Arabiston yarim oroli — Osiyodagi eng yirik yarim orol; maydoni qariyb 3 mln.km², gʻarbda Qizil dengiz, jan.da Adan qoʻltigʻi va Arabiston den-gizi, sharqda Ummon va Fors qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Arabiston yarim orolio. Afrika qalqonining bir qismi boʻlgan; paleogen davri oxiri va neogen davrida chuqur Qizil dengiz botigʻi orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol aso-san arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib top-gan. Bu jinslar Arabiston yarim orolio.ning butun gʻarbiy qismida va qisman janubida yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jin-slarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Ne-ogen oxiri va toʻrtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon koʻtarilish natijasida Arabiston yarim orolio.da gʻarbiy vajanubiy qirgʻoqhamda chekkadagi qirlar paydo boʻlgan. Yoriqlardan vulkanlar otilib chiqib, katta maydonni lava („har-ra“) qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy balandligi 1000 m gacha boʻlgan pastak vulkan qoldiqlari koʻtarilib turadi. Shunday vulkan kra-terlaridan birida Adan shahri joylashgan. Arabiston yarim orolio.ning yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon togʻlar bor. Ularning oʻrtacha bal. 1000 — 2000 m, janubidagi eng baland Asir va Yaman togʻlari 3600 m ga yetadi. Janubi-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon togʻli oʻlkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. Arabiston yarim orolio.ning gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar pastlik — Ti-xoma, shimoliy — Shimoliy Arabiston pla-tosi va Katta Nefud choʻli, markazining kristall jinslardan iborat gʻarbiy qismi Oʻrta Arabiston platosi deb ata-ladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalaridir, katta maydonni band qilgan pastroq janubiy qismi esa Rub ul-Xoliy qum choʻli deyiladi. Arabiston yarim orolio., ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolio.da yana temir, rux, fosforit-apatit rudalari, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim orolio. iqlimi quruq tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolda 7° boʻlsa, janubida 24°, iyunning oʻrtacha temperaturasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal temperatura 50°, 55°, mini-mal temperatura shimolida 11°, Adanda 16°. Yogʻin kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon togʻlarida (500 mm) koʻproq. Oqar suvlar togʻli yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq oʻzan — vodiylar uchraydi. Baʼzi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq choʻllarda butunlay yoʻq yoxud hali 589ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolio.ning shimoliy qismi boʻz tuproq bilan, janubiy va janubi-sharqidagi togʻli oʻlkalar qizil va qizil-qoʻngʻir togʻ tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolio.da aso-san Afrika florasiga xos oʻsimliklar oʻsadi, Hindiston va Oʻrta dengiz atro-figa xos oʻsimlik turlari ham uchraydi. Choʻllarda oʻsimlik siyrak, ular shuvoq, shoʻra, astragal, kermak, yulgʻun kabi ildizlari uzun, dagʻal oʻt yoki buta, yoxud da-raxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib oʻsadi. Togʻlarning sernam yon bagʻirlarida barg toʻkadigan oʻrmonlar uchraydi. Janubi-gʻarb va janubi-sharqda savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa koʻp. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qoʻshoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, choʻl parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolio.da BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).

Arabiston yarim oroli

Geografiyasi

tahrir

Arabiston yarim oroli-Yevrosiyoning eng katta va arid iqlimli tabiiy geografik oʻlkalaridan biri boʻlib, uning choʻl landshaftlari shimolda Suriya choʻli va u Sinay yarim oroligacha kirib boradi. Bu yerdagi choʻllar Afrika tropik choʻllarining davomi hisoblanadi. Arabiston yarim orolining maydoni 3 mln. km2 dan ziyod. Uning katta qismi Saudiya Arabistoniga, qolgan qismi Yaman Arab Respublikasi, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Iordaniya, Iroq va Suriyaga qaraydi. Yarim orol janubi-gʻarbda Qizil dengiz, janubi-sharqda Adan qoʻltigʻi va Arabiston dengizi, shimoli-sharqda Mesopotamiya pastekisligi, Fors va Omon qoʻltiqlari va gʻarbda Oʻrta dengiz bilan chegaralanadi. Oʻlkaning Omon qoʻltigʻiga yaqin qismidan boshqa barcha qismi Afrika platformasidan ajralgan qadimiy kristall massivda shakllangan. Arxey kristall jinslari yarim orolning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqib yotadi. Qolgan hududlarda ular yura, boʻr va paleogen dengiz yotqiziqlari tagida qolgan. Yer yuzasining hozirgi tuzilishi neogenda yuz bergan vertikal tektonik harakatlar va vulkanizmning mahsulidir. Togʻlar Arabiston yarim orolining Qizil dengiz sohili boʻylab tik yonbagʻir hosil qilib koʻtarilgan. Ularning platosimon tekislangan tepalari chuqur pastqamliklar bilan alohida massivlarga boʻlingan. Massivlarning balandligi shimolda 2000-2500 m dan janubda 2700-2800 m gacha koʻtariladi. Makkaning janubida joylashgan Hijoz togʻlarining maksimal balandligi Daka choʻqqisida 3353 m ga yetadi. Oʻlkaning janubi-gʻarbiy chekkasidagi tizmalarning eng baland joyi Xisha togʻida 3268 m ga, En-Nabishaib togʻida 3600 m ga teng. Togʻli relef yarim orolning sharqiy chekkasi uchun ham xarakterli boʻlib, u yerdagi Omon togʻlari kelib chiqishiga koʻra alp burmalanish zonasiga qaraydi va tektonik jihatdan Zagros togʻlarining davomi hisoblanadi. Omon tizmasining eng baland nuqtasi Sham togʻida 3353 m ga teng. Arabiston yarim orolining ichki qismi turli xil balandliklardagi plato va tekisliklardan tarkib topgan. Ularning geologik tuzilishi va relef shakllari ham xilma-xil. Relefining shakllanishida sahroviy nurash va eol jarayonlar yetakchi rol oʻynagan. Ichki Arabistonning eng baland koʻtarilgan qismi Oʻrta Arabiston platosidir. U Hijoz va Al-Asir togʻlaridan sharq tomonda joylashgan va qadimiy kristall jinslardan tuzilgan, ayrim joylarda lavalar bilan qoplangan. Oʻrta Arabiston platosi relefida orollar shaklida 1000-1500 m gacha koʻtarilib turgan balandliklar koʻp uchraydi. Laxu (1574 m), Tuvayk (1143 m), Ibn-Axmar (1371 m) kabi togʻlar shular jumlasidandir. Oʻrta Arabiston platosidan shimolda Katta Nefud va sharqda Kichik Nefud (Daxna) choʻli joylashgan. Bu choʻllarda sochma qumlar, balandligi 80-100 m gacha yetadigan qum gryadalari va qum tepaliklari keng tarqalgan. Yarim orolning janubiy qismida maydoni 650000 km2 atrofida boʻlgan Rub-ul-Xoli choʻli joylashgan. Qumli choʻl gʻarbda Jihoz va Sirot togʻ etaklaridan sharqda Omon togʻ etaklarigacha choʻzilgan. Yer yuzasi gʻarbda 500-1000 m dan sharqda 100-200 m gacha pasayib boradi. Uzoq masofalarga choʻzilib yotgan koʻchma qum barxanlari va qum gryadalarining balandligi 100-200 m gacha yetadi. Choʻllarning yer yuzasi ueddalar-quruq oʻzanlar bilan kesilgan. Katta Nefud choʻlidan shimol tomonda Shimoliy Arabiston va Suriya choʻli joylashgan, ularning poydevori kristall jinslardan iborat. Ustki qatlami boʻr va paleogen choʻkindi jinslari bilan qoplangan. Shimoliy Arabiston platosining oʻrtacha balandligi 400-500 m, eng baland nuqtalari Al-Garais koʻtarilmasida 1182 m ga, Katob-esh-Shama koʻtarilmasida 1010 m ga yetadi. Suriya choʻlida qum gryadalari, dyunalardan tashqari keng pastqam joylar ham uchraydi. Atrofdagi koʻp tarqalgan quruq oʻzanlar-ueddalar berk botiqlarda tugaydi. Arabiston yarim orolining yer bagʻri neft konlariga, ayniqsa Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Dammam hududlari neftga nihoyatda boy. Bu hududdagi neftlar yura davrining ohaktoshlaridan, Baxreyn orollaridagi neft boʻr yotqiziqlaridan qazib olinadi. Yarim orolning katta qismi tropik choʻllar zonasida joylashganligi tufayli yil boʻyi kontinental tropik havo massasi hukmronlik qiladi, atmosfera yogʻinlari nihoyatda kam tushadi. Oʻlkaning ichki hududlarida va gʻarbiy sohillarida yillik yogʻin miqdori 30-50 mm ga ham yetmaydi. Yil boʻyi quruq davr davom etib, harorat yuqori boʻladi. Arabistonning faqat shimoliy qismi subtropik mintaqaga qaraydi. Oʻlkaning tekisliklari va platolarida yoz oylarining oʻrtacha harorati +25°,+30°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat Arabistonning markaziy hududlarida +55°S gacha etadi. Togʻ massivlarida harorat bir oz pasayadi. Yarim orolning shimoliy qismiga va Suriya choʻliga sovuq havo toʻlqini kirib kelgan paytlarda eng sovuq oyning harorati +10°,+15°S gacha tushadi. Oʻlkaning yogʻin koʻp boʻladigan joylari Omon va Yaman togʻlaridadir. Yillik yogʻin miqdori Omon togʻ yonbagʻirlarida 750 mm ni tashkil etadi. Arabiston yarim orolining hozirgi iqlim sharoiti daryo toʻrlarining rivojlanishiga imkon bermaydi, shu sababdan uning katta qismida oqar suvlar uchramaydi. Keng tarqalgan quruq daryo oʻzanlari qadimda nam iqlim davri boʻlganligidan dalolat beradi. Bu oʻzanlardan ahyon-ahyonda boʻlib turadigan yomgʻirlar vaqtidagina suv oqadi. Arabistonni suv bilan taʼminlashning asosiy manbai yer osti suvlari hisoblanadi. Voha landshaftlarining mavjudligi ham bevosita grunt suvlari bilan bogʻliq. Arabistonning asosiy qismini tropik choʻl va chala choʻl landshaftlari egallagan, tuproq-oʻsimlik qoplami kam rivojlangan. Oʻsimliklari sukkulentlardan (aloy, sutqon), butalardan va tomiri yaxshi rivojlangan astragal, shuvoq, aristidalardan iborat. Yaman togʻlarining mussonlarga roʻpara boʻlgan yonbagʻirlari tabiiy va madaniy oʻsimliklarga boy. Oʻrmonlar koʻpincha 1000-2000 m balandliklar oraligʻida tarqalgan. Ular akasiya, mimoza, daraxtsimon sutqon, ulkan ajdar daraxti kabilardan iborat. Oʻrmonlar mintaqasidan pastda oʻsimlik qoplami choʻl qiyofasiga, yuqorida esa choʻl-dasht xarakteriga ega. Vohalarda finik palmasi, ayrim sugʻoriladigan sohillarda kokos palmasi oʻsadi. Arabiston faunasi Gʻarbiy Osiyo, Oʻrta dengiz Yevropasi va Afrika faunasiga oʻxshash. Choʻllarda antilopa, gʻizol, yovvoyi eshak-onagr, katta quloqli tulki — fenek, ola sirtlon va chiyaboʻrilar yashaydi. Togʻlarda daman, qoplon, gamadrillar uchraydi. Choʻllarda sudralib yuruvchilardan zaharli qora ilon, kobra yoki koʻzoynakli ilon, koʻk ilon (gurza), agama va kaltakesaklar koʻp tarqalgan. Choʻl parrandalaridan toʻrgʻaylar, chillar, kakliklar xarakterli. Tropik savannalarda deyarli qirilib ketgan va hozirgi vaqtda juda kam qolgan tuyaqushlar uchraydi.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • T. V. Vlasova. Materiklar tabiiy geografiyasi (okeanlar tutash qismlari bilan birga)- Oʻqituvchi. T., 1981[1]
  • X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI -Toshkent ,2021[2]