Abdulloh (Abdullohxon Toʻra)
Abdulloh (Abdullohxon Toʻra) – (arabcha: عبد الله (عبد الله خان توره))- (1890, Qoʻqon – 1951, ?) – mutasavvif, shoir va xattot.
Hayoti
tahrirAbdulloh xoja Eshonxon oʻgʻli nomi bilan ham tanilgan. Qoʻqon madrasalarida tahsil olgan, shu yerlik taniqli ilohiyotshunos olim va mavlaviy shoir Yoʻldosh (1861-1922-yillar)ning shogirdi boʻlgan. Tatar olimi Rizo (Rizouddin ibn Faxruddin) bilan yaqin doʻstona munosabatlarda boʻlgan.
Abdulloh butun hayoti davomida tasavvufga oid sheʼrlar va tarixlarni yozgan hamda koʻchirib yozish bilan shugʻullangan. Xattot sifatida taniqli mutasavvif olim Majzub Namangoniyning tasavvufga oid asarini koʻchirgan. Sharq sheʼriyati klassiklari va Qoʻqon adabiyoti vakillari asarlaridan namunalar asosida sheʼlar (bayoz) almanax toʻplamini tuzgan, mazkur toʻplamda diniy mavzudagi sheʼrlarga alohida oʻrin ajratilgan. Muallif ushbu toʻplamga oʻz asarlarini ham kiritgan: bayozning ikkinchi boʻlimida XX asr boshlarida faoliyat olib borgan Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Andijon, Namangan, Isfara)ning oʻnlab diniy vakillari haqidagi xotiralarini yozgan. XX asrning birinchi choragida muallifning oʻzi ham Qoʻqon diniy hayotida faol ishtirok etgan.
Ijodi
tahrirUstozi Mavlaviy Yo‘ldosh qalamiga mansub ilmiy-diniy maqolalar, sheʼr va maktublardan tashkil topgan "Al-Favāid al-mavlaviyya va-l-mavā’id al-maʼnaviyya" nomli katta toʻplam (majmua) tuzgani, Abdullohning tahsinga loyiq xizmatlari sirasiga kiradi. Mazkur toʻplam olti boʻlimdan tashkil topgan:
1) ilmiy-diniy maqolalar;
2) adabiy asarlar;
3) sheʼriy xronogramma(tarix)lar;
4) Mavlaviy Yoʻldoshning olim va shoirlarga yoʻllagan maktublari;
5) mashhur zamondoshlari tomonidan Mavlaviy Yoʻldoshga yoʻllangan maktublar;
6) shoirlarning Mavlaviy Yoʻldoshga bagʻishlab yozgan qasida va marsiyalari. Ushbu toʻplamda keltirilgan maʼlumotlar oʻzbek, fors va arab tillarida bitilgan.
Shuningdek, Abdullohning oʻz davrining muhim ijtimoiy-siyosiy voqyealari va diniy vakillarga boʻlgan munosabatlari aks etgan oʻziga xos kundaligi ham saqlanib qolgan.
Abdulloh umrining soʻnggi yillarini yolgʻizlikda, darveshona oʻtkazadi va Qoʻqonda vafot etadi. Uning yozma merosi nashr etilmagan va Fargʻona viloyati adabiyot muzeyining fondlarida saqlanmoqda[1]
Adabiyotlar
tahrir- Bayoz (toʻplam). Aftograf. Qoʻlyozma. FVAMF. inv. raqam 460; Al-Favāid al-mavlaviyya va-l-mavā’id al-maʼnaviyya. Qoʻlyozma. FVAMF. inv. raqam 658.
Manbalar
tahrir- ↑ ITBRI. – M.: «Vostochnaya literatura», 2012. V, 10.