Abdullaxon madrasasi (Buxoro)

(Abdullaxon madrasasidan yoʻnaltirildi)

Abdullaxon madrasasi — Buxorodagi Qoʻshmadrasa ansamblining shimolida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri meʼmorligi yetuk namunasi boʻlgan bu Madrasa Buxoro meʼmorchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy XVI asr yutuqlarini namoyish etadi.

Madrasa
Abdullaxon madrasasi
Abdullaxon madrasasi bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Xoʻja Gʻunjoriy MFY, Mirdoʻstim koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdullaxon II
Homiylar Abdullaxon II
Binokorlik 15881590-yillar
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Qurilish materiali Pishgan gʻisht

Tarixi

tahrir

Madrasaning me’mori nomaʼlum boʻlib, Abdullaxon II qurdirgan. Qurilish ishlari 19971588-yillarda boshlanib, 19891990-yilar nihoyasiga yetgan.

Joylashuvi

tahrir

Madrasa Buxoroda, Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida, Modarixon madrasasi roʻparasida joylashgan.

Ushbu va Modarixon madrasalari Qoʻshmadrasa meʼmoriy ansamblini tashkil etadi. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida jabhalari bilan bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan ikkita binoning juftlashgan ansambli „qoʻsh“, ikkita madrasaga nisbatan esa „qoʻsh madrasa“ atamasi ishlatiladi.

Meʼmorchiligi

tahrir

Madrasa tashqi devorlari tarhida gʻarbiy hamda shimoliy peshtoqlarida katta peshravlar mavjud. Maʼlum vaqt bu joyda mavjud boʻlgan hammomga taqalgan janubiy tomonida esa asosiy devordan oldinga boʻrtib-turtib chiqish — peshravbandlik koʻzga tashlanmaydi.

Abdullaxon madrasasidagi masjidda har kuni besh vaqt va juma namozlari o‘qilgan[2].

 
Abdullaxon madrasasining qulagan orqa devori. 2021-yil 29-iyul

Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi. Har ikki tomonida galereya va baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.

Darvozadan oʻtib, ikki yoqdagi katta xonalar — darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi — girih shaklli mayda yogʻoch parchalaridan terilgan[3].

Hovli kompozitsiyasi bir chiziq boʻyicha joylashgan baland peshtoqlari boʻlgan „chorayvon“ usulida bunyod etilgan. Madrasa burchaklarida vestibyullar — miyonxonalarni oʻz ichiga olgan murakkab tarixiy bogʻlamalar yaratilgan. Gʻarbiy qismida keng gumbazli bir xona mavjud. U 2 qavatli hujralar bilan oʻralgan. 2-qavatda uni oʻziga xos galereya — hujralar peshayvonlari xuddi egilib turganday tuyuladi.

Madrasaning bosh peshtogʻidan tashqari barcha tashqi peshtoqlari pishiq gʻisht bilan koʻtarilgan hamda bezatilgan. Asosiy sharqiy peshtoqning oʻrtasida ravogʻi chuqur boʻlgan salobatli peshtoq mavjud. Unda darvozaxona yuqorisida kutubxona peshayvoni oʻrnatilgan.

Darvozaxona peshtogʻi bir paytlar keng kitoba bitiklar polosasi bilan hoshiyalangan. Unda havorang fonda oq rangdagi harflar bilan Qurʻondan olingan oyatlar yozilgan edi[2].

Restavratsiya ishlari

tahrir

Bir qancha yillar oʻtishi bilan Abdullaxon madrasasida katta hajmdagi, asosan madrasa old koʻrinishiga eʼtibor qaratilib, qayta taʼmirlandi. Katta hajmdagi tiklash ishlari Buxoroga asos solinganiga 2500 yil toʻlishi tufayli ham amalga oshirildi. Restavratsiya ishlari paytida ikkala madrasa markazidagi maydonchalar pasaytirildi. Hozirda bino peshtoqlari roʻparasidagi supachalar olib tashlangan[2].

Oʻpirilish

tahrir

2021-yil 29-dan 30-iyulga oʻtar kechasi Abdullaxon madrasasining orqa tomon devori bir qismi oʻpirilib tushdi[4]. Madaniy meros agentligi mutasaddilari kelib holatni oʻrganishgan, ularning taxminiy hisoblariga koʻra binoni toʻliq taʼmirlash uchun 6 mlrd soʻm mablagʻ talab etiladi[5]. Holat boʻyicha Buxoro viloyat prokuraturasi oʻrganish ishlari olib borib, Jinoyat kodeksining 207-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan[6].

Galereya

tahrir
Abdullaxon madrasasi, keng tasvir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir