Abdulhamid ibn Umar Qatavoniy
Abdulhamid ibn Umar Qatavoniy – (XI—XII asrlar, Ustrusha) roviy. Toʻliq ismi Abu Muhammad Abdulhamid ibn Umar ibn Husayn ibn Ali ibn Amr Qatavoniy.
Hayoti va faoliyati
tahrirAbdulhamid ibn Umar Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan, dastlabki ilmlarini shu yerda oladi. U keyinchalik ilm-maʼrifat talabi bilan Samarqandga keladi va shu yerda muqim yashab qoladi. Oʻz zamonasida „Nusayriddin“ degan sharafli nomga sazovor boʻladi. Abdulhamid ibn Umar Qatavoniy ona tomondan bobosi muftiy Abu Bakr Muhammad ibn Muhammad Qatavoniy, Ali ibn Ahmad Xazoiy vositasida Haysam ibn Kulayb va Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad Mu’taz Samarqandiydan hadislar rivoyat qilgan. Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy Abdulhamid ibn Umar Qatavoniydan hadis ilmidan taʼlim olgan.
Vafoti
tahrirAbdulhamid ibn Umar Qatavoniy hijriy 523-yil(milodiy 1129-yil) Samarqandda vafot etadi. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Asqaloniyning yozishicha, Abdulhamid ibn Umar Qatavoniy 513-hijriy (milodiy 1129-yil)da vafot etadi[1].
Adabiyotlar
tahrirSam’oniy, „Al-ansob“, 4-jild, 526-bet; Asqaloniy, „Tabsiru-l-muntabih bitahriri-l-mushtabih“, 3-jild, 1172-bet; Atayev M., „Jizzax allomalari“ 89-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 510-bet.