Abduhakim Hojiboyev
Abduhakim Moʻminovich Hojiboyev (1951-yil 2-noyabr, Zangiota tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik shifokor, olim va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari, (2021-yildan), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri (2020-2021).
Abduhakim Moʻminovich Xajiboev | |
---|---|
Fayl:Abduhakim Hojiboyev.jpg | |
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri | |
Mansab davri 2020-yil 3-noyabrdan – 2021-yil 11-noyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Alisher Shodmonov |
Vorisi | Behzod Musayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-noyabr 1951-yil Toshkent viloyati Zangiota tumani, Oʻzbek SSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1951-yil 2-noyabrda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
1974-yilda — Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan[1].
1974-1975- yillarda — 1-sonli Respublika klinik kasalxonasida stajyor boʻlib faoliyat yuritgan.
1975-1990 yillarda — Butunittifoq Klinik va eksperimental jarrohlik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent filialida kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
1981-yilda — nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan[2].
1990-1999-yillarda — dastlab bosh ilmiy xodim, keyinchalik akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi (hozirgi V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.
1999-2000 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktorning ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari[3].
2000-2003 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi boshqaruvchisi.
2003-2007 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[4].
2007-2016 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori[5].
2016-2017 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
2017-2020 - Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.
2020-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
2020-yil 3-noyabrdan 2021-yil 11-noyabrgacha — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri[6].
2021-yildan — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining oʻrinbosari[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ http://empa.uz/staff/predsedatel-avempu1/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/11/04/minzdrav/
- ↑ https://daryo.uz/2021/11/14/abduhakim-hojiboyev-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-rahbariga-orinbosar-etib-saylandi/