Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (2021—2022), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi (2018-2020). 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlangan[1][2][3].

Behzod Anvarovich Musayev
Бехзод Анварович Мусаев
 Oʻzbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 30-dekabrdan – 2024-yil 23-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Botir Zohidov
 Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
 
Mansab davri
2021-yil 11-noyabrdan – 2022-yil 28-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Botir Parpiyev
Vorisi Amrillo Inoyatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi
 
Mansab davri
2018-yil 11-may – 2020-yil 14-may
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Sherzod Qudbiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (51 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

Taʼlim

tahrir

1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi[4].

Mehnat faoliyati

tahrir

1995—1998 — Oʻzbekiston Milliy banki xodimi, 1998—2006 — Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.

2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan.

2018-yilning may oyidan boshlab davlat soliq qoʻmitasi rahbari lavozimini egallagan[5]. 2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[6]. 2021-yil 11-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri.

Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak

— Shavkat Mirziyoyev, [7]

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir