zemletryaseniya v Uzbekistane pogibli 13 chelovek, Lenta.ru
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.
- ↑ „Жертвами землетрясения стали 13 человек — Газета.uz“. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
Havolalar
tahrir- Informatsion bildirish (Wayback Machine saytida 2011-07-21 sanasida arxivlangan), OʻzA
- Jertvami zemletryaseniya stali 13 chelovek (Wayback Machine saytida 2011-07-23 sanasida arxivlangan), gazeta.uz
- Yer qimirlashi paytida Toshkent xonadonlaridan birida olingan video, YouTube
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |