Abdulla Gulshaniy

tarjimon, aruz va muammo ilmining bilimdoni, „Gulistoni Gulshaniy“, „Toʻy va toʻyona“ kitoblarining muallifi

Abdulla Gulshaniy(1898-1978)— gʻazalxon shoir, tarjimon, aruz va muammo ilmining bilimdoni, „Gulistoni Gulshaniy“, „Toʻy va toʻyona“ kitoblarining muallifi. Olim uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy xodimi tariqasida koʻplab qadimiy qoʻlyozmalarni yuzaga chiqardi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga oʻzining munosib xissasini qoʻshdi. Abdulla Gulshaniy turli soxalarda va mas’ul lavozimlarda ham ishlab kelgan.[1]

Abdulla Gulshaniy
Asl ismi Abdulla Rahmonov
Tavalludi 1898-yil mart oyida
Vafoti 1978-yil (80 yoshida)
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
Taxallusi Gulshaniy
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Turmush oʻrtogʻi Hudoyqulning qizi Xikoyatxon
Ota-onasi Abdurahmon Fozil oʻgli

Bolalik vaqtlari

tahrir

Abdulla Gulshaniy 1898 yil mart oyida Shahrisabzning Zingaron mahallasida kosib Abdurahmon Fozil oʻgʻli oilasida tugʻilgan. Olti yoshdan togʻasi mulla Meylining maktabida oʻqib, 13 yoshida Qur’oni Karimni yod oladi va mudarrislarning sinovidan oʻtgach „qori“ unvoniga erishgan.[2]

Yigitlik davri

tahrir

U 18 yoshga yetgach Buxoroga borib Mir Arab madrasasi tolibi boʻladi. Navoiy, Dehlaviy, Fuzuliy, Jomiy, Firdavsiy, Bobur asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham Gulshaniy taxallusi bilan gʻazallar yozgani sababli tez orada yaxshigina shoir boʻlib taniladi. Abdulla Gulshaniy doʻstlari Salimiy va Voiziy bilan birga gʻazallarini jamlab „Tuhfat ul-ahbob“ (Doʻstlar sovgʻasi") nomli devon tuzishgan. 1917 yilning yozida mahalladoshi mulla Xudoyqulning goʻzal qizi Hikoyatxonga uylanadi. Yosh Abdulla Gulshaniy Buxoroda Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo'ja Behbudiy, Fayzulla Xo‘jayev, Hamza Hakimzoda bilan tanishib, „Yosh buxoroliklar“ tashkiloti va jadidlar harakatining faol aʼzosiga aylangan. Amirlik aygʻoqchilari 1919-yilning bahorida otasining uyida qoʻlga olib Shahrisabz begi Said Akromxon toʻraning zindoniga tashlaydi. Abdulla zindondaligida qora niyatli kimsalar Hikoyatxonga „Abdullani zindonda osib oʻldirishdi“, degan xabarni yetkazishgan. Sevganidan ayrilgan 19 yoshli suluv kelinchak zaxar ichib joniga qasd qiladi.

Keyingi taqdiri

tahrir

Hokimiyat sho‘rolar qoʻliga oʻtgach, uni ishga chaqirishgan. U uzoq yillar Qarshi, Samarqand, Namangan, Buxoro, viloyatlarining chekka tumanlarida turli lavozimlarda ishladi. Qorakoʻl tumani „Chorvador“ gazetasi muharriri ham boʻldi. Abdulla Abdurahmon oʻgʻli Gulshaniy 1941-yildan 1978-yilning 28-dekabriga qadar Qamashi shahrida yashadi va ijod qilib, 80 yoshida vafot etgan.

Ijod yoʻli

tahrir

Abdulla Gulshaniyni 1962-yilda Toshkentga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot institutiga ishga taklif etishgan. U qisqa muddat ichida Abdurahmon Jomiyning „Risolai manzuma“ asarini forschadan oʻzbek tiliga tarjima qildi. Shuningdek Alisher Navoiy qalamiga mansub „Majolis un-nafois“ asaridan 1000 baytli, „Xazoyin ul-maʼoniy“ asaridan 600 satrli muammoni yechadi. Bundan tashqari M.Nishopuriyning „Muammo fani qoidalari haqida“ kitobidan 6654 satr, „Muammo qoidalari“ risolasidan 1340 satr, „99 nomli muammo“ kitobidan 650 satr muammoli sheʼrni oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Gulshaniydan bizga 2 jilddan iborat „Gulistoni Gulshaniy“ devoni, 3 jilddan iborat tojikcha sheʼrlar toʻplami, oʻzining muammo va chistonlari jamlangan „Muammiyot“ asari, „Toʻyu toʻyona“, „Ariza“, „Kunlarim“ dostonlari meros boʻlib qolgan. Shoirning jami 16 ming 854 misradan iborat adabiy merosi Toshkent qo‘lyozmalar institutida saqlanmoqda.

Asarlaridan namunalar

tahrir
Gʻazallaridan namuna…

Men ul oy husnu jamolin ko‘rmasaydim, koshki,
Bir ko‘rib Majnuni shaydo bo‘lmasaydim, koshki,
Furqatiy ishq ichra bundog‘ kymasaydim, koshki,
G‘urbatu dard ichra bundog‘ to‘ymasaydim, koshki,
Yo ani ko‘rgan bilan ham suymasaydim, koshki.

Sheʼrlaridan namuna…

Ko‘rdim Qamayda bir pari, hayronidir yoshi-qari,
Ketdi ravon uyi sari, bir gavhari kimyo ekan.

Ovorasi bo‘ldim netay, qayga boshim olib ketay?
Aslo Qamay bormay ketay, bir fitnalik navo ekan.

Ishqin ani men mubtalo, qilmay dedim ko‘nglimga jo,
Bo‘lmas ekan vo hasrato, mumkin emas savdo ekan.

Boz ko‘rsaydim ani jonim, nisor etsam edi qani,
Olam degan bu Gulshaniy, bir oshiqu shaydo ekan.

Manbalar

tahrir
  1. Yo'ldoshev, Boynazar. Qashqadaryo adiblari. Toshkent: "Oltin nashr" nashriyoti, 2020-yil — 20-21-bet. ISBN 978-9943-6333-0-8. 
  2. Xurshid, Davron „Xurshid Davron kutubxonasi“. https://kh-davron.uz/. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.

Havolalar

tahrir