Abdullo noyi (XV-asr) – sozanda, bastakor. Savtlari bilan mashhur. Hisor, Balx va Hirot shaharlarida ijod qilgan. Movarounnahr va Xurosonda mashhur boʻlgan. Balxda ukasi Hofiz Qonuniy bilan joʻrnavoz boʻlgan. Abdullo Noyi nayda mashq qilganda ukasi qoʻshiq aytar va oʻng qoʻli bilan qonun chertib, chap qoʻli bilan doira chalardi. Shinavandalar bu aka-ukalarning mashqlaridan hayratda qolardilar. Balxdagi Hazrat Sulton Hizruya yaqinidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozirda bu joy ziyoratgohga aylangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil