Abdulla Aʼzamov
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov (1947-yil 21-aprel, Baliqchi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1987)[1], professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (2013)[2], Oʻzbekiston matematiklari jamiyati prezidenti (2013), TWMS (Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati) vitse-prezidenti (2017)[3]. „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, Xalqaro Bobur mukofoti (2015), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2016) va „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni sohibi[4].
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov | |
---|---|
Tavalludi |
1947-yil 21-aprel Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | fizika va matematika oʻqituvchisi |
Ish joylari |
Namangan davlat universitetiga rektor (1993) Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filiali Tafakkur jurnali bosh muharririning oʻrinbosari (1999–2000) Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim (2000–2011) |
Institutlar | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Taʼlimi |
Toshkent davlat universiteti Moskva davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Dotsent |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
1973-yildan respublika matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi. 1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Aʼzamovga 1981-yili dotsent va 1989-yili professor unvoni berilgan[5].
2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi . 1972–1975-yillarda „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari va 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan .
Tarjimayi holi
tahrirAbdulla Aʼzamov 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan[5]. Millati oʻzbek. 1953–1964-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 1-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1963-yilda „Yosh leninchi“ gazetasi tomonidan uyushtirilgan sirtqi olimpiadada qatnashgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1966-yili bir guruh talabalar bilan oʻqishni davom ettirish uchun M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga yuborilgan. 1970-yilda oʻqishni tamomlagan[3].
Faoliyati
tahrirAbdulla Aʼzamov 1971–1972-oʻquv yilidan boshlab differensial tenglamalar fanidan maʼruza oʻqigan[5]. 1972–1975-yillarda (oʻrindoshlik asosida) „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir lavozimida ishlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston SSR matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[5]. U Toshkent davlat universitetining Matematik analiz kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilgan, 1980–1993-yillarda Differensial tenglamalar kafedrasida dotsent, professor va kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1992–1993-yillarda Matematika fakultetiga dekan etib tayinlangan. Aʼzamov 1993-yilda Namangan davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. 1998–1999-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazida boʻlim boshligʻi, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari, 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[3].
1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Unga 1981-yil dotsent, 1989-yili professor unvoni berilgan. Namangan dorilfununiga rahbarlik qilib yurgan yillarida (1993–1997)[3][6] ham ilmiy-pedagogik faoliyatini olib borgan. Uning „Munojatnoma“ asari Alisher Navoiy gʻazallarining ilmiy-tarixiy tahliliga bagʻishlangan. U Namangan davlat universitetiga rektor boʻlgan davrida „Usmon Nosir qayerda?“ pyesasini yozadi va asar viloyat teatrida qoʻyiladi[5].
Aʼzamov Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maʼruzalar oʻqigan. 2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 2013-yil Oʻzbekiston matematika jamiyatining raisi etib saylangan[3]. Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati vitse-prezidenti (2017) hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi[7].
Oilasi
tahrirAbdulla Aʼzamovning 2 ta oʻgʻli va 1 ta qizi bor[5].
Kitoblari
tahrir- Abdulla Aʼzamov. Taqvim jadvali. Hijriy va milodiy taqvimlarda sanalarni kunma-kun o‘girish jadvallari. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2018 — 436-bet. ISBN 978-9943-03-992-6. [8][9]
- Abdulla Aʼzamov. Differential Equations and Dynamical Systems, Urganch, 2017. [10]
Ilmiy maqolalari
tahrir- Abdulla Aʼzamov. Existence and uniqueness theorems for the Pfaff equation with continuous coefficients, 2021[11].
- Abdulla Aʼzamov. An existence theorem and an approximate solution method for the Pfaff equation with continuous coefficients, 2021[12].
- Abdulla Aʼzamov. A pursuit-evasion differential game with slow pursuers on the edge graph of simplexes, 2020[13].
- Abdulla Aʼzamov. Four-dimensional brusselator model with periodical solution, 2020[14].
- Abdulla Aʼzamov. The pursuit-evasion game on the 1-skeleton graph of the regular polyhedron, 2019[15].
- Abdulla Aʼzamov. On the Сhernous’ko time-optimal problem for the equation of heat conductivity in a rod, 2019.
- Abdulla Aʼzamov. On generators of a matrix algebra and some of its subalgebras, 2018.
Mukofotlari
tahrir- „Mehnat shuhrati ordeni“ (2016)
- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni
- „Xalqaro Bobur mukofoti“ (2015)
- „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni[16][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Abdulla A'zamov National University of Uzbekistan · Department of Applied Mathematics. Doctor of Physical-Mathematical Sciences“ (researchgate.net). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Abdulla Aʼzamov. Институт математики Академии Наук Республики Узбекистан“ (scholar.google). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ummatov R 2022, s. 38.
- ↑ 4,0 4,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (uza.uz). 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Abdulla Aʼzamov“ (uz) (mathnet.uz). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.02.1992-yildagi PF-356-son“ (lex.uz). 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi“ (academy.uz). Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
- ↑ „Abdulla A’zamovich A’zamov kitobi“ (kitobxon.com). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Абдулла Аъзамович Аъзамов: Тақвим жадвали. Ҳижрий ва милодий тақвимларда саналарни кунма-кун ўгириш жадваллари.“ (olcha.uz). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Differential Equations and Dynamical Systems: 2 USUZCAMP, Urgench, Uzbekistan, August 8–12, 2017“ (en) (amazon.in). Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
- ↑ „“Existence and uniqueness theorems for the Pfaff equation with continuous coefficients”“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „“An existence theorem and an approximate solution method for the Pfaff equation with continuous coefficients“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „“A pursuit-evasion differential game with slow pursuers on the edge graph of simplexes.“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „“Four-dimensional brusselator model with periodical solution”“. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ „The pursuit-evasion game on the 1-skeleton graph of the regular polyhedron“ (scholar.google). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2023-yil 26-avgust).
Adabiyotlar
tahrir- Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4.
Havolalar
tahrir- Abdulla Aʼzamov Facebook sahifasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „FA Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov va akademik Abdulla Aʼzamov bilan suhbat“ YouTubeda