Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev (oʻzbekcha: Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev; 1954-yil 18-fevral — 2006-yil 21-avgust) — oʻzbek iqtisodchisi va siyosatchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi. Iqtisodiyot fanlari doktori. 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri.

Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev
Fayl:Джураев.jpg
 Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri-
 
Mansab davri
2003 – 2004-yillar
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Мirziyoyev
Avvalgisi Xoltayev Turob Xoltayevich
Keyingisi Begaliyev Saydullo Begaliyevich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-fevral 1954-yil
Vafoti 21-avgust 2006-yil (52 yosh)
Turmush oʻrtogʻi Joʻrayeva (Choriyeva), Bozoroy Тoshboltayevna
Onasi Joʻrayeva Оynaxol Eshmatovna
Otasi Joʻrayev Mamatqul Joʻrayevich
Taʼlim Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Ilmiy unvoni professor
Iqtisodiyot fanlari doktori

Biografiyasi

tahrir

Joʻrayev Abduvohid 1954-yil 18-fevralda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida dunyoga kelgan. 1976-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1982-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi („Oʻzbekiston SSR kolxozlari misolida ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish va intensivlashtirish“ ilmiy ishi boʻyicha)[1], 1993-yilda — Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1976—1995-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutida (1992-yildan — Oʻzbekiston Agrosanoat majmuasida bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti) turli lavozimlarda ishlagan.

1995—1997-yillarda — Oʻzbekiston Agrosanoat majmuasida bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori. 1997-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi maslahatchisi. 1997—1998-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari. 1998-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

1998—2003-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari. 2003—2004-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri;

2004—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan[2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Abduvohid Mamatqulovich ilmiy faoliyati davomida Oʻzbekiston SSR va Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga qoʻllashda oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, dehqon, fermer va shirkat xoʻjaliklariga oid huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash, xorijiy sarmoyalarni, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa bir qator xalqaro moliya institutlarini jalb etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda rahbarlik qilgan.

Joʻrayev shu bilan birgalikda, Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari, islohotlarga oid nazariy va amaliy kuzatishlar asosidagi masalalarga bagʻishlangan 8 ta monografiya, 130 ta ilmiy maqolalarni nashr ettirgan. Uning rahbarligida qishloq xoʻjaligi korxonalari, mutaxassislar, fermerlar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalari uchun iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha 20 dan ortiq uslubiy tavsiyalar va meʼyoriy hujjatlar toʻplami tayyorlanib, nashr etilgan.

U nafaqat amaliyot sohasida, balki qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining nazariy jihatlari sohasida ham katta ishlarni amalga oshirgan. Joʻrayevning shogirdlari orasida 3 nafar fan doktori va 19 nafar fan nomzodlari yetishib chiqqan.

Mukofotlar

tahrir
  • Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (2002-yil 27-avgust)[3].
  • „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil“ medali (2006-yil 19-iyun, Prezident Farmoni).

Shaxsiy hayoti

tahrir

Abduvohid Mamatqulovich Joʻrayev oilali. Uning toʻrt nafar farzandi bor.

  • Qizi — Mehriniso (1981-yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida ishlaydi.
  • Oʻgʻli Doʻstmurod (1983-yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlaydi.
  • Oʻgʻli — Shodiyor (1986-yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlaydi[4].
  • Qizi — Nargiza (1988-yilda tugʻilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti.

Abduvohid Mamatqulovich 2006-yilning 21-avgustida (52 yoshida) avtohalokatga uchrab vafot etgan[5].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir