Abdussamad al-Palimboniy
Abdussamad al-Palimboniy (arabcha: عبد الصمد الپلمبانی) – olim va mutasavvif.
Abdussamad al-Palimboniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | olim, mutasavvif |
Hayoti va faoliyati
tahrirHayotining asosiy qismi Arabiston yarimorolining Makka va Toif shaharlarida kechgan. Sammoniyya tariqatining asoschisi Muhammad as-Sammonni murshid tutadi.
Ijodi
tahrirAl-Gʻazzoliyning „Ihyā ’ulӯm ad-dӣn“ asarini „Sayr as-sālikӣn“ (Makka 1306-yil; Bulaq 1309-yil), „Bidāya al-hidāya“ asarini „Hidāya as-sālikӣn“ (Makka 1287-yil, Bombey 1311-yil) nomlari bilan malay tiliga tarjima qilgan. 1779-yilda boshlab, 1788-yilda nihoyasiga yetkazilgan „Sayr as-sālikӣn“ asarida „Ihyā ’ulӯm ad-dӣn“ning baʼzi oʻrinlarini qisqartirib, baʼzi boʻlimlariga ilovalar kiritgan. Abdussamad al-Palimboniyning „Urva al-vusqā va silsila uli-l-ittiqā“ nomli avrod majmuasi, „Ar-Ratӣb“ va „Nasӣha al-muslimӣn“ nomli arab tilidagi ikki risolasi ham mavjud. Shuningdek, aqoid va mantiq ilmiga bagʻishlangan „Zuhra al-murӣd fӣ bayān kalima at-tavhӣd“ nomli malay tilidagi asari mavjud boʻlib, uni Makkada Ahmad ad-Damanhuriydan taʼlim olgan darslari asosida tuzgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Haririyzoda. Tibyān. II, 140b-142b;
- Serkîs. Mu’jam. II, 1284;
- John Bousfield. „Islamic Philosophy in South-East Asia“. Islam in South-East Asia (ed. M. B. Hooker). – Leiden: 1983. 95, 126;
- P. Voorhoeve. „Abd al-Samad al-Palimbanı“. EI2 (İng.). I, 92;
- Nihat Azamat. „Abdüssamed el-Pelimbânî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 300.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |